N.Kashina, Usta Mo‘min, L.Abdullayev,  V.Kaydalov, Venediktov




Download 11,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/49
Sana23.05.2024
Hajmi11,95 Mb.
#251032
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49
Bog'liq
Kompozitsiya Siroch

 
N.Kashina, Usta Mo‘min, L.Abdullayev, 
V.Kaydalov, Venediktov
,
S.Mal’t, M.Reyx kabi rassomlar plakat janrida ijod 
qildilar. Keyinchalik 60-80 yillari xalq xo`jaligini rivojlantirishga ekologiya, Orol 
muammosiga, hosil yig’im–terimi mavzularida plakatlar yaratiladi. V.Yevenko, 
A.Balkanov, 
F.Kagarov, 
N.Ten, 
X.Xasanov, 
A.Ziyaev 
kabi 
rassomlar 
O‘zbekistonda plakat san’atini rivojiga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Plakat asosiy 
kompozitsiya tasviri va plakat g‘oyasini tushintiruvchi tekisdan iborat bulib 
tashviqot va targ‘ibot vazifasini o‘taydi. Plakat bir qarashdayoq tomoshabinni 
o‘ziga jalb qila olishi kerak. Shuningdek mazmun va maqsad hamda undagi 
mavjud matn aniq va tushunarli bo‘lishi kerak. 
36-rasm. N.Ten. Orol fojiasi. 


72 
Plakat badiiy tilining o`ziga hosligi uni uzog`dan his qilishda, diqqatni 
o`ziga jalb qilishda, tasvirlanayotgan g`oyani tezda ko`zga tashlanishida namoyon 
bo`ladi. Grafika san`atining o`ziga hos turi sifatida plakat XIX-asrning ikkinchi 
yarmidan boshlab, vujudga kelgan, bu davrga qadar esa katta hajmli tashvig`ot 
harakteriga ega bo`lgan gravyuralar plakat deb atalgan. Plakat quyidagi turlarga 
bo`linadi: 
Plakatda tasvir va yozuv uni g`oyasini ochib berishi kerak. Har bir alohida 
holat uchun shriftlarni tanlash birmuncha murakkab jarayon. Shriftning rangi esa 
tasvirga o`ziga hos e`tiborni qaratishga va o`ziga jalb qilishga sabab bo`ladi. 
Plakat ishlash uchun avalambor mavzu anig` g`ilib o`ylab olingan bo`lishi 
kerak. Buning uchun esa fikrlash, kompozitsiya yechimini topish uchun salohiyat 
va bilim kerakligi sir emas. 
Plakat mavzulari, shuningdek nima maqsadda yaratilganligi bilan bir necha 
turlarga ajratiladi. Ular: badiiy plakatlar, tijorat-reklama plakatlari, chorlov-afisha 
plakatlari, siyosiy-ijtimoiy plakatlar, fotoplakatlar, yozuvli-ko`rgazma g`urol 
sifatida g`o`llanadigan plakatlar va shuningdek yana bir qanchà xillarga bo`linadi. 
Ularning nima maqsadda ishlanganligi mavzusidan anglashilib turishi kerakligi 
plakat san`atining bosh, zarur talabasi desak yangilishmaymiz. 
O`z mavzusiga ko`ra plakatlar ekologiya, tibbiyot, hajviy-satirik, 
chag`irig`, targ`ibot-tashvig`ot yo`nalishlarida ishlanishi mumkin. Plakatda 
mavzuning dolzarbligi darajasi ham juda muhim shartlardan hisoblanadi. Chunki 
hammani bezovta qilib turgan mavzulardagi san`at asari darhol ilg`ab olinadi. 
Shunday plakat namunalari o`z o`rnini, vazifasini topib odamlarga yaxshi xizmat 
qilishi ma’lum. 
Plakat ham barcha turlardagidek kompozitsiyaning umum joriy etilgan 
qonun-qoidalari asosida izlanishlar bilan yaratildi. Plakatda ham kompozitsiya 
markazi, rang yechimi va asar barcha tomonlarining o`zaro munosabatlari, 
muvozanati muhim vaziyfalardandir. Yana shuni ham aytish kerakki plakat ba`zan 
umuman yozuvsiz faqat tasvirdan iborat bo`lishi, shunda ham yaxshi tugal 
mazmun kasb etishi, tushunarli ifoda topgan bo`lishi mumkin. Bunda, albatta, 


