89
GLOSSARIY
Abrband
atlas va shoyining tanda ipiga maxsus usulda gul (naqsh)
chizib, bo`yab beruvchi usta.
Abris
chegara
chiziq
Abstrakt san`at
(lot. abstractus-mavhum so`zidan olingan) abstraktionizm
rangtasvir,
haykaltarosh va grafikada aniq, real predmetlar
tasviridan voz kechuvchi modernistik oqim. Abstrakt san`at
1910- 1913
yillarda kubizm, ekspressionizm va futurizmning
bo`linib borishi jarayonida vujudga kelgan. Bu yo`nalishda
V.V.Kandinskiy, R.Delone, F.Kupka, M.F.Larionov va
boshqalar ijod qilishgan.
Avangardizm
(fr.avant-gardisme-avant-garde - ilg`or otryad so`zidan
olingan ) XXI asr rassomlarining qiziqishlarini birlashtiruvchi
badiiy harakatning shartli nomlanishidir. Avangard rassomlar
an`anaviy bo`lgan yo`nalishlar
va uslublarni tanqid qilgan
holda, san`atni mazmun va shakl jihatidan tubdan yangilashga
intiladilar.