84
O‘quv yurtlaridagi kompozitsiya,
plakat haqida fikr yuritganda,
ko‘rgazmali targ‘ibot ta’sirchanligini oshirish va shu orkali talabalarga badiiy-
estetik tarbiya berish muvaffakiyatini ta’minlash nazarda tutiladi. Shuningdek,
kompozitsiya tasviriy san’atda, plakatda juda katta badiiy va ta’limiy-tarbiyaviy
ahamiyatga xam molikdir.
Lekin bu ishlar xamma o‘quv yurtlarida etarli darajada yaxshi yo‘lga
qo‘yilgan, deb bo‘lmaydi. Buning birinchi
sababi yuqorida aytilganidek, mazkur
ishlarning kiyinligi va ularni bajarish uchun kerakli soatlar hajmi, kompozitsiyadan
keng bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassislarning kamligidir. SHuning uchun
talabalarga tasviriy san’at fanlari mashgulotlarida kompozitsiya asoslarini o‘rgatish
va ularning o‘zlarini anna shu ishlarga jalb etish zarur.
Ma’lumki umumiy o‘rta ta’lim va kasb-hunar maktablarini isloh qilishning
asosiy yo‘nalishlardan biri yosh avlodning mehnat
tarbiyasini yaxshilashdan
iboratdir. Talabalar kompozitsiya asoslarini, plakatni bajarish jarayonida
o‘zlarining badiiy qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Eng muximi, talabalarni kompozitsiya asoslarini to‘g‘ri
va qiziqarli
yo‘sinda tashkil etish, ularni bajarishga doimiy ravishda jalb kilish va ularni qunt
bilan ishlashga odatlantirishdir. I.G. Pestalotssi ta’biri bilan aytganda, bolaga
muayyan darajada sabr-toqatni talab qiladigan ishni o‘rgatishda
barcha insoniy
bilimlardan bolalar uchun eng oson va jozibalilarini tanlash muhim.
Shuningdek, talabalar kompozitsiya asoslarini ixtiyoriy ravishda va g‘oyat
qiziqish bilan bajarilishi, o‘zlari bajarayotgan ishlarni maqsadi va mohiyatini bilib
borishga, ana shu ishlarning natijasini tasavvur etishga o‘rgatish lozim. Ana
shularga ko‘ra pedagogika oliy o‘quv yurtida ta’lim olayotgan talabalar tasviriy
san’at va dizaynga doir bilimlarni o‘zlashtirish bilan bir qatorda kompozitsiya
ishlarini tashkil etish va bu ishlarni boshqarish yo‘llarini
ham puxta egallashlari
lozim. Shundagina ular umumiy ta’lim va kasb-hunar maktabini isloh qilish
talablariga muvofiq o‘kuv yurtlardagi kompozitsiya ishlarini samarali vositasi
sifatida amalga oshirishda ko‘zlangan maksadga erishish mumkin.