Plakat kompozitsiyasini joylashtirish va qurish




Download 11,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/49
Sana23.05.2024
Hajmi11,95 Mb.
#251032
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49
Bog'liq
Kompozitsiya Siroch

Plakat kompozitsiyasini joylashtirish va qurish.
Tasviriy (amaliy) san'at, 
shuningdek, plakat o`z mohiyati, ma'no va mazmuni jihatidan san'atkor
mahoratini egallash bilan bog`liq jarayon. Shu nuqtai nazardan san'atkor rassom 
plakat, ijodkorning shakllanishida to`liq ma'noda ustoz bilan olib boriladigan 
yakka tartibdagi amaliy mashg`ulotlar muhim rol o`ynaydi. Shuning uchun ham 
mutaxassislik fanlarning aksariyat qismini amaliy mashg`ulotlar tashkil etadi. 
San'atkor rassom plakatchi (dizayner), ijodkor tom ma'nodagi kasbiy mahoratni 
egallashi uchun avvalo amaliy mashg`ulotlarda bilimi va mag`oratini ko`rsata 
olishi lozim Asar plakatning kompozision mavzusini tanlash va bajarish tasviriy 
(amaliy) san'at hamda dizaynni rivojlantirish yo`nalishlaridan biri hsoblanadi.
Plakat san`at tarixi - bu butun dunyo urf-odat tarixi, chunki, plakat san`ati-
dunyoda eng birinchi qadimiy san`at turi. Plakat 
ishlash 
uchun 
avalambor
mavzu anig` g`ilib o`ylab olingan bo`lishi kerak. Buning uchun esa fikrlash, 
kompozitsiya yechimini topish uchun salohiyat va bilim kerakligi sir emas. 
Plakat mavzulari, shuningdek nima maqsadda yaratilganligi bilan bir necha 
turlarga ajratiladi. Ular: badiiy plakatlar, tijorat-reklama plakatlari, chorlov-afisha 
plakatlari, siyosiy-ijtimoiy plakatlar, fotoplakatlar, yozuvli-ko`rgazma g`urol 
sifatida g`o`llanadigan plakatlar va shuningdek yana bir qanchà xillarga bo`linadi. 
Ularning nima maqsadda ishlanganligi mavzusidan anglashilib turishi kerakligi 
plakat san`atining bosh, zarur talabasi desak yangilishmaymiz. 
O`z mavzusiga ko`ra plakatlar ekologiya, tibbiyot, hajviy-satirik, chag`irig`, 
targ`ibot-tashvig`ot yo`nalishlarida ishlanishi mumkin. Plakatda mavzuning 


82 
dolzarbligi darajasi ham juda muhim shartlardan hisoblanadi. Chunki hammani 
bezovta qilib turgan mavzulardagi san`at asari darhol ilg`ab olinadi. Shunday 
plakat namunalari o`z o`rnini, vazifasini topib odamlarga yaxshi xizmat qilishi 
ma`lum. 
Plakat ham barcha turlardagidek kompozitsiyaning umum joriy etilgan qonun-
qoidalari asosida izlanishlar bilan yaratildi. Plakatda ham kompozitsiya markazi, 
rang yechimi va asar barcha tomonlarining o`zaro munosabatlari, muvozanati 
muhim vaziyfalardandir. Yana shuni ham aytish kerakki plakat ba`zan umuman 
yozuvsiz faqat tasvirdan iborat bo`lishi, shunda ham yaxshi tugal mazmun kasb 
etishi, tushunarli ifoda topgan bo`lishi mumkin. Bunda albatta uning 
kompozitsiyaviy echimi sifati, muallifning topqirligi va qobiliyati, bilim darajasi 
ro’l o`ynaydi, desak to`g`ri bo`ladi. Ma`lumki shunday o`z echimini yahshi topgan 
plakatlar e`tirof etiladi va badiiy plakatlar sirasiga mansub bo`ladi. Plakat 
chizishda rassom kompozitsiyani yaxshi yuzaga chiqarishi uchun yaxshi nazariy, 
shuningdek amaliy bilim-ko`nikmalarga ega bo`lishi talab etiladi. Plakat ishlashni 
maqsad qilgan odam, u rassommi yoki talabami bundan qat'iy nazar sifatli-o`quvli 
realistik tasvirni yahshi chiza olishi kerak. Bu holda tajriba ham rol o`ynaydi. 
Baribir rassom har qancha usta bo`lmasin agar fikrlay olmaydigan bo`lsa plakat 
yarata olmaydi. Chunki plakatda mavzuni topish va badiiy tarzda ifoda eta olish 
juda muhimdir. Shu sababdan plakat yaratuvchi rassomlar unchalik ko`pchilikni 
tashkil etmaydi. 
Plakatdagi yozuvlar va obraz bir-birini to`diruvchi bo`lishi kerak. So`zlar 
tasvirni to`ldirib, qo`llab-quvvatlab tursagina plakatni tushunish oson bo`ladi va u 
yanada ta`sirchan chiqadi. Hammamizga ma`lumki, plakat muayyan masofada 
turib, ko`rish va his g`ilish uchun mo`ljallanadi. Demak, uni tanish va o`qish oson 
bo`lishi kerak. Umumiy fondan ajrab turgan chiroyli, bejirim va ko`zga aniq 
tashlanib turadigan shrift matnni uzoqdan o`qish imkonini beradi. 
Plakat kompozitsiyasini chizish jarayonida, simmetriya va asimmetriya, ritm 
va metrik qatorlar, kotrast, mutanosiblik, perespektiva, qabul qilingan 
proporsiyalar, siluet turlari va chiziqlari, konstruktiv chiziqlar, konstruktiv-


83 
dekorativ chiziqlar, faktura, material rasmi, xusni xat o`ziga xos bo`lgan turlarini 
bilish, naqsh, bezaklar va furnitura, o`xshashlik, ko`p qomatli kompozisiyalar 
yaratish, tabiat motivlarini uslublashtirish, loyihalarda uslub tushunchasi ham 
muhim axamiyat kasb etadi. 
Har bir plakat ishimizni yaratar ekanmiz uni joylashtirishda umumiy 
konstruksiyadan 
foydalanamiz.Konstruksiyani 
qo’llashdan 
maqsad 
kompozitsiyada dettalashtirish va ortiqcha bezaklardan yiroq bo’lish vazifasi 
turadi. Konstruksiya oddiy so’z bilan aytganda predmetni geometrik shaklga
olib olish tushuniladi.Bundan ko’rinib turibdiki tomashabinga plakatdagi detallar 
mavzuvni yoritib berishga katta xizmat qiladi.Buni oddiy figuralarning kiyimi 
misoladi ko’rishimiz mumkin.Liboslar shunday ishlanishi kerakki uning ichidagi
detallarga ,burmalarga,soya-yorug’larga qaytuvchi yorug’liklarga ortiqcha
e’tibor berilmaydi.Uni oddiy kontur chiziqlar yordamida konstruktiv qurish
orqali ifodalanadi va plakat kompozitsiyaning yechimi topiladi. 

Download 11,95 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   49




Download 11,95 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Plakat kompozitsiyasini joylashtirish va qurish

Download 11,95 Mb.
Pdf ko'rish