|
KompozitsiyaBog'liq Kompozitsiya SirochAntik san`at
Qadimgi degan ma`noni bildiradi. Taraqqiy etgan qadimgi
Yunon, Rim san`ati nazarda tutilgan.
Atlant
Osmon gumbazini yelkasida ko`tarib turuvchi qadimgi yunon
afsonaviy pahlavoni.
Atributsiya
Asarning kim, qachon, qayerda yaratganligi va boshqa
belgilarini aniqlash.
A sekko
(ital. a secco - “quruq ustidan” so`zidan olingan) devoriy surat
ko`rinishining bir turi. Bu ko`rinishdagi devoriy surat qurilgan
suvoq ustiga o`simlik yelimi, tuxumda ezilgan, yoki ohak
aralashtirilgan bo`yoqlar bilan ishlangan.
Asosiy rang
Tabiatda uchraydigan sariq, qizil, ko`k ranglar. Shu
ranglarning bir-biriga qo`shilishi natijasida boshqa ranglar
hosil bo`ladi.
Barbizonliklar
Fransiyadagi Fontenblo yonida joylashgan Barbizon qishlog`i
nomi bilan atalgan bir guruh rassomlar. Bu guruhga T.Russo,
J.Dyupre , Diaz, K.Troyon, Sh.F.Dobini va boshqa rassomlar
kiradi. XIX asrning 30-60 yillarida bu guruh rassomlar ijodi
o`sha davrda hukm surgan rasmiy akademizm san`atidan
farqli o`laroq, XVII asr Gollandiya manzarasi janri
an`analariga
suyangan
holda,
o`z
asarlarida
tabiat
manzaralarini sodda, lirik, bejirim ko`rinishlarda ifoda etgan.
Badiiylik
Borliqni,
inson
va
uning
hayotidagi
voqealarni,
kechinmalarini o`zaro o`xshatish, shakllantirish va rango-rang
tasvirlash.
Badiiy ko`rgazma
Badiiy asar namoyishi, ko`rsatuvi.
Badiiy uslub
San`atda qo`llaniladigan usul.
Batik
Gul solish uslubi va shu uslubda tayyorlangan ko`p rangli
mato. Matodagi gul yupqa qavatli mum bilan qoplanib
bo`yoqqa
botiriladi.
Natijada
matoning
mum
bilan
qoplanmagan joylari bo`yaladi. Batik uslubi qadimdan
Indoneziya, Hindiston, Afrika xalqlari orasida ma`lumdir.
|
| |