Kompozitsiya




Download 11,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/49
Sana23.05.2024
Hajmi11,95 Mb.
#251032
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49
Bog'liq
Kompozitsiya Siroch

Tayanch so‘zlar: Natyurmort, kompozitsiya, rangtasvir, ranglar munosabatlari, 
perspektiva qonunlari, muvozanat, kolorit. 
Natyurmort kompozitsiyasini joylashtirish va qurish. 
Natyurmort – fransuzcha 
(nature morte) “jonsiz tabiat” degan ma’noni bildiradi. Natyurmort janrida 
insoniyat atrofini o`rab turgan narsalar ya’ni meva-chevalar, idish-tovoqlar, uy-
ro`zg`or buyumlari, asbob-anjomlar, gullar kabilar chiziladi.
 
Natyurmort XVII asrning boshlarida Gollandiyada paydo bo‘ldi. Ko‘plab 
mamlakatlarga tarqalib,ayniqsa XVIII asrning o‘rtasida keng rivojlandi. 
Natyurmort mustaqil janr bo`lishi bilan birga, mavzuli suratlardagi asarlarning 
mazmunini ochib berishda ko`maklashuvchi, uni to‘ldiruvchi vosita bo‘lib ham 
xizmat qilad
i. 
Natyurmort san'ati bizga ob'ektlarning hissiy ma'nosini chuqurroq 
o'rganishga ham imkon beradi. Natyurmortdagi har bir ob'ekt o'ziga xos voqea 
yoki ramziy ma'noga ega bo'lishi mumkin. Natyurmort ham rassomning o'zini 
namoyon qilish usulidir. Har bir rassom natyurmort yaratishga o'ziga xos uslubiy 
va hissiy munosabatini namoyon etadi desak adashmagan bo‘lamiz. Natyurmort 
san'ati bizga dunyoni rassomning ko'zi bilan ko'rishga va uning atrofdagi voqelikni 
idrok etishini tushunishga yordam beradi.Umuman olganda, zamonaviy dunyoda 
natyurmort san'ati uyg'unlik va osoyishtalikni yaratishda muhim o'rin tutadi. Bu 
bizga kundalik tashvishlardan uzoqlashish va tabiat va inson tomonidan yaratilgan 
narsalarda bizni o'rab turgan go'zallikdan bahramand bo'lish imkonini beradi va 
rangtasvirga taqaladi.
12
 
Rangtasvirning nazariyasini muntazam o‘rganib borish, 
tasviriy san’at ta’limini muvaffaqiyatli o‘zlashtirishning asosiy shartlaridandir. 
12
Abdirasilov S. Tasviriy san’at metodikasi. Pedagogika kollejlari uchun o‘quv qo'llanma. 
Toshkent. - «Ilm-Ziyo» - 2006. 31-34 bet.


34 
Rangtasvir qonun-qoidalarini puxta egallagan o‘quvchi amaliy ijodda samarali 
shug‘ullanishi mumkin. “Kimda-kim ilmni am aliyotsiz tasavvur etsa, u bamisoli, 
suzishga eshkaksiz chiqayotgan qayiq haydovchisidir va u hech qachon qayerga 
ketayotganligiga to‘la ishonch hosil qilaolmaydi deya ta’kidlagan Leonardo da 
Vinchi. Ayniqsa rangtasvir sohasida amaliyot hamisha kuchli nazariyot bilan 
bog‘liq holda amalga oshirilishi zarur va bularsiz hech narsaga erishib bo‘lmaydi”. 
Rus rassomi va pedagogi D.N. Kardovskiy aytib o‘tganidek: “San’atni 
o‘rganayotganlar tasvirlashni yo‘llari va usullari, ya’ni narsalarni shakli, nisbatlari, 
rangi, yorug‘ligi, xususiyati va harakat qonuniyatlariga bo‘ysunishga 
majburdirlar”. Darhaqiqat bu qonuniyatlarga amal qilgandagina mo‘jaz san’at 
asarlari yaratiladi. 
Naturadan realistik tasvirlash atrofimizdagi voqea-hodisalar yoki 
narsalarning shakl, tuzilish, hajmdorligi va bo‘yoqlarini haqqoniy tasvirlash 
malakasini o‘z ichiga oladi. Naturani haqqoniy tasvirlash - bu narsalarni 
konstruktiv va perspektiva qonunlari asosida qurish, ularning fazoviy joylashuvi
materialligi, hajm va nisbatlarni ifodalash,ranglar jihatidan yechimini topish 
qalamtasvir yoki etyudni yaxlit bir butunlikka keltirish, tasvirlanayotgan obyektlar 
va narsalarni xarakterli xususiyatlari va nafis go‘zalligini aniqlashdan iborat desak 
mubolag’a bo‘lmaydi. 
Natyurmortni amaliy tasvirlashning dastlabki bosqichida biroz soddaroq, 
so‘ngra esa narsa va narsalarning bir guruhini tasvirlash kerak. Buning uchun eng 
avvalo natyurmort kompozitsiyasini tog‘ri tashkil etish muhim ahamiyatga ega. U 
ikki jihat asosida tuziladi: natura qo‘yilmasini tashkiliy qismi (narsalarni tanlay 
bilish va ularni kompozitsion chiroyli joylashtirish) naturaga nisbatan ko‘rish 
nuqtasini aniqlash va qog’oz yuzasida qo‘yilmani tasvirlash.
Tasvirlanayotgan narsalar ma'lum o‘lcham tekisligida to‘g’ri joylashtirish 
talab etiladi “tiqilinch” yoxud juda ham kichik joylashib qolmasligi zarur. 
Meyoridan tashqari kichik joylashgan tasvirlar qog‘oz tekisligida aniq 
ko‘rinmaydi. 


35 
Tasvirda asosiy e’tiborni o‘ziga jalb etuvchi narsa — kompozitsiya 
markazi hisoblanadi va qolganlari esa unga tobe bo‘lib xizmat qiladi, bunga misol 
tariqasida mevalardan tuzilgan natyurmort kompozitsiyasini ko‘rishimiz mumkin.
18-rasm. “Natyumort” 
Natyurmort kompozitsiyasining asosiy vazif 
asi shundan iboratki, 
buyum va narsalarning hajmliligi, materiallik va rangdorlik sifatlarini natura 
qo‘yilmasidek aniq tasvirlash hamda qo'yilm aniq yaxlit tusda yakunlash 
maqsadga muvofiqdir va biz uni bosqichlar asosida ko‘rib chiqamiz 
Birinchi bosqich -
 
natyurmort kompozitsiyasini to‘g’ri tuzish, qog’oz 
yuzasiga to`g’ri joylashtirish va konstruktiv tuzilishini topish, bu bosqichda 
talabalar grafit qalamlar yordamida tuzilgan natyurmortni qurilish jarayonini 
qog’ozga, yani yuzaga to‘g’ri joylashtirish talab etiladi. 
Ikkinchi bosqich – natyurmort kompozitsiyasi, yani natyurmort 
qo‘yilmasini konstruktiv tuzilishi aniq topilganidan so‘ng buyumlarning umumiy 
rangini berish bosqichiga o‘tiladi, va akvarelda ishlash texnikasidan chetga 


36 
chiqmagan holatda ishlash bosqichi davom ettiriladi. 
19-rasm. Natyumort ishlash. 1-bosqich. 


37 

Download 11,95 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   49




Download 11,95 Mb.
Pdf ko'rish