73 
uning kompozitsiyaviy echimi sifati, muallifning topqirligi va qobiliyati, bilim 
darajasi ro‘l o`ynaydi, desak to`g`ri bo`ladi. Ma`lumki shunday o`z echimini 
yahshi topgan plakatlar e`tirof etiladi va badiiy plakatlar sirasiga mansub bo`ladi. 
Plakat chizishda rassom kompozitsiyani yaxshi yuzaga chiqarishi uchun yaxshi 
nazariy, shuningdek amaliy bilim-ko`nikmalarga ega bo`lishi talab etiladi. Plakat 
ishlashni maqsad qilgan odam, u rassommi yoki talabami bundan qat'iy nazar 
sifatli - o`quvli realistik tasvirni yahshi chiza olishi kerak. Bu holda tajriba ham rol 
o`ynaydi. Baribir rassom har qancha usta bo`lmasin agar fikrlay olmaydigan bo`lsa 
plakat yarata olmaydi. Chunki plakatda mavzuni topish va badiiy tarzda ifoda eta 
olish juda muhimdir. Shu sababdan plakat yaratuvchi rassomlar unchalik 
ko`pchilikni tashkil etmaydi. 
Plakatdagi yozuvlar va obraz bir-birini to`diruvchi bo`lishi kerak. So`zlar 
tasvirni to`ldirib, qo`llab-quvvatlab tursagina plakatni tushunish oson bo`ladi va u 
yanada ta`sirchan chiqadi. Hammamizga ma`lumki, plakat muayyan masofada 
turib, ko`rish va his g`ilish uchun mo`ljallanadi. Demak, uni tanish va o`qish oson 
bo`lishi kerak. Umumiy fondan ajrab turgan chiroyli, bejirim va ko`zga aniq 
tashlanib turadigan shrift matnni uzoqdan o`qish imkonini beradi. 
Plakat kompozitsiyasini chizish jarayonida, simmetriya va asimmetriya, 
ritm va metrik qatorlar, kotrast, mutanosiblik, perespektiva, qabul qilingan 
proporsiyalar, siluet turlari va chiziqlari, konstruktiv chiziqlar, konstruktiv-
dekorativ chiziqlar, faktura, material rasmi, xusnixat o`ziga xos bo`lgan turlarini 
bilish, naqsh, bezaklar va furnitura, o`xshashlik, ko`p qomatli kompozisiyalar 
yaratish, tabiat motivlarini uslublashtirish, loyihalarda uslub tushunchasi ham 
muhim ahamiyat kasb etadi. 
Har bir plakat ishimizni yaratar ekanmiz uni joylashtirishda umumiy 
konstruksiyadan 
foydalanamiz. 
Konstruksiyani 
qo‘llashdan 
maqsad 
kompozitsiyada dettalashtirish va ortiqcha bezaklardan yiroq bo‘lish vazifasi 
turadi. Konstruksiya oddiy so‘z bilan aytganda predmetni geometrik shaklga olib 
olish tushuniladi. Bundan ko‘rinib turibdiki tomashabinga plakatdagi detallar 
mavzuvni yoritib berishga katta xizmat qiladi. Buni oddiy figuralarning kiyimi 


74 
misoladi ko‘rishimiz mumkin. Liboslar shunday ishlanishi kerakki uning ichidagi 
detallarga, burmalarga, soya-yorug‘larga qaytuvchi yorug‘liklarga ortiqcha e’tibor 
berilmaydi. Uni oddiy kontur chiziqlar yordamida konstruktiv qurish orqali 
ifodalanadi va plakat kompozitsiyaning yechimi topiladi. 

Download 11,95 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   49




Download 11,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



N.Kashina, Usta Mo‘min, L.Abdullayev,  V.Kaydalov, Venediktov

Download 11,95 Mb.
Pdf ko'rish