68
tashvig`ot ishlarida juda qo`l keladigan, keng ma`lumotlarni odamlarga tez,
rangdor qilib tasviriy vositalar orqali etkazish vositasidir. Plakat san`atining
murakkablik tomonlari ham bor. U mavzuni yoritib berishda tasviriy vositalarni
lo`nda, tushunarli, aniq qilib, qo`llashni taqozo etadi.
16
Bunda albatta kompozitsiya
echimi puhta, har tomonlama o`ylab hal etilgan bo`lishi zarur. Plakatning qulayligi
shundaki uni ishlash jarayonida boshqa tasviriy san`at turlaridagidek ko`p vaqt
talab etilmaydi, ba`zan uni juda tezlik bilan ishlashga to`g`ri keladi. Bundan plakat
ishlash oson ekanda, degan tushuncha kelib chig`masligi kerak, albatta. Bu
san`atning murakkablik tomonlari u bilan jiddiy shug`ullanib ko`rgan odam yahshi
biladi.
XIX asrning 2-yarmidan G‘arbiy Evropada reklama ko‘rinishidagi plakat
yuzaga kelgan. Bungacha katta hajmdagi tashviqiy gravyura ba’zan
plakat deb
atalgan. Plakat ijtimoiy-siyosiy hayot, xalq xo‘jaligi, madaniy vazifalar bilan
bog‘liq holda rivojlandi.
1900 yil boshlarida siyosiy plakat yuzaga keldi, demokratik xarakat va
tinchlik uchun kurash sohasida katta yutuqlarga erishildi. 1910 yildan kitob-jurnal
grafikasidan uzoqlashib, dastgoh grafikasiga yaqinlashgan plakat rangtasvir,
grafika, foto san`ati bilan ko`proq bog’landi. XX
asrda plakat tashviqotning
jangovor quroliga aylandi. 2-jahon urushi yillarida o‘ta ta`sirchan vositaga
aylangan bo`lsa, hozirgi kunda tinchlik uchun kurashda, jamiyat hayotida uchrab
turadigan kamchiliklarni bartaraf etishda va bajarishda muhim rol o‘ynamoqda.
O‘zbekistonda plakat XIX asr oxiri XX asr boshlarida paydo bo`ldi, XX
asrning 20 yillaridan keng tarqaldi. Dastlabki yillarda asosan qo`lda ishlangan va
ko`paytirilgan plakat hajviy rasmlar keng qo`llaniladi. Bosma plakat 1923-24
yillardan chop etila boshlandi. Usta Nabi Hafizov, M.Kurzin, V.Ufimtsev,
V.Kaydalov va boshqalar samarali ijod qildi. 2-jahon urushi yillarida plakat
etakchi o`rinni egalladi. Plakatchi
rassomlar uyushmasi tuzildi, O`zTAG oynasi
tashkil etildi (1941). Plakatda so‘nggi yangiliklar va muhim voqealar o`z aksini
16
B.Tojiyev, N. Isaxojiyeva. Qalamtasvir, rangtasvir va kompozitsiya asoslari. Toshkent, –
2011.
69
topdi, 60-80 yillarda A.Balkanov, V.M.Gromiko, F.Kagarov, V.Evenko,
T.Tkachev va boshqa rassomlarning tinchlik, axloq, iqtisod, madaniy-ma`rifiy
mavzulardagi asarlari yaratildi. Jumladan F.Kagarovning tinchlik mavzuidagi
plakatlari xalqaro anjumanlarning ramziga aylandi.
Rassomlarning ijodiy
izlanishlari tufayli plakat O`zbekistonda tasviriy san`atning eng ta`sirchan
ommabop turiga aylandi (A.A.Ziyoyev, T.A.Toxtarova, X.Hasanov, N.Hakimov,
N.Husanov, I.Abdullayev, A.Nurqobilov va boshqalar).
Axborot texnologiyasining rivojlanishi, poligrafiya ishlarining yangilanishi
hamda hayotga keng ko‘lamda kompyuter grafikasining kirib kelishi plakatning
yangi imkoniyatlarini izlashni talab qiladi.
Plakat muayyan bir san`at asarining ko‘p tirajli, nashrdan chiqqan
nashriyoekanligi hammaga qadimdan ma`lum.
Yevropada ilk marotaba plakatlarning ko`p tirajli nashri XV-asrda paydo
bo`lgan, biroq hitoyliklar esa bundan bir necha yillar avval plakat ishlab
chiqarishnini yo