Kompozitsiya




Download 11,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/49
Sana23.05.2024
Hajmi11,95 Mb.
#251032
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49
Bog'liq
Kompozitsiya Siroch

 
 
 
 
 
 
 
 
17-rasm. K.P.Bryullov. “Pompeyning so‘nggi kuni” 
Kompozitsiyada ranglardan foydalanish tushunchasi. 
Tasviriy san’atni 
ranglarsiz tasavvur qilishning iloji yo‘q. Tasviriy san’at asari rangli bo‘yoqlar va 
ularning aralashuvidan foydalanib amalga oshiriladi. Inson rangli bo‘yoqlardan 
qachondan boshlab foydalangani haqida tushunchaga ega bo‘lish uchun tasviriy 
san’at tarixidan xabardor bo‘lishimiz kerak. Qadimgi rassomlar chizgan ilk rangli 
suratlarning ba’zilari bizning davrimizgacha yetib kelgan. Bunday surat 
na’munalarini Fransiyadagi “Lasko g‘ori”, Ispaniyadagi “Altamir g‘ori”, 
O‘zbekistondagi “Zarautsoy”, “Sarmishsoy” kabi ko‘plab qoyatosh suratlarida 
ko‘ramiz.
 
Kompozitsiyada ranglar uyg‘unligi to‘g‘risida so‘z yuritar ekanmiz, avvalo 
rangtasvirdagi issiq-sovuq, yorug‘-soyalardagi ranglar tushunchasi haqida to‘xtalib 
o ‘tishimiz kerak. Eng avvalo rang tasvirdagi yorug‘ va soyaning, issiq va sovuq 
ranglarni ko‘ra bilishimiz hamda ularni his qilishimiz lozim. Bu qonuniyatning 
asosi shundaki, rang tasvirdagi yorug’ joylar sovuq ranglar orqali tasvirlansa, 
undagi soyalar issiq ranglar bilan ishlanishi yoki issiq ranglar bilan asvirlanayotgan 
yorug’liklardagi soyalar sovuq ranglar bilan tasvirlanishi lozim bo‘ladi. Yorug‘-


28 
soya, issiq-sovuq ranglar yordamida biz nafaqat tasvirdagi buyumlarning hajmini 
yoki narsalarning shaklini tasvirlaymiz, balki rangtasvirdagi eng qiyin 
jarayonlardan biri bo’lgan buyumlarning bir biriga tushayotgan refleksni 
tasvirlaymiz. Bu bilan rangtasvirning asosiy jarayonlaridan biri bo‘lgan yorug‘-
soya va issiq-sovuq ranglarning umumiy tushunchasiga ega bo‘lamiz. Ko‘zimiz 
ko‘ra oladigan tabiatdagi hamma ranglarni shartli ravishda ikkiga: axromatik va 
xromatik ranglarga bo‘lish mumkin. Oqdan to‘q qoragacha bo‘lgan ranglar 
axromatik ranglarga (oq, kulrang, qoramtir, qora, to‘q qora) qolganlari esa 
xromatik ranglarga (qizil, sariq, ko‘k va hokazo) kiradi. Xromatik ranglar o‘z 
navbatida, shartli ravishda yana ikkiga, issiq va sovuq ranglarga bo’linadi. Issiq 
ranglarga olov, quyosh, qizigan narsalaming rangini eslatuvchi qizil, sariq, 
zarg‘aldoq ranglar kiradi. Muz, havo, suvlaming rangini eslatuvchi ko‘k, moviy, 
binafsha ranglar sovuq ranglarga kiradi. Yashil va binafsha ranglar goh issiq, goh 
sovuq ranglarga kirishi mumkin. Chunki yashil rang sariq va ko‘k ranglarning 
aralashmasidandir. Binafsha rang esa qizil va ko‘k ranglarning aralashmasidan 
hosil bo’ladi. Ko‘rinib turibdiki, bu ranglar issiq va sovuq ranglarning 
aralashmasidan hosil bo’lgan. Aralashtirishda issiq rang miqdori sovuq rang 
miqdoriga nisbatan ko‘proq bo‘lsa hosil bo‘lgan rang issiq rang qatoriga, sovuq 
rang miqdori ko‘proq bo‘lsa, sovuq ranglar qatoriga o ‘tish mumkin. Xuddi 
shunday binafsha rangda qizil rang ko‘proq bo’lsa issiq, ko‘k rang ko‘proq bo’lsa 
sovuq ranglar qatoriga kiradi. Demak o‘quv mashg‘ulotlarida kompozitsiya 
ishlashda narsa va buyumlarning yorug‘ soya nisbatlari shuningdek, rang 
nisbatlarini ham ochib aniq ko‘rsatish muhim ahamiyatga ega. 
Kompozitsiyada ranglar yordamida badiiy obraz yaratiladi. Shunday 
ekan rangtasvirda rang muhim ro’l o'ynaydi. Asar yaratishda bo‘yoq bilan 
ishlashdan tashqari ranglarni maqsadli o‘z o‘rniga qo'ya bilish ham katta ahamiyat 
kasb etadi. Ana shu maqsadda bo’lajak pedagok rassom rang ko’rish qobiliyatini 
rivojlantirishi uchun mashq qilishi zarur Вuning uchun suvbo‘yoq yordamida 
mavzuli kompozitsiya (man-zara, natyurmort, dekorativ abstaksiya) ishlasn 
maqsadga muvofiqdir.Kompozitsiya bahor. yoz, kuz, qish, oydin kecha, tun, oq- 


