Kompozitsiya




Download 11,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/49
Sana23.05.2024
Hajmi11,95 Mb.
#251032
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49
Bog'liq
Kompozitsiya Siroch

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
29-rasm. Portret ishlash bosqichlari. 
Uchinchi bosqich - Rang berishning asosiy bosqichi boshlanmoqda, bu 
rasm harorati qismlarining rang harorati bo‘yicha bog’lanish aloqasi. Umumiy rang 
gammasi bo‘yicha qarorga kelib olish kerak. Ranglarni qismlarga bo‘lib, to‘liq 
yozishni boshlaymiz, boshdagi do‘ppi va ustki kiyim sovuq rangda yuz esa issiq. 
Fonga nisbatan ohang va rangning mustahkamligini his eting. Ularni uyg’unlikda 


53 
olib keeling. Biz doim rang munosabatlari jihatidan taqqoslaymiz. Bu ranglarni 
to‘liq his etib rang qo‘yishga yordam beradi. 
To‘rtinchi bosqich
 
- biz portret shakllarining tafsilotlarini, plastikasini va 
xususiyatlarini o‘rganamiz. Biz portret bilan ishlashda davom etamiz. Ko‘zlarni, 
burunni, lablarni aniqlang. Eng muhimi, asosiy xatolarga yo‘l qo‘ymaslik - yaxlit 
idrokni chalg’itadigan tafsilotlarga berilmaslik muhim ahamiyatga ega. Bu bosqich 
yakunlovchi bosqich bo‘lib ranglarni umumlashtirishka, yaxlitlikni yo‘qotmaslikka 
e’tibor qaratish talab etiladi. Garchi ba’zida portretini chizishda bu oxirgi qadam 
uzoq vaqt talab qilishi mumkin. 
Tasviriy san’atning portret janrida portretni moybo‘yoqda ishlash 
bosqichlari bo‘yicha metodik ketma-ketligini ko‘rsatib o‘tamiz:
Portret chizishda birinchi bosqichda bajarilishi kerak bo‘lgan topshiriqlar. 
1) Format tanlash.
2) Kompozitsion joylashtirish.
3) Chiziqli konsruktiv qurish.
4) Ishni rangga tayyorlash.
Dastlab qiyofachiga mos bo‘lgan format tanlanadi. Portret qanday holatda 
ishlashiga qarab (elkagacha, belgacha, qo‘llari bilan yoki boshdan oyoq, o‘tirgani, 
turgani va shunga o‘xshash holatlarini hisobga olgan holda) format tanlanadi. Agar 
portret boshdan oyoq ishlanishi kerak bo‘lsa, formatning vertikaliga uzunroq 
bo‘lgani tanlanadi. Portretni formatga joylashtirishda, agar qiyofachi to‘g‘ri qarab 
turgan bo‘lsa, o‘ng va chap tomondan bir xil

yuqoridan pastgi tomonga qaraganda 
ko‘proq joy qoldiriladi. Qiyofachi qaysi tomonga qarab turgan bo‘lsa, shu tomonda 
ko‘proq joy qoladi. 
Konstruktiv qurish. Inson qiyofasi plastik anatomiya qoidalarini o‘rganish 
asosida quriladi. Inson ichki tuzilishini bilish va portretni qurish davomida 
garchand u ko‘rinmasada, buni his qila olish orqali tasvirlash. Dastlab inson 
qiyofasining holati engil konstruktiv chiziqlar bilan belgilab olish. Gavda 
qismlarining o‘zaro mutanosibligini to‘g‘ri topish. Tayanch nuqtasini, og‘irlik 
markazini topish. Bosh, gavda qismlarining holatini to‘g‘irlash. Yuz a’zolarini 


54 
(ko‘z, burun, lab, quloq,) o‘ziga xos harakterli jihatlarini topib chizish. Ortiqcha 
chiziqlarni o‘chirish. 
Portret chizishda ikkinchi bosqichda bajarilishi kerak bo‘lgan topshiriqlar 
1)
qiyofachining rangini o‘rganib chiqish. 
 
2) palitraga ranglarni qo‘yib chiqish.
3)
rangda chiziqlar ustidan chizib chiqish (moybo‘yoqda ishlaganda)
4) qiyofachining soya tomonlarini belgilab olish.
5) katta-katta asosiy rang tuslarini belgilab olish. 
6) umumiy rangini topish . 
7) qiyofachining rangi o‘rganib chiqiladi. 
Portret chizishda uchinchi bosqichda bajarilishi kerak bo‘lgan topshiriqlar 
1) Moybo‘yoq texnikasiga amal qilgan holda yanada aniqlashtirish.
2) Yorug‘, soyani to‘g‘ri aniqlash. 
3) Qifachining o‘ziga qarab uning surati solishtiriladi.
4) Yuz a’zolari (ko‘z, quloq, burin, lab) sinchikovlik, e’tibor bilan ishlash.
5) Yorug‘ tomonlariga ishlov berish.
6) Rang berish barobarida, qiyofachining holati, harakterli jihatlarini esdan 
chiqarmay to‘g‘irlab borish.
7) Qiyofachining umumiy xolatini yo‘qotmasdan rang berishda davom 
etish.
Portret chizishda to‘rtinchi bosqichda bajarilishi kerak bo‘lgan 
topshiriqlar.
Ishning yakunlovchi qismi: Ishning yakunlovchi bosqichida, nihoyatda 
extiyotkorlik bilan ishlash zarur. Umumlashtirish: umumiy ko‘rinishdagi ranglar 
uyg‘unligini saqlagan holda
,
ishdagi bo‘yoqlar bo‘rtib chiqib qolgan ranglarni 
xiralashtirish, kerakli joylarda yorqin ranglar surtmalarini qo‘yish. Portret 
mazmuniga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi; kalla portreti, ko‘krak qiyofali 
portret (byust), yarim gavda portret, butun gavda qiyofasi portreti, portret kartina, 
guruhli portret, miniatyura portreti va hakozo. Portret kompozitsiyaning tuzilishida 


55 
insoning tashqi va ichki qiyofasi, uning ruhiyati, shuningdek qo‘li, o‘tirish holati, 
liboslari, intererdagi predmetlar asosiy vosita sifatida muhim rol o‘ynaydi. 
29-rasm. Portret ishlash bosqichlari. 


56 

Download 11,95 Mb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   49




Download 11,95 Mb.
Pdf ko'rish