• Portret kompozitsiyasini joylashtirishi va konstruktiv qurilishi.
  • Kompozitsiya




    Download 11,95 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/49
    Sana23.05.2024
    Hajmi11,95 Mb.
    #251032
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49
    Bog'liq
    Kompozitsiya Siroch

    Nazorat savollari: 
    1. Portret kompozitsiya nima?
    2. Portret kompozitsiyada nimalar aks etishi kerak?
    3.Portret kompozitsiya ishlashda rassom nimalarni bilishi kerak?
    TEST 
    1. Akvarelda qog‘oz yuzasiga rang berish qay yo‘sinda olib boriladi? 
    A) Chapdan o‘nga va so‘ngra pastga
    B) O‘ng tomondan
    C) Pastdan tepaga qarab
    D) To‘q rangdan ochga qarab 
    2. Baqalajon yuzasini lokal rangi –bu? 
    A) Safsar 
    B) Barikaram 
    C) Yashil 
    D) Binafsha 
    3. Qizil rangni –bu? 
    A) Taraqqiyot va zafarlar ramzi
    B) Mehr-oqibat, sadokat ramzi
    C) Orzu- xavas, ramzi
    D) Halollik ramzi 
    4. Akvarelda etyud bajarish –bu ? 
    A) Ochlikdan to‘qlikka qarab
    B) To‘qlikdan ochlikka qarab 
    C) Eng chiroyli rang birinchi beriladi 
    D) Soyalar rangi eng avval beriladi 
     


    60 
    4-MAVZU: KOMPOZITSIYANING AMALIY BAJARISH 
    USULLARI. (Portret) 
     
    Reja: 
    1. Portret kompozitsiyasini joylashtirishi va konstruktiv qurilishi. 
    2. Portret kompozitsiyasini rang jihatidan yechimini aniqlash 
    Tayanch so‘zlar: Portret, rangtasvir,akvarel, perspektiva qonunlari, moybo‘yoq, 
    kolorit, blik. 
     Portret kompozitsiyasini joylashtirishi va konstruktiv qurilishi. 
    Tabiatdan 
    obyektlarni, qiyofachi yoki naturani tekislikda qanday qilib to‘g‘ri tasvirlashni 
    o‘rganish uchun ularning shakli, hajmi va dizayni haqida tasavvurga ega bo‘lish 
    kerak. Bu borada natura yoki qiyofachini turli xil geometrik shakllarga ajratib 
    tasavur qilib olish qiyofachini va naturani o‘ziga qarab tasvirlash nisbatlarni aniq 
    topishda va tekislikka oson joylashtirishda 
    qo‘l keladi. Ushbu malumot kelajakda tasvir 
    ustida ishlashda talim muammolarini hal 
    qilishga yordam beradi, tasvirdagi mavzu 
    shakllarining tuzilishini yaxshiroq tushunish 
    va anglash imkonini beradi. Aks holda, 
    o‘quvchilar tabiiy obyektlarni mexanik va 
    o‘ylamasdan nusxa ko‘chirishga murojaat 
    qilishlari mumkin.
     
    Gips 
    geometrik 
    shakllarning 
    qalamtasvirini bajarish tasvirlashning eng 
    sodda ko‘rinishlaridan biri hisoblanadi. 
    Buning 
    uchun 
    o‘quv 
    dasturlarida 
    belgilangandek gips geometrik shakllarni 
    tasvirlash muhimdir. Bu shuning uchun 
    zarurki, bizni o‘rab turgan predmetlar 
    dunyosining barchasi geometrik shakllarga 
    ega (shar, kub, prizma, konus, silindr va 
    32-rasm. 


    61 
    hokazolar). Naturadan rasm chizish uchun obyektlar ketma-ketligi to‘g‘ri 
    tanlanishi (osondan qiyinga o‘tish tamoyilidan foydalanib) hamda o‘quv 
    maqsadiga javob berishi lozim.
    Masalan, inson tanasining shakli bir nechta geometrik shakllar sifatida 
    ifodalanishi mumkin: silindr, parallelepiped yoki tananing shakliga yaqinroq 
    tekislangan prizma. Biroq, inson tanasidagi bu geometrik shakllarning aniq 
    konturlari yoq, ularda chuqurchalar, o‘simtalar va boshqa og‘ishlar mavjud bo‘lib, 
    ular tajribasiz talabalarga bu geometrik jismlarni tirik shaklda ko‘rishga imkon 
    bermaydi. Shunga qaramay, tananing shakllarini sinchkovlik bilan tahlil qilish 
    uning prizma shakliga yaqin bo‘lgan geometrik mohiyatini ochib beradi. Inson 
    figurasini qurishda ushbu geometrik shakllarni qo‘llash, mavjud og‘ishlarni 
    konkretlashtirish va umumlashtirish orqali figuraga haqiqiy shakl berish mumkin. 
    Obyektlarning tashqi konturlarini tushunish, shuningdek, ularning ichki 
    tuzilishining mohiyatini, shaklning dizayni va u yoki bu shaklni tashkil etuvchi 
    alohida elementlarning bog‘lanishini tushunish kerak.
    33-rasm. 


