• Yig’ish operatsiyalari Xulosa.
  • Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari




    Download 0.83 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/2
    Sana31.05.2023
    Hajmi0.83 Mb.
    #68163
    1   2
    Bog'liq
    Eliktronika va Sxemalar 02
    texnalogik karta
    Kristallanish 
    — modda va jismlarning termodinamik turgʻunsizlik qolatdan turgʻun holatga oʻtish 
    jarayonida kristallarnsht hosil boʻlishi. Kristallar hosil boʻladigan muhitlar oʻta sovitilgan bugʻ yoki toza 
    modda suyuqligi, muayyan moddaning 
    boshqa moddadagi oʻta toʻyingan eritmasi, boshqa kristall 
    tuzilishli modda va h. k. boʻlishi mumkin. 
    Suvning sovib, qattiq qolatga oʻtishi ham K. jarayonidir. K.da jism energiyasi kamayadi, 
    chunki bunda issiqlik kurinishida yashirin energiya ajralib chiqadi (K. issiqligi deyiladi) va bu jarayon 
    moddaning erish temperaturasidan past temperaturadagina yuz beradi. Rasmda soviyotgan suyuqlik 
    temperaturasining vaqtga bogʻliqligi keltirilgan. Egri chiziqning 1-qismi suyuqlikdan issiqlik ajralishi 
    bilan uning temperaturasi tekis pasaya borishini koʻrsatadi. Gorizontal 2-qismi issiqlik 
    ajralayotganligiga qaramay, 
    temperaturaning muayyan qiymatida uning vaqt oʻtishi bilan oʻzgarmay 
    krlishini koʻrsatadi. Bir oz vaqtdan keyin temperatura pasaya boshlaydi (3-qism). 2-qismga mos 


