Vitraj Rangli shishadan ishlangan tasvir, qashqar oyna desa ham
bo`ladi.
Vitrina Kitoblar,
eksponatlar,
turli
buyumlarning
namunalari
qo`yilgan oynavand javon, deraza va har xil oynavand qutilar.
Galereya Rasviriy va amaliy san`at asarlari saqlanadigan va
ko`rgazmalar o`tkaziladigan maxsus bino.
Gemma (lot.Gemma) o`yma yoki bo`rtma tasvirli qimmatbaho yoki
yarim qimmatbaho tosh. Qadimda muhr, tamg`a sifatida,
hozirgi kunda asosan uzuk, to`g`nog`ich sifatida qo`llaniladi.
Gobelen Suratli to`qilgan osma gilamcha yoki mato.
“Golubaya roza” “Zangori atirgul” nomidagi rssomlar guruhi. Ular o`z
ijodlarida Sharq mavzulariga qiziqishgan. 1907- yilda tashkil
topgan.
Gohua Xitoy miliy an`anaviy rangtasvir uslubi, tasviriy san`atining
hamma turlarida qo`llanilgan.
Gipperealizm (ing. hyperrealism) fotorealizm, 1960 yillar oxiridagi G`arbiy
Yevropa va Amerika san`ati yo`nalishlaridan biri. Bu
yo`nalish vakillari fotografiyadagi obrazlar imitatsiyasi orqali
modernizm yo`qolib ketgan hayotiylikni tiklashga urinadilar.
Bu yo`nalishda ijod etgan rassomlar: Chak Klouz, Don Eddi
va h.k.
Grattaj (frants. grattage, grater-qirmoq) tush bilan qoplangan qog`oz
yoki kartonni uchli asbob yordamida qirqib, chizmatasvir
ishlash uslubi. Grattaj uslubida ishlangan asarlar o`zining qora
fon va tasvirdagi oq chiziqlarning kontastligi bilan ajralib
92
turadi.
Grafika (yunon.graphike,
grapho-yozaman,
chizaman
so`zidan
olingan) o`zida chizmatasvir va boshqa uslubda ishlangan
asarlarni mujassam etgan tasviriy san`at ko`rinishi.