-rasm. Natyumort ishlash. 2-bosqich.  Uchinchi bosqich –




Download 11,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/49
Sana23.05.2024
Hajmi11,95 Mb.
#251032
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49
Bog'liq
Kompozitsiya Siroch

 
20-rasm. Natyumort ishlash. 2-bosqich. 
Uchinchi bosqich –
 
natyurmort kompozitsiyasidagi, qo‘yilmadagi 
buyumlarning o‘zaro va umumiy yorug’-soya nisbatlarini topish muhim ahamiyat 
kasb etadi. Har ishlash jarayoni bosqichlar asosida olib borilishi kerak buyumlarni 
rang jihatidan yorug’-soya nisbatlari topiladi. 


38 
21-rasm. Natyumort ishlash. 3-bosqich. 
To`rtinchi bosqich –
 
mayda bo‘laklarga ishlov berish. Ushbu bosqichda 
natyurmort qo‘yilmasini material fakturasiga e’tibor berish, har bir detallarning, 
buyumlarning rang uyg’unliklariga alohida-alohida ishlov beriladi. Buyumlarning 
yorug‘-soyalari ishlanadi va yorug‘ligi, haqiqiy va tushuvchi soyalari, refleksi 
topiladi. 


39 
 
22-rasm. Natyumort ishlash 4-bosqich. 
Beshinchi bosqich 

 
yaxlitlash, 
umumlashtirish, 
yakunlash. 
Natyurmort kompozitsiyasini umumiy rang nisbatlarini uyg’unligini va 
qo‘yilmadagi yaxlitligini ko‘rib chiqamiz va ishni yakunlaymiz.


40 
23-rasm. Natyumort ishlash 5-bosqich. 
Natyurmort kompozitsiyasini rang jihatidan yechimini topish.
Natyurmort 
ishlanayotganda buyumlarni bo`yoqlariga qarab, uni ochlikyoki to`qlik miqdorini 
rangidan yaqqol ajrata bilishni hisobga olish zarur. Masalan: oq narsalar qora 
fonda juda yaxshi ko`zga tashlanadi va aksincha, (misol tariqasida anorlar 
natyurmortini olishimiz mumkin)


41 
Qoramtir narsalar oq devor fonida 
yaqqolroq ko`rinadi. Tus tonalligi qarama-
qarshiligidan tashqari ranglarni bir-biriga 
nisbatdan 
zidligini 
ham 
farqi 
bor. 
Issiqbo`yoqlarda ranglar birbiriga zid 
bo`lib ko`rinishi tabiy hol, masalan, to`q 
qizil fonida jigarrang buyum. Xuddi sovuq 
bo`yoqlarda: to`q ko`k rang fonida yorqin 
moviy buyum. Issiq-sovuqlik qoidasi 
bo`yicha 
ishlanga 
natyurmortlarning 
ranglari ham keskin farqlanadi hamda 
qo`shimcha ranglar fonida yorqin ranglar 
qarama-qarshiligi ham keskin farqlanadi: 
yashil fonda qizil rang; binafsha fonda 
sariq rang; jigarrang fonda ko`k rang 
bunga misol bo`laoladi. Agar natyurmort 
ranglar 
qarama-qarshiligida 
ishlangan 
bo`lsa, unda 1-2 bo`yoqli taʼkidlar 
kiritiladi, yaʼni kichikroq buyumlar yorqin 
yoki 
bezaklar 
bilan 
ishlanadi. 
Bu 
buyumlarni 
taqqoslash 
uchun 
zarur, 
shunda boshqa ranglar bir muncha 
murakkab hal qilinadi. Ranglari bir-biriga 
o`xshash 
natyurmortda 
yorugʼlik va 
qorongʼulik qonuniga rioya kilish maqsadga muvofiqdir.
13
Natyurmort yorqin 
bo`yoqlarda chiqishi uchun boshqa hamma ranglarni oqartirib yubormaslik va 
haddan tashqari qoraytirib yubormaslik kerak. Bu vazifa yondan tushadigan 
yorugʼlik bilan uddalanadi, u yorugʼlik tushayotgan tomondan soyalarga munosib 
13
 
Международный научный журнал №5 (100), часть 2. «Научный импульс», 2022. 184 
cтр. 
24-rasm. Natyumort 