29 
shom payti kabilar bo‘lishi mumkin.Kompozitsiyada qancha ko‘p ranglar ishtirok 
etsa shuncha maqsadga muvofiq bo’ladi. Issiq va sovuq ranglar yonma-yon turishi 
yaxshi natija beradi. Rang tuslari qancha ko‘p bolsa kompozitsiya rang koloriti 
shuncha jozibali chiqadi. Kolorit yorugiik va ko‘rib idrok qilishning ma’lum 
obyektiv qonunlari bo‘yicha yuzaga keladi. Bu qonunlar bo‘yicha bizning 
ongimizda predmetlarning kolorit obrazlari paydo boladi. Kolorit va uning 
qonuniyatlari haqidagi ta’lim rangtasvir texnikasining nazariy asosini, uning 
hamma usullari tashkil qiladi. Rassom har qanday tasviriy materialga murojaat 
qilmasin, ularga xos bo‘lgan rangtasvir texnikasi xususiyatlariga ega kolorit 
qonuniyatlari 
o'zgar-may 
qolaveradi.Kolorit 
kompozitsiyasini 
yaratishda 
kompozitsiya markazi (ak-sent), tekislikda muvozanat, yaxlitlik va birlik, havoyi 
perspektiva kabi tushunchalarni ham hisobga olish zarur. Umuman olganda 
kompozitsivada g‘oya va maqsad aniq amalga oshirilishi koloritga bog'liqligini 
sezish muhim hisoblanadi. Bunday mashqlami har doim amalga oshirib turish, 
rang ko‘rish qobiliyatini yanada rivojlantiradi. Shuningdek, tabiat manzaralaridan 
qisqa muddatli etyudlar ishlash ham yaxshi natija beradi. 
Kompozitsiyada rang uyg’unligi ikki yoki undan ortiq ranglarni bir-birining 
yonida joylashtirishni anglatadi, shunda ularning kombinatsiyasi juda ifodali 
bo'ladi. Rangli kompozitsiyaning umumiy yechimi uchun ranglarni tanlash, 
ularning bir-biriga munosabati, berilgan kompozitsiya ichidagi o'rni va yo'nalishi, 
shakllar konfiguratsiyasi, bir vaqtning o'zida bog'lanishlar, rang maydonlarining 
o'lchami va umuman kontrast munosabatlari muhim ahamiyatga ega.Rangning 
xarakteri va ta'siri uning hamroh bo'lgan ranglarga nisbatan joylashishi bilan 
belgilanadi. Rang hech qachon yolg'iz emas; u har doim boshqa ranglar bilan 
o'ralgan holda qabul qilinadi.kompozitsiyasida rangning joylashishi va rang 
dog'larining yo'nalishi ham muhimdir.Kompozitsiyaning eng muhim vazifalaridan 
biri rang massalarining muvozanatini ta'minlashdir. Asarga ham vertikal 
muvozanat o'qi kerak bo'lib, uning har ikki tomonida rang massalarining “g'irligi” 
taqsimlanadi. 


30 
Narsa va hodisalarni tasvirlashda moybo‘yoq, tempera, akvarel, guash kabi 
bo‘yoqlar ishlatiladi. Narsalarni bo‘yoq yordamida tasvirlash ancha murakkab 
jarayon bo‘lib, kishidan ranglarning xususiyatlarini va ularni samarali, uquvli 
tarzda ishlatish usullari (texnikasini) bilishni taqozo etadi. Bo‘yoqlar yordamida 
narsaning hajmi, fakturasi va fazoviy holatini tasvirlash rangtasvirning asosini 
tashkil etadi. Har bir narsani chizuvchi tarvirlar ekan, u ranglarga jiddiy e’tiborini 
qaratishi kerak. Ana shunda rangning tabiatdagi ko‘rinishi va tasvirdagi ko‘rinishi 
farqli ekanligini bilib olish mumkin. Chunki narsaning rangi bizdan 
uzoqyaqinligiga qarab o‘zgarib ko‘rinadi. Buning sababi esa havo, atrof-muhitning 
predmet ko‘rinishiga ta’siridandir. Yuzaga ranglar munosabatlarini to‘g‘ri 
nisbatlarda topib ishlatish rangtasvirning haqqoniy aks etishida muhim ahamiyat 
kasb etuvchi omillardan eng muhimi deb hisoblasak o‘rinlidir.

Download 11,95 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   49




Download 11,95 Mb.
Pdf ko'rish