    kelgan temperatura K. temperaturasi deyiladi. K. paytida ajraladigan issiqlik moddadan olib 
    ketilayotgan issiqlik bilan kompensatsiyalanadi. Shuning uchun ham temperatura vaqtincha 
    oʻzgarmaydi. K. jarayoni toʻxtagandan soʻng, qotgan jism temperaturasi pasaya boshlaydi. 
    temperaturaning vaqtga nisbatan bunday oʻzgarishi kristall jismlarga xos. Kristallanmaydigan 
    suyuqliklarning sovishida yashirin issiqlik ajralmaydi va sovish grafigi monoton chiziqdan iborat 
    boʻladi. K. roʻy berishi uchun K. markazlari, mas, suyuqlikda muallaq holda yurgan qattiq zarralar va 
    boshqa boʻlishi lozim. Bu K. markazlari atrofida ayrim kristallchalar borgan sari oʻsib borib, oqibatda 
    birbiriga birikib polikristall qattiq jiyemni hosil qiladi. Faqat maxsus sharoitdagiva K. markazidan oʻsib 
    chiqqan bir butun monokristall hosil qilish mumkin. 
    jismlar uchun K. temperaturasi bo
    sim ortishi bilan koʻtariladi. Suyuqlikda oʻsayotgan 
    kristallda kattagina temperatura gradiyenti mavjud boʻladi. Bu hol turli qatlamlarda atomlararo 
    masofalarning birday boʻlmasligiga olib keladi. Nihoyat, kristall oʻsib boʻlganidan soʻng, uning 
    sovishida 
    hosil boʻlgan termoelastik kuchlanishlar kristalldagi dislokatsiyani vujudga keltiradi. 
    Gaz (bugʻ) ham bevosita kristallga aylanadi (kondensatsiya tufayli). Bu holda ham yashirin 
    issiqlik ajralib chiqadi. Rasm, 3 da oʻzining bugʻi bilan muvozanatda boʻlgan qattiqjism grafigi 
    ifodalangan. Chizikdan chap tomonda qattiq holati, oʻng tomonda gaz holati koʻrsatilgan. K. jarayoni 
    eritmalarda ham sodir boʻladi. Bu jarayonning boshlanishi eritmaning tarkibiga va temperaturasiga 
    bogʻliq. Eritma tarkibida bir necha modda boʻlsa, ularning har biri eritmaning K. temperaturasini 
    pasaytiradi. Bunday tarkibli eritma evtektika, uning K. temperaturasi evteti k nuqta deyiladi. Eritma 
    temperaturasini pasaytirib, eritmani uning tarkibiy qismlariga nisbatan oʻta toʻyingan holatga keltirish 
    mumkin. Bu holda K. markazlarida erigan moddaning ortiqcha qismi eritmada alohida kristallchalar 
    holida ajrala boshlaydi va eritma tuyinmagan holga keladi. Erituvchini bugʻlantirish yoʻli bilan ham 
    eritmani oʻta toʻyingan holga keltirish va kristal-lantirish mumkin. Boʻlardan tashqari, elektrolitik va 
    kimyoviy K. ham mavjud. K. jarayonida kristallda har xil nuqsonlar (mas, kristall ichida yot gaz, 
    suyuqlik va qattiq jism zarralari, vakansiya, dislokatsiya va ichki kuchlanishlar va h. k.) paydo b
    oʻladi. 
    Texnik va zargarlik maqsadlarida sunʼiy kristallar hosil qilish K. jarayoniga asoslangan, 
    jumladan, sunʼiy kvars olish eng koʻp olinadigan kristallardan hisoblanadi. Sintetik kvars tabiiy kichik 
    kristallardan, unchalik maydalanib ketmagan daryo qumlaridan olinadi. Qum xom ashyosi maxsus 
    idishga solinadi va ustiga soda eritmasi quyiladi. Idish ogʻzi qopqoq bilan yopiladi. Uning ichki 
    tomonidan tabiiy yoki sintetik kristallardan tayyorlangan yupqa qatlamlar osib qoʻyiladi. Idish ichida 
    yuqori temperat
    uralar va bosim ostida qumning toʻyingan eritmasi (kremnezem) hosil boʻladi. Ana 
    shu eritmadan asta-sekin yangi-
    yangi kvars kristallari qatlamlari (SiO2) hosil boʻlaveradi. Bunday 
    jarayon Oʻrta Osiyo xalqlari (ayniqsa, oʻzbeklar) orasida novvot tayyorlashda keng foydalanib 
    kelivadi. 
    Hozirgi kunda juda koʻp turdagi sunʼiy kristallar (korund, karborund, kriolit, fianit, slyudalar) 
    olinadi. Yuqoridagi usul asosida eritmalardan zarur qismlarini ajratib olishda xdm foydalaniladi. Mas, 
    silvinit (KClNaCl) aralashmasidan kaliy xlorid ajratib olinib, aralashma sovitilganda KS1 kristallanadi, 
    NaCl esa eritmada qoladi. Sanoatda kaliyli oʻgʻitlar olish ham shu jarayonda ishlab chiqariladi. 
    Suvning Kristallanish atmosfera hodisalari va tuprokllunoslikda muhim oʻrin egallaydi. K. 
    tufayli minerallar hosil boʻladi. K.dan yarimoʻtkazgich, optik, pyezoelektr va boshqa materiallarni 
    olishda, shuningdek, metallurgiya, kimyo, tibbiyot, farmatsevtika, oziq-ovqat sanoatida (moddalarni 
    tozalashda, tuz, qand, novvot, turli dorilar ishlab chiqarishda) foydalaniladi. 


    Yig’ish operatsiyalari 
     
     
     


    Xulosa. 
    Men 
    Ismoilov Diyorbek savollarga Javob topish mobaynida bilmagan 
    bilimlarimni va oldin eshitmagan yangi tajribalarni urganib chiqdim va olgan 
    bilmimni amaliyotda qullash kunikmasini uzimda shakillantirdim, Mavzu buyicha 
    yitarli bilimlarni oldim.

    Download 0.83 Mb.
    1   2




    Download 0.83 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari

    Download 0.83 Mb.
    Pdf ko'rish