50
Insonni haqqoniy tasvirlamoq uchun uni diqqat e’tibor bilan uzoq
kuzatmoq kerak, shunday holat, shunday pozani, shunday kayfiyatni topish
kerakki, xarakterning xususiyati, sifatini to‘liq ifodalash mumkin bo‘lsin. Portretda
«qalbni tutish» kerak, «kiyimni va tanani emas».
Portretda tasvirlanuvchining individual belgilaridan tashqari uni o‘rab
turgan muhit, kasbkori haqida ham eng o‘rinli detallar kiritilishi kerak. Ko‘plab
rassomlar portret ishlaydilar, ayrimlari faqat bir kishining xarakterli
xususiyatlarinigina
ko‘rsatadi,
boshqalari
portretda
zamondoshlarining
umumlashgan obrazlarini tasvirlaydilar. Bu holda ikkinchi xil asarlarga
tomoshabinning munosabati e’tiborli, ahamiyatli bo‘ladi.
Haqiqiy portretchi eng
xarakterli qiyofa izlaydi, natijada tevarak-atrofni kuzatish va o‘rganish bilan bitta
qiyofada bir necha odamlarning xususiyatlarini birlashtiradi. Rassom shunday
portret kompozitsiyasi topish zarurki tasvirlanuvchining xarakterli belgilarining
aniq, tushunarli va obrazini ochib bersin.
Portret kompozitsiyasining tuzilishida insonning tashqi va ichki qiyofasi,
uning ruxiyati, shuningdek qo‘li, o‘tirish holati, liboslari, interyerdagi predmetlar
asosiy vosita sifatida muhim ro‘l o‘ynaydi. Har bir rassom portert yaratishda o‘z
tajribasi, usuliga tayanadi. Bunda har xil kutilmagan holatda, rang va texnikada
bajarilgan portretlar dalil bo‘la oladi. Shuning uchun
portret yaratishda yoshlar
ulug‘ portret ustalari tajribasini o‘rganib, ulardan unumli foydalanishlari lozim.
Portret san’ati bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lib, qadimda paydo
bo‘lgan. Misrda haykaltaroshlar odamning ichki hissiyotlariga chuqur kirib
bormasalarda, uning tashqi qiyofasini yetarli aniqlik bilan o‘xshatganlar. Grek
ustalari esa xudolar va afsonaviy qahramonlarning, shoir, faylasuf va jamoat
arboblarining siymolarini ideallashtirilgan holda tasvirlab o‘zlarining go‘zallik
olamiga munosabatlarini plastik yechim bilan ifodalaganlar. Keskin psixologik
harakterlilikni hayron qolarli darajada haqqoniyligi bilan qadimiy rim portret-
haykallari ham alohida ajralib turadi. O‘zining paydo bo‘lishi bilan buyuk yangilik
bo‘lgan timsoliy-ramziy ahamiyatga molik bo‘lgan portretlar Misrda eramizdan
avvalgi IV asrlarda yaratilgan rangtasvir portretlari ishlangan.
Qadimgi Misrda
51
portretning noyob namunalari (haykaltaroshlikda – Exnaton, Nefertiti va boshqa
haykallar) yaratiladi. Yunonistonda shoir, faylasuf va davlat arboblarining
umumlashma, ideallashtirilgan haykal portretlari ishlanadi (haykaltarosh Alopekli
Demetriy, Lisipp va boshqalar), ellinizm davrida dramatik obrazlar yaratishga
intilish kuchaydi. Antik davr haykaltaroshlik portreti qadimgi Rim san’atida
yuksak cho‘qqisiga ko‘tarildi, aniq shaxsga e’tibor oshdi. Portretda shaxsning
individual fazilatlarini aniq ko‘rsatish, ruhiy kechinmalarini ochish jarayoni
sezilarli o‘rin
egalladi, haykal va byustlar bilan bir qatorda tanga va medallar,
gemmalarga portret, shuningdek, rangtasvir portret ishlash keng tarqaldi.
Dastgohli portretning rangtasvir namunalari bo‘lgan fayyum portretlari
(Misr, 1-4- asrlar) ham antik san’at an’analari tasirida rivojlandi. O‘rta asrlarda
qat’iy diniy qonunlar bilan cheklangan portret cherkov - me’moriy ansamblining
ajralmas qismiga aylandi.
Ijodkorlar portretda podsho, din ahllarining obrazlarini yaratdilar, diniy
mazmundagi
portretlarda
aniq
shaxslarning
fazilatlari,
xususiyatlarini
ifodalaydilar. Portret san’atining eng gullagan davrini Uyg‘onish
davrida borib
taqaldi. Bu davrda oliy-yuqori yangilikning boshlanish sifatida inson shaxsining
ulug‘lanishi san’atdagi olamshumul boylik va qahramonlik deb sanaldi. Uyg‘onish
davrida portret, rangtasvir, haykaltaroshlik va grafika turlari yuksak taraqqiy etdi.
Birinchi bosqich - Odamning portretni chizishning asosiy qoidasi; o‘lcham
olish, nisbatlarni solishtirish, plastika anatomiyasiga etibor berish va qoidalariga
rioya qilgan holda tasvirlanayotgan odamning xarakterini ochib berish muhim
ahamiyatga ega. Bu bosqichda yumshoq qalamlardan foydalaniladi va portret
yuzaga tasvirlanadi.
Ikkinchi bosqich
- Tugallangan qalamchizgiga bosqichma – bosqich
monoxrom tuslardagi ranglardan qo‘yishning qadimiy va taniqli uslubidir. Asosiy
vazifa rang munosabatlarini to‘g’ri aks ettirish umumiy rang uyg’unligidan chetga
chiqmaslik talab etiladi. Akvarelda ranglar suyuqlik bilan yozilishi kerak.