|
Grifon
Qadimgi Sharq san`atida uchraydigan tanasi arslon, boshi va
qanoti burgutsimon afsonaviy maxluq tasviri.
GruntovkaBog'liq Kompozitsiya SirochGrifon
Qadimgi Sharq san`atida uchraydigan tanasi arslon, boshi va
qanoti burgutsimon afsonaviy maxluq tasviri.
Gruntovka
Tasvir zaminini tayyorlash.
Grotesk
(frants.gratesque, ital.grottesco-g`aroyib, g`alati)
1. O`simlik, jonivor va insonlarning afsonaviy tasvirlari
ko`rinishidagi naqsh.
2. adabiyot, san`at va teatrda insonlar va narsalarning fantastik
tarzda qing`ir-qiyshiq qilib kulguli tarzda yaratilgan tasvirlari.
3. bosmaxona harflarning bir turi.
Guash
(frants.gouach, ital.guazzo-suv bo`yoq ) tarkibida suv, yelim
bog`lovchisi bo`lgan ezilgan pigment (gummiarabik, bug`doy
kraxmali, dekstrin va b.sh.) va belila aralashmasidan iborat
bo`lgan suv bilan ishlanadigan bo`yoqlar. Amaliy bezak
san`ati va rangtasvirda keng qo`llaniladi.
Dadaizm
(frants.dadaisme, dada-toychoq, ko`chma ma`noda bolalar)
1016-22 yillardagi modernistic oqim.
Dastgohli san`at
Tasviriy san`atning bir turi. Bo`lajak san`at asarlari maxsus
dastgohlarga o`rnatilib ishlanganligi uchun shunday deb
nomlangan.
Desyudeport
(fr. dessus de porte - eshik tepasi, usti) eshik tepasida
joylashgan panno (odatda rangtasvir yoki haykaltaroshlik
ko`rinishida bo`ladi).
Devoriy rangtasvir
Katta o`lchamdagi devorlarga ishlanadigan tasvirlar.
Dekadentlik
XIX asr oxirida rivojlangan akademizm va ijtimoiylik kasb
etgan realizmga nisbatan badiiy va ofodali vositalarda asarni
yuksak mahorat bilan yaratilganiga ahamiyat bergan badiiy
yo`nalish.
Detallashtirish
Batafsil, ikir-chikirlarini ishlash.
Diorama
(yunon. dia-orqali va horama-ko`rinish, manzara so`zidan
olingan)
1.
Rangtasvir turi. Bunda tasvir nur o`tkazadigan material
(nafas mato, xira oyna va h.k.) sirtiga chiziladi.
2.
Fonda asosiy tasvir chizilib, old tomonda butaforiya
jihozlari (inson qomati va turli xil maketlar) qo`yilgan katta,
mahobatli rangtasvir turi. Diorama panoramadan ufqning bir
qismi aks ettirilganligi bilan farqlanadi.
Diptix
(yunon.diptychos - ikkitalik, ikkiga taxlangan)
1.
Rangtasvir yoki bo`rtma tasvirli, ikki tabaqali bukilma.
2.
Umumiy bir g`oya bilan bog`angan ikkita kartina.
Dizayn
Kundalik hayot, maishiy turmushda ishlatiladigan jihozlar,
kiyim-kechak, asbob-uskuna, idish-tovoq, mebel va shunga
93
o`xshash narsalarni qulay holda chiroyli shakl beradigan
rangni yaratish san`ati.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Grifon
Qadimgi Sharq san`atida uchraydigan tanasi arslon, boshi va
qanoti burgutsimon afsonaviy maxluq tasviri.
Gruntovka
|