• 3. Mehnat resurslari va ular samaradorligi ko‘rsatkichlarining tahlili 1. Kompleks iqtisodiy tahlilni tashkil etish
  • Kompleks iqtisodiy tahlil Reja: Kompleks iqtisodiy tahlilni tashkil etish




    Download 0.6 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/10
    Sana06.03.2024
    Hajmi0.6 Mb.
    #167993
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Kompleks iqtisodiy tahlilni tashkil etish (2)
    4 mav, majburiy fanlar 1, 1Akvarium-metodi 12, 1-mavzu seminar topshirig\'i, Madxiya, 2 5415898282163449592, Rahimov R A .Silikat qurilish ashyolari, 4752300190, Ma, L-17, vzJ1RNPpBXLBp-B9Bqieov LimwC gtW, 1-dateline(407), 5-sinf, mustaqil-talim


    Kompleks iqtisodiy tahlil 
    Reja: 
    1. Kompleks iqtisodiy tahlilni tashkil etish 
    2. Mahsulot ishlab chiqarish va sotishning muhim ko‘rsatkichlari tahlili 
    3. Mehnat resurslari va ular samaradorligi ko‘rsatkichlarining tahlili 
    1. Kompleks iqtisodiy tahlilni tashkil etish 
    Raqobatdosh iqtisodiyot shakllantirilayotgan sharoitda xo‘jalik aloqalarining yanada 
    kuchayishi, ishlab chiqarish sur’atlarining muntazam o‘zgarib turishi sodir bo‘layotgan 
    iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o‘rganishga har tamonlama yondashishni taqozo etadi. 
    Shu ma’noda kompleks iqtisodiy tahlilning mazmunini korxonani keng qamrovli tarzda 
    o‘rganish asosida, faoliyatdagi o‘zaro bog‘liqlik hamda aloqadorlik jihatlarni ko‘rib 
    chiqib, mavjud resurslardan imkon qadar samarali foydalanishning chora-tadbirlarini 
    belgilab berish maqsadida faoliyat natijaviyligini yaxshilashning ichki imkoniyatlarini 
    aniqlash tashkil etadi. 
    Kompleks iqtisodiy tahlil tizimli asosda o‘tkaziladi. Tizimli tahlil esa olti 
    bosqichdan iborat. Ular quyidagilardir. 
    Birinchi bosqichda tahlil obyektining maqsadi va funksiya qilish shartlari 
    aniqlanadi. Korxona faoliyati tizim ko‘rinishida resurslar ta’minoti, ishlab chiqarish va 
    tayyor mahsulot kabi elementlar yig‘indisidan tashkil topadi. Maqsad esa rentabellikni 
    ta’minlash. Tahlil vazifasi rentabellikni oshiruvchi alohida olingan omillarni topish. 
    Shartlar cheklangan resurslar bilan samarali ishlash yoki mahsulot hajmi cheklangan 
    sharoitda resurslarni tejash. 
    Ikkinchi bosqichda korxona faoliyatini ifodalovchi barcha ma’lumotlar tanlab 
    olinadi. Bunda axborot tizimi asosiy manba bo‘lib hisoblanadi. 
    Uchinchi bosqichda tizimning chizmasi shakllantiriladi. Chizmada asosiy 
    komponentlar, funksiyalar, o‘zaro aloqalar, kichik tizimlar, ularning elementlari ko‘rsatib 
    beriladi. 
    Ko‘rsatkichlar hamda omillar asosida kompleks iqtisodiy tahlilning umumiy blok-
    chizmasi tuziladi. Blok-chizmada omillar va ko‘rsatkichlar tasnif qilinib, ularning aloqasi 
    ilmiy asosda rasmiylashtiriladi. 
    To‘rtinchi bosqichda tizimdagi asosiy bog‘lanishlar va omillar belgilanib ularga 
    miqdoriy tavsif beriladi. Asosiy vositalar bo‘yicha fond qaytimi, materiallar bo‘yicha 
    material qaytimi, mahsulot bo‘yicha mahsulot hajmi va boshqalar. 
    Beshinchi bosqichda dastlabki bosqichlarda olingan ma’lumotlar asosida tizimning 
    modeli quriladi. Bunda muayyan korxonaning ma’lumotlari kiritilib, miqdor jihatdan 
    asoslangan ko‘rsatkichlar olinib modelning parametrlari shakllantiriladi. 
    Oltinchi bosqichda model parametrlari bilan ishlanadi. Bunda ishlab chiqarishning 
    samaradorligiga, uni oshiruvchi omillarga, faoliyat natijalariga obyektiv baho beriladi. 
    Kompleks iqtisodiy tahlilda tizim asosida yondashishda asosiy jihat mantiqiy- 
    uslubiy holatni ilmiy shakllantirib, tasvir ko‘rinishida ifodalashdir. Ushbu tahlil turining 
    asosiy jihati esa samaradorlikni ifodalovchi umumiy ko‘rsatkichga har bir blokning 
    alohida bog‘liqligi va ta’siri, bloklarning o‘zaro ta’siri, o‘zaro shartlanganligi tahlilida 
    bog‘liqlik hamda tizimlilikning mavjudligidir. 


    Boshqaruv maqsadlaridan kelib chiqib kompleks iqtisodiy tahlil uslubida quyidagi 
    elementlar bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. 
    – iqtisodiy tahlilning maqsad va vazifalarni aniqlash; 
    – ko‘rsatkichlar tizimini shakllantirish; 
    – tahlil o‘tkazishning uzluksizligi va chizmasi; 
    – tahlil o‘tkazishning muddati va davriyligi; 
    – ma’lumotlar olish hamda ularni qayta ishlash usullari; 
    – iqtisodiy ma’lumotlarni tahlil qilishning usul va texnikalari; 
    – tahlil o‘tkazishning bosqichlari hamda majburyatlarning taqsimlanish 
    tartibi; 
    – tahlil uchun zarur bo‘lgan hisoblash texnikasi hamda tashkiliy tizim; 
    – tahlil natijalarini rasmiylashtirish tartibi hamda ularni baholash; 
    – analitik ishlarni mehnattalabligini baholash hamda tahlil o‘tkazish 
    samarasini hisob-kitob qilish. 
    Kompleks iqtisodiy tahlilda ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Ular qatoriga 
    quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarni kiritish mumkin: 
    Mehnat resurlaridan samarali foydalanishni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tahlili. 
    Mehnat vositalaridan samarali foydalanishni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar 
    tahlili. 
    Nomoddiy aktivlardan samarali foydalanishni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar. 
    Mehnat ashyolari, buyumlaridan samarali foydalanishni tavsiflovchi 
    ko‘rsatkichlar tahlili. 
    Ishlab chiqarish va faoliyat natijaviyligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tahlili. 
    Moliyaviy holat va to‘lov layoqatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tahlili. 
    Kompleks tahlilda tizimli o‘rganish barcha faoliyatni turli manfaatlar nuqtayi 
    nazaridan, ma’lum ketma-ketlikda, tartib va qonuniyatlarni e’tiborga olgan holda 
    o‘rganishdir. 
    7.1-jadval 

    Download 0.6 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 0.6 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompleks iqtisodiy tahlil Reja: Kompleks iqtisodiy tahlilni tashkil etish

    Download 0.6 Mb.
    Pdf ko'rish