|
Kompetensiya haqida ma’lumot. Kompetensiya turlari
|
bet | 2/3 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 23,95 Kb. | | #255592 |
Bog'liq Kompetensiya haqida ma’lumot. Kompetensiya turlariKasbiy kompetensiya:
- pedagogika va psixologiyaga doir bilimlarga ega bo‘lish;
- o‘z ustida ishlash;
- ta’lim jarayonini rejalashtirish, baholash va qayta aloqani o‘rnata olish;
- talabalar ehtiyojini anglay olishi;
- talabalarda motivatsiyani shakllantirish;
- ta’lim muhitiga yangilik kiritishi;
- o‘z fanini mukammal bilishi;
- ingliz tilini yaxshi bilishi.
Kasbiy kompetensiyani shakllanish bosqichlari:
1. O‘z-o‘zini tahlil qilish va zarur narsalarni anglash.
2. O‘zini rivojlantirishni rejalashtirish maqsad, vazifa belgilash.
3. O‘zini namoyon etish va kamchiliklarini tuzatish.
Shaxsiy kompetensiya:
- muloqotchanlik;
- bag‘rikenglik;
- yetakchilik;
- faol,tashabbuskor;
- moslashuvchan;
- sog‘lom turmush tarziga amal qilish;
- mas’uliyat;
- ishchanlik;
- insonparvarlik;
- umummadaniy;
- ma’lumotli;
- madaniyatli;
- umuminsoniy qadriyatlarga egalik;
- milliy madaniyatga ega bo‘lish;
- mamlakatning ijtimoiy hayotida ishtirok etish;
- boshqa millatlarning madaniyatini hurmat qilishi.
Maxsus kompetensiya:
- talabalar ehtiyojini bilishi;
- turli yosh xususiyatlarini bilishi;
- ta’limni tabaqalashtirish;
- ta’limni individuallashtirish.
A.V.Xutorskiy ta’limda o‘qituvchining yetti kompetensiyasini tavsiflaydi:
1. Dunyoqarash asnosida ya’ni qadriyat va o‘zini anglash - o‘qituvchining dunyoqarashi, tasavvuri va qadriyati bilan bog‘liq ravishda namoyon bo‘ladi. U atrof-muhitdagi voqea va hodisalar ning mohiyatini ko‘ra oladi va tushunadi bunga o‘zini yo‘naltiradi, pedagog sifatida o‘z fikrini asoslay oladi. Muammo yechimini topa oladi. Bu kompetensiya - o‘qituvchining o‘quv va boshqa faoliyatlari dagi o‘z-o‘zini anglash mexanizmini ta’minlaydi.
2. Umummadaniy milliy va umuminsoniy qadriyatlarga ega bo‘lish; mamlakatning ijtimoiy hayotida ishtirok etish; oilasiga, urf-odatlarga hurmat; ijtimoiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish. Ilm- fanning inson hayotiga va dunyo rivojiga ta’sirini anglay olishi va talabalarga tushuntira olishi.
3. O‘quv va bilish jarayoni - o‘qituvchining mustaqil bilish faoliyati. Mantiqiy fikrlashi. O‘quv-biluv faoliyatini baholashi, bilim va ko‘nikmasini tahlil qila olishi. 4. Ma’lumotga ega bo‘lish - pedagogik faoliyati, o‘z faniga doir ma’lumotlarni egallash ko‘nikmasi.
5. Muloqotchanlik - til bilishi, turli xil insonlar bilan muloqotda bo‘lishi, jamoada o‘ziga xos o‘rinda turishi.
6. Ijtimoiy - foydali mehnat, oilaviy munosabatlar va mas’uliyat, jamiyat rivojidagi ishtiroki, ijtimoiy foydali mehnat qilishi. Iqtisodiy va huquqiy ko‘nikmalarga ega bo‘lish.
7. O‘z ustida ishlashi - jismoniy, ma’naviy, intellektual jihatdan o‘zo‘zini rivojlantirib borishi.
|
| |