25
boshlanib, shakllarning simmetriya tuzulishiga aylanadi. Odam qomati ham
simmetrik tuzilgan. Ung va chap tomonlarini bir xilligi tenglik haqida tushuncha
beradi. Shuningdek, uni tabiatda ham, har xil san’at turlarida ham kuzatish
mumkin. ( - rasm) Kompozisiyada simmetriya hosil
qilish uchun uning ogirlik
jismlari, tusi, rangi va shakli tengligi xarakterlidir. Bu holatda bir tomoni ikkinchi
tomoniga kuzgudagi aksidek o‘hshash bo‘ladi. Simmetrik kompozisiya aniq
markazga ega bo‘ladi. Odatda u kartina tekisligining geometrik markaziga to‘g‘ri
keladi. Agar uchrashuv nuqtasi markazdan chetda bo‘lib yoki tasvir diagonal
bo‘ylab joylashtirilsa, kompozisiya dinamik (xarakatchan) bo‘ladi va ideal tenglik
buziladi. Qadimiy grek rassomlari ham simmetriya qoidalaridan keng
foydalanganlar. Eramizdan avvalgi V-asr rasmlari, shuningdek antik kuzadagi
rasmlar va Pompey freskalari bunga misol bo‘laoladi.
Simmetriya qoidalaridan
rassomlar foydalanib, ko‘p qomatli kompozisiyalar yaratganlar. Uyg‘onish davri
rassomlari simmetriya qoidalariga katta e’tibor berib monumental (mahobatli)
rangtasvir yaratganlar (masalan, Jotto freskalari). Italiyada yuqori Uygonish davri
rassomlari kompozitsiyada katta muvaffaqiyatlarga erishgan. Masalan, Leonardo
da Vinchi “Anna bilan Mariya va chaqaloq, Xristos”
asarida uch qomatni
joylashtirishda uchburchakdan foydalangan. Leonardo da Vinchi “Sirli oqshom”
asaridagi kompozitsiya tuzilishini ham simmetriya deyish mumkin.
Rangtasvirda, qalamtasvirda,
bezakli pannoda, freskada buyumlar tasvirini
asimmetrik joylashtirishda kartina tekisligini vertikal o‘q chizig‘i bilan ikki qismga
bo‘lsak, kompozitsiya buzilmagan holda uning og‘irligi, shakllari, til holati
bo‘linganday holatni qurish mumkin. Ayniqsa kartinada nisbatan turgunlik holatni
ko‘rsatadi.
Asimmetrik kompozisiyada tenglik xarakatini hosil qilishda shakllar
oralig‘ida bo‘shliq yordamida amalga oshiriladi. Bunda shakllar bir-biriga
yaqinlashadi yoki bir-biridan uzoqlashadi. Tenglik esa katta
va kichik shakllarni va
qoramtir tus, yorqin va bug‘iq ranglarni qarama - qarshi quyish orqali amalga
oshiriladi. Asimmetrik markazlashtirilmagan kompozisiyada tenglik ongli ravishda
susaytiriladi
yoki
umuman
bulmaydi.
Masalan,
fikr
syujet
markazi
26
kompozisiyaning bir tomoniga yaqin bulib, ikkinchi tomon qismida kam shakllar
tasvirlanadi. Agar syujet kontrast holatda ochib berilgan bo‘lsa, bunda psixologik
kontrast, bosh qahramon va bir guruhx, qiyofalar bir-biridan qandaydir masofada
joylashtirilib, tashqaridan qaraganda kompozitsiya bo‘linganday
simmetriya hosil
qiladi.
Umuman ikki qismini bir -biriga qarama - qarshi quyilib tenglik hosil qilinib
kompozisiyada mutanosiblikni ta’minlanadi. Kompozisiyada mutanosiblikni
saqlab asimmetriya tuzilishiga K.P.Bryullovning “Pompeyning so‘nggi kuni”
asarini misol qilib ko‘rsatish mumkin.
Asimmetriya bu simmetriyaga mutlaqo ziddir. San'atda u harakatning
dinamikligini ifodalashga, harakatning tabiiyligi va qulayligini ko'rsatishga,
kompozitsiyani
rang-barang
qilishga
yordam
beradi.
Asimmetriyalilik,
kompozitsiya yaxlitliligini qachon saqlaydi, qachonki elementlar tengsizligi
ularni ko‘rishga oid tengligida bartaraf etilsagina.
Shu bilan birga, qaysiki
ko‘rish orqali kompozitsiya markazi o‘tadigan yangi o‘q chizig‘i o‘rnnatiladi.
Shunday qilib kompozitsiya buzilib ketmaydi, aksincha tenglashtiriladi, turg‘un
xarakterga ega bo‘ladi.
15-rasm. R.Santi. “Sikstin
madonnasi”.
16-rasm. M.Toshmurodov. “Alla Xasan
Xusan”.