• Plakat kompozitsiyasini rang jihatidan yechimini aniqlash
  • Kompozitsiya




    Download 11,95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet26/49
    Sana23.05.2024
    Hajmi11,95 Mb.
    #251032
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49
    Bog'liq
    Kompozitsiya Siroch

     
     
     
    Sa’noatning ta’siri 
    Qishloq xo‘jaligining 
    Avtotransport ta’siri 
    37-rasm 


    75 
    Ekologik 
    muammolarning 
    keskinlashuvi 
    yerdagi 
    hayotga 
    havf 
    tug‘dirmoqda. Ana shunday muammolardan biri atrof-muhitni ko‘plab chiqindilar 
    bilan ifloslanish hisoblanadi. 
    Plakat kompozitsiyasini rang jihatidan yechimini aniqlash
    . Plakatda goyaviy, 
    ijodiy va plastik kompozisiyalar yechimi, obrazlari ifodaliligi, jussalar ritm 
    holatlari va fazo yechimi jihatidan yangi etap hisoblanadi.
    Plakat kompozisiyada, rangtasvir va chizmatasvir, loyihalash (dizayn 
    sohalari) fanlarining asosiy poydevori bo`lganligi bois, uni mukammalligi, shakl 
    ifodaliligi, portret obraz yechimlari va kompozisiya mashqlari talabalarga 
    g`oyaviy-ijodiy va simvolik plastik vazifalarni bajarishlariga asos yaratadi, shu 
    sababdan kompozisiya vazifalarida obraz yechimlarini ifodali va eskizlarni yanada 
    tugallangan ho`lda bajarish imkoniyatini tug`diradi. Shuningdek, plakat ta'limi 
    yo`nalishida kompozisiya vosita va uslullarini qo`llash tabiat motivlarini 
    uslublashtirish, tarixiy, an'anaviy buyumlar shakllarini uslublashtirish mavzulari 
    ustida ishlash, ular asosida yangi zamonaviy plakat yaratish uchun xizmat qiladi. 
    Bu jarayonda tugallangan eskiz bajarish ustidagi ishlar badiiy obraz 
    yaratishdan boshlab barcha to`plangan ashyolar asosida vog`elikni badiiy tafakkur 
    etish, ijodiy o`rganish, hayotiy tassurotlarni barcha tafsilotlari bilan izchil tafakkur 
    va idrok etgan holda asar qaxramonlarining ifodali va ishonarli obraz qiyofalarini 
    yaratish tajribasini chuqur egallashdan iborat.
    Plakat kompozitsiyasini ishlashda bo‘yog‘lardan unumli foydalanish katta 
    ahamiyat kasb etuvchi omildir. Rang yordamida plakatni ko`zga tashlanuvchanligi 
    hamda yahlitligi ta’minlanadi. Mazmun, mohiyati yoritiladi. Shunga yarasha 
    ranglar bachkanalikdan holi, serma`no bo`lishi lozim. U asosida plakatdagi eng 
    zarur tasvirlar bo`rttirilib aks ettiriladi. Shunga yarasha tomoshabin e`tiborini 
    tortadi, o`ziga jalb qiladi. 
    Plakat – tomoshabinga tezda ta`sir etuvchi bir necha ranglar ishtirokidagi 
    grafik tasviridir. Plakat san`ati tasviriy san`atning boshqa turlaridan mavzuning 
    o`tkirligi, dolzarbligi va ranglar yorqinligi bilan ajralib turadi. 


    76 
     
     
     
     
     
     
     
    38-rasm. 
    Plakat ishlash jarayonida eng, avvalo, kompozitsiya qonun-qoidalariga va 
    ishlanayotgan plakat asarimiz mazmun-mohiyatiga va, albatta, rang jihatdan 
    yechimini topishga alohida e’tibor qaratishimiz lozim desak mubolag‘a bo‘lmaydi. 
    Har bir plakat ishimiz tomoshabinni o‘ziga jalb qilishi bilan ajralib turishi kerak. 
    Bunga misol tariqasida Xotira va qadirlash kuniga bag’ishlab ishlangan 
    plakatimizni ko‘rib chiqamiz. Rassom tomonidan ishlangan har bir detalga alohida 
    e’tibor qaratish maqsadga muvofiq xisoblanadi. Plakat ishlash jarayonida unga 
    qo‘yilgan birinchi talab qisqa va maqsadli bo‘lishi kerak, shunday detal rassom 
    tomonidan tanlanishi kerakki mavzuni moxiyatini ochib berishga xizmat qilsin. 
    Rangtasvir bilan plakat yo‘nalishining farqi ham shunda. Rangtasvirda obyektdagi 
    detallar birbiriga bog’lanish sharti bo‘lsa, plakatda aksincha, ya’ni mavzuning 
    g’oya markazidan saralangan,ta’sirli,oddiy tomoshabinga tushunarli detallar tanlab 
    olinadi. Quyidagi fikrlarni yuqoridagi plakatda ko‘rishimiz mumkin. Bizga 


    77 
    ma’lumki, urush mavzusi judda katta ko‘lamdagi mavzu hisoblanadi. Agar 
    rangtasvirda bu mavzuni oladigan bo‘lsak, rassomdan judda ko‘p mehnat va vaqt 
    talab qilinadi. Sababi, u yerdagi ranglar judda ko‘p va murakkab, plakatda esa 
    aksincha. Plakat ishimizdagi qora ranglar ham mavzu ruxiyatidan kelib chiqib, asar 
    kayfyatini ochib beradi. Ona va bolalar timsoli urushning achchiq oqibatlarini 
    yaqqol ochib bermoqda, ularning ko‘zlaridagi nigoh garchi rangli bo‘lmasa ham, 
    oddiy qora rangda yaqqol yoritib berilgan. Shu bilan birgalikda, plakatimizdagi 
    qora ranglar, urushning yomon oqibatlarini va ‘‘urush’’ degan nomning naqadar 
    qora ekanlini ko‘rsatib turibdi. 
    Orqa fonda tasvirlangan 9-may yozuvi ham oddiy raqamda yozilishi 
    mumkin edi, ammo tomoshabinga yanada ta’sirli va fojeali ko‘rsatish maqsadida 
    urushga ketgan mushtipar onalar farzandlari tomonidan tishlab ketilgan nonlar 
    uyg’unligida ko‘rsatib berilgan. Bu oddiy to‘qqiz raqami emas, bu o‘zbek 
    onalarining yillar davomida o‘z farzandlarini intizor bo‘lib kutgan, qaytib 
    kelmasligini bilsa ham umid uzmasdan kutganlarining timsoli xisoblanadi. 
    Uning atrofidagi detallar frontning naqadar jirkanchligini ko‘rsatib turibdi. 
    Farzandlari tomonidan kelgan xatlar ham mavzuning dolzarbligini ochib berishga 
    yanada kata xissa qo‘shadi. U yerdagi yana bir narsaga axamiyat qaratish kerakki, 
    vatanimiz bayrog’i yorqin ranglarda tasvirlangan. Bundan shuni anglash 
    mumkinki, bizning jasur va mard o‘g’lonlarimiz jonlari evaziga shunday yorug’va 
    faravon kunlarga yetib kelganligimizdan dalolat bermoqda.

    Download 11,95 Mb.
    1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49




    Download 11,95 Mb.
    Pdf ko'rish