    62 
    Misol - o‘rta yoshli odamda bosh o‘lchami nisbatan qomatning umumiy 
    o‘lchamini 1/8 qismini tashkil etadi. Bosh o‘z navbatida gorizontal tarzda teng uch 
    qismga bo‘linadi. Bu chiziqlar peshona, burun, iyak ostidan o‘tadi. Ko‘z o‘rtasidan 
    o‘tuvchi shartli chiziq boshni teng ikki qismga bo‘ladi. Demak, proporsional 
    chiziqlarning vazifasi nisbatlarni to‘g‘ri topishdir. Bu qoida qalamtasvirda 
    ifodalanadigan barcha obyektlar uchun taalluqli bo‘lib, u tasviriy san’atning barcha 
    janrlari bo‘lgan natyurmort, manzara, portret, maishiy janr va hokazoga 
    taalluqlidir.
    Inson qomati tasvirini ishlashda
     
    avvalo, qalamni qog‘oz ustida yengilgina, 
    bosmasdan harakatlantirib, modelning kompozitsion tuzilishini hal qilib olib
    boshning umumiy shaklini belgilab olishdan boshlash kerak. Bunda qiyofachining 
    boshini kub,shar va shu kabi geometrik jismlardan foydalanib chizish ancha 
    yengillik beradi. Bu jarayonda kompozitsion yechim ustida ishlab turib, bir yo‘la 
    boshni sxematik tarzda belgilab olinadi. Bu perspektiv qonunlarni to‘g‘ri hal 
    qilishga yordam beradi. Tasvirni qog‘oz ustida joylashtirib bo‘lingandan so‘ng 
    bosh shakli xarakterini, boshning burilishi (holati)ni, uning bo‘yin va yelka 
    kengligi bilan boshlanishini aniqlab olamiz.
    Geometrik shakllar, jumladan, kubni tasvirlash kabi, bosh rasmini chizishda 
    ham uning, katta shaklining konstruktiv asosini ochishdan boshlash kerak. 
    Boshning old qismini yon qismlardan chiziqlar bilan belgilab olinganidan so‘ng, 
    unga profil chizig‘i qo‘yiladi va naturaga qarab, uning ynalishi tekshirib olinadi. 
    Shundan so‘ng, old qismidagi burn, lab, ko‘zlar joylashgan o‘rinlarini aniqlaymiz. 
    Bu borada tasvirlovchiga geometrik shakllardan foydalanish yordam beradi. 
    Yuzaga joylashtigan portret kompozitsiyasini nisbatlari solishtirib chiqiladi va 
    konstruktiv tuzilishi topiladi.Bu jarayonda yordamchi chiziqlardan foydalaniladi. 
    Qalamni qog’ozga iloji boricha qattiq bosmasdan ishlash tavsiya etiladi. 
    Konstruktiv tuzilishini ko‘rib chiqilganidan so‘ng , anatomik jihatdan ko‘rib, 
    xarakterli joylariga e’tibor qaratib ishlanadi. 


    63 
    Konstruksiya tushunchasini o‘zlashtirish oddiy geometrik shakllar, 
    geometrik jismlar guruhi, natyurmortlardan boshlanib tasviriy san’atda eng 
    murakkab bo‘lib hisoblangan odam qomatini tasvirlash bilan yakunlanadi.
    Aslida konstruksiya so‘zi “tuzilish” ma’nosini bildiradi. Konstruksiya 
    tabiatdagi yoki inson yaratgan barcha buyumlarga bevosita taalluqlidir. Shuni 
    hisobga olib, rassom borliqni idrok etish uchun eng avvalo oddiy jismlardan 
    boshlab ularning tuzilishiga taalluqli qonun-qoidalarini anglashi zarur bo‘ladi. 
    Shu 
    sababli, obyektning shaklini tahlil qilishda, u bir qarashda qanchalik murakkab 
    bo‘lmasin, avvalambor, uning ichki tuzilishining mohiyatiga kirib borish, uni 
    tushunishni qiyinlashtiradigan mayda detallar bilan chalg‘imaslik kerak.
    Buyumlarning tuzilishini anglash va tasvirlash o‘zaro nisbatlar tushunchasi 
    bilan ham bog‘liq. Tabiatdagi bor narsalar, ixtiyoriy narsa yoki buyum bo‘lishidan 
    qat’iy nazar barchasi o‘zining o‘lchamiga ega. Tasviriy san’atda o‘lchash kilometr, 
    metr yoki santimetr bilan emas, balki ko‘z bilan chamalash orqali amalga 
    oshiriladi. Shuning uchun ham “nisbatlar” atamasi qo‘llaniladi. 

    Download 11,95 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   49




    Download 11,95 Mb.
    Pdf ko'rish