47
Natyurmortning tasvirini to‘g‘ri bajarishda
talabalar quyidagi qonun va
qoidalarga amal qilishlari zarur:
1. Belgilangan ixtiyoriy qog'oz sirtida tasvirlanayotgan natyurmortning
chekka qirralarini belgilangan holda kompozitsion to‘g‘ri joylashtirish.
2. Naturadagi shakllarning asosiy
tayanch nuqtalarini belgilab, ulardan
birining ikkinchisiga bo‘lgan nisbatlarini perspektiv
qonun qoidalar asosida
tasvirlash.
3. Shakllarni chiziqli konstruktiv tuzilishini toppish va qurish,
naturada
qo‘yilgan asosiy bo‘laklarni belgilash.
4. Tasvirlanayotgan shakllarning xarakterli xususiyatlaridagi tushuvchi
shaxsiy soyalami belgilash va alohida bo‘laklarga ishlov berish.
5. Naturadagi barcha buyumlarni tus jihatdan yana bir bor ko‘rib,
qo‘yilmadagi shakllarning xarakterini aniqlash va soya, yarim soya, yorug‘, refleks
joylarini aniqlash. Buyumni butun yaxlitlikka bo‘ysundirish va yakunlash. Ushbu
metodik ketma-ketlikka rioya qilib tasvirni to‘g‘ri
bajargan talaba vazifadagi
qo‘yilgan maqsadga erishadi va keyingi topshiriqlarni aniq bajarishida uchun
muhim vosita hisoblanadi.
28-rasm. Natyurmortning tasvirini to‘g‘ri bajarish.
48
Nazorat savollari:
1. Natyurmort kompozitsiyasini bu?
2. Natyurmort kompozitsiyasini rang jihatidan yechimi bu ?
3. Natyurmort kompozitsiyasi qalamchizg‘isini bir necha variantda ishlang?
4. Natyurmort kompozitsiyasini joylashtirish
va qurish deganda nimalarni
tushunasiz?
5. Kompozitsiyasida ranglarning o‘rni haqida nimalarni bilasiz?
TEST
1. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni qo‘ying. … mashxur “Jonajon o‘lka ” asari
muallifi.?
A) O‘. Tansiqboev
B) M. Nabiev
C) B. Jalolov
D) O.Qozoqov
2. Portret rangtasvirda birinchi planda nimalarni tasvirlashga alohida e’tibor
qaratiladi?
A) Bosh qismi va qo‘llarni tasvirlashga
B) Qo‘llarni va kiyimlarni tasvirlashga
C) Kiyimlarni bezakdorligiga
D) Oyoqning holatiga
3. Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni qo‘ying. ... mashhur “Teatr lojasida”
kartinasining muallifi?
A) Z. Kovalevskaya
B) N.Kashina
C) N.Volkov
D) YU.Elizarov
4. Rangtasvirda rang-baranglikni kuchaytirish deganda nimalar tushuniladi?
A) Har bir buyumni lokal ranglarini va buyumlarni bir-biriga tushgan reflekslarni
kuchaytirish
B) Sof spektr ranglarni qo‘llash
C) Kulrangdan foydalanish
D) Qizil rangdan ko‘proq foydalanish
5. … rang koloriti deyiladi?
A) Rang tusi
B) Ranglar mutanosibligi
C) Jilo berish
D) Ranglar qarama-qarshiligi