Lessirovka tushunchasi haqida




Download 11,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/49
Sana23.05.2024
Hajmi11,95 Mb.
#251032
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49
Bog'liq
Kompozitsiya Siroch

Lessirovka tushunchasi haqida. 
Lessirovka — (nem. lasieren — sirlash, sir bilan 
qoplash) — rangtasvir asarini yakunlovchi nozik boʻyoq qatlami. Chala qurigan 
yoki qurigan qalin boʻyoqlar ustidan beriladi. Bu usul ranglar turlanishini 
oʻzgartirish, kuchaytirish, yengillatish, koloritni boyitish, ularning uygʻunligi va 
mutanosibligiga erishish maqsadlarida qoʻllaniladi.
Lessirovka — rangtasvir 
texnikasi usullaridan biri. Lessirovka texnikasida ishlangan rangtasvir, xuddi 
shaffof suvli kulning tubini ko'rgandek asosi va chuqurligigacha ko‘rinadi. Ishning 
birinchi bosqichi tugaganidan so'ng rasm lessirovka bo'yoqlari bilan qoplanadi. 
Kartinaga keyingi qatlam ranglari, oldingi ranglar hech bo'lmaganda yarmigacha 
quriganidan so'ng qo'yilishi lozim.
 
Akvarel bo‘yoqlar bilan lessirovka texnikasida chizishning usullari mehnat-
talab hisoblanadi, u avval bo‘yoqlaming barcha engil rang tuslaridan 
foydalanishdan iborat bo'lib, qoramtir joylaming kuchaytirib borilishini, ya'ni 
ko'pqatlamli tarzda chizish bilan amalga oshiriladi. Lessirovkalarning ochiq, 
tiniqligi tufayli akvarelistlar o‘ta murakkab bo‘lgan natura masalalarini ham hal 
qila olishlari mumkin. Ma’lumki, tabiatda ranglar ton bilan uzluksiz tarzda bog‘liq, 
shuning uchun akvarel rangtasviri ko‘nikmalariga ega bo'lishda akvarelchining eng 
asosiy vazifasi ko'rishga oid zehn va idrokning rolini anglab etishi o'ta muhimdir. 


31 
11
Amaliyotda tuslar kuchini aniqlab olish naturani planlarga ajratib olishga 
muvofiq keladi va bu turli xil jismlardag yorug‘lik va soyalar kuchining o‘zgarishi 
bilan aniqlanadi. Tusning kuchini aniq tarzda aniqlab olish uchun ishning kelgusi 
umumiy tusli-rang tarkibini ketma-ket qatlamlarga joylashtirib chiqish bo‘yicha 
katta sintezlashtirish ishini o‘tkazish, kartina tekisligi ramkalarida eng oqish va eng 
qoramtir tonalrang dog'lari o'rtasidagi munosabatni topish kerak bo'ladi. 
Predmetning rangi o‘ta o‘zgaruvchan. Qat’iy aytish mumkinki, u doimo turlicha 
bo‘lgan: bu erda yorug'lik o‘zgargan bo‘lsa, u erda rang perspektivasi rol o‘ynaydi. 
Bu tomonda - osmon refleksi, bu erda - kontrast. Masalan, g’ira-shirada barcha 
ranglar sovuq tuslar tomonga o‘zgaradi. Leonardo da Vinchi so‘zlari bilan 
aytganda: "har bir jismning yuza sirti uning qarshisida turgan predmetning rangiga 
aloqador bo'ladi", ya'ni g'ira-shira osmon ostida turgan barcha predmetlar uning 
sovuq yorug' tusini aks ettiradi. Natyurmortni tuzishda qo'shimcha ranglar qonun-
qoidalaridan foydalanish yakuniy nuqta sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. 
E’tiborni alohida qismlarga mujassamlashdan qochish, yuzadagi va natura 
postanovkasidagi ranglar va tonlar munosabatlarining yagonaligi va yaxlitligini 
ko'ra olish zarur.Ayniqsa, XVI-XIX - asrlarda yaratilgan asarlar Lessirovka 
texnikasi bilan tugallangan. Hozirgi davrda oʻzbek rassomlaridan (Sh. 
Abdurashidov, M. Nuriddinov, A. Aliqulov. Sh. Qoʻziyeva va boshqalar.) ijodida 
rangtasvir asarlari yaratish jarayonida qisman yoki toʻliq qoʻllaniladi
.

Download 11,95 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   49




Download 11,95 Mb.
Pdf ko'rish