42 
rang tussini berib ko`rsatishga imkon yaratadi, bu o`z navbatida talabaning hajmiy 
fikrlashiga yordam qiladi. Yondan tushadigan yorugʼlik yoqimli yoki xira rangga 
ega bo`lgan, hamma narsalarni yoritadi: agar yondan tushadigan yorugʼlik tussiz 
bo`lsa, hamma narsalar nurda sovuqroq ko`rinadi va ranglar qarama-qarshiligi 
qonuniga ko`ra, butun soya issiqroq bo`lib qoladi (issiq yoritilganda esa aksincha 
sovuq bo`lib ko`rinadi). Aks etish (refleks) narsalar o`rtasida ranglar aloqasini 
o`rnatadi. Misol tariqasida mevali natyurmortimizni olishimiz mumkin.
24-rasm. Natyumort ishlash
Tushayotgan soyalar ham narsalarning yorqin bo`yoqlariga o`ralishda 
qatnashadi. Bu omillarning hammasi natyurmortning aloxida bo`laklarining o`z 
ranglarini birlashtiruvchi muhitni vujudga keltiradi va umumiy uygʼunlikda, joziba 
yaratadi desak mubolag’a bo‘lmaydi.
Rangtasvir san’ati nazariyasi va metodlarini o‘rganishdan maqsad vazifalarni 
mukammal bajarib borishdir. Talabalar auditoriya mashg‘ulotlaridan tashqari uyda 
ham bir qancha vazifalarni mustaqil bajarishlari lozim. Rangtasvirda bo‘yoqlar 
bilan tasvirlashda narsalam ing aniq rangi bilan emas, balki atrofdagi boshqa turli 
ranglar bilan bog‘lanishda ifodalash maqsadga muvofiqdir. 
Ko‘zimiz ko‘ra oladigan tabiatdagi ham m a ranglarni shartli ravishda ikkiga: 
axromatik va xromatik ranglarga bo‘linishi mumkin. Oqdan to‘q qoragacha 
bo‘lgan ranglar axromatik ranglarga (oq, kulrang, qoram tir, qora, to ‘q qora), 
qolganlari esa xromatik (qizil, sariq, ko‘k va h.k.) ranglarga kiradi. Xrom atik 
ranglar, o‘z navbatida, shartli ravishda yana ikkiga, issiq va sovuq ranglarga 


43 
bolinadi. Issiq ranglarga olov, quyosh, qizigan narsalarning rangini eslatuvchi 
qizil, sariq, zarg‘aldoq ranglar kiradi. Ranglar uyg’unligi xis qilgandagina 
ko‘zlangan maqsadga erishishimiz osonlashadi. 
25-rasm. Natyumort kompozitsiyasi. 
Ranglar hayotdagi har bir holatni ko‘rish xarakterini ochib beribgina qolmay, 
uning sir-u asrorlarini ifodalab beruvchi ishonchli vositadir. Shuning uchun ham 
rangtasvir tasviriy san 'atning o‘ziga xos alohida bir turi hisoblanadi. Tabiat va 
hayotdagi nafislik, go‘zallik sirlarini rangtasvir san’ati darajasida boshqa biror-bir 
soha ochib bera olish imkoniyatiga ega emas. Bu borada o‘quvchi- yoshlarga ana 
shu san’at sirlarini ulashish vazifasi tabiiyki, tasviriy san’at o‘qituvchilari: 
— rangtasvir san’ati haqida nazariy bilimlarga ega bo ‘lish; 


44 
zimmasiga yuklanadi. Shu boisdan, oq’uvchi-yoshlardan quyidagilarni bilish 
talab qilinadi: 

rangshunoslik va rangtasvir texnologiyasi hamda uning asoslari xususida 
tushuncha va bilimlarini egallash; 
— rangtasvirda ishlatiladigan materiallar va asbob-uskunalar, qurollarni 
tayyorlash yo‘l-yo‘riqlari o‘rganish; 
— suvbo‘yoqda rasm ishlash qoidalari va bosqichlari, shakl berish, 
xarakterni topish yo‘llari puxta o‘rganish; 
— rangtasvirda tasvirni chiziqli va havoyi perspektivasi bilish; 
— guash, moybo‘yoq, suvbo‘yoqlarda rasm ishlash qoidalari, bosqichlari, 
shakl berish va xarakterini topish usullari o‘rganish;
— xomaki rasmlar ishlash, eskizlar asosida kompozitsiyalar tuzish kabilarni 
o‘z ichiga oladi va kelgusi jarayonlarda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. 
25-rasm. Mevalar natyumorti. 

Download 11,95 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   49




Download 11,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-rasm. Natyumort ishlash. 2-bosqich.  Uchinchi bosqich –

Download 11,95 Mb.
Pdf ko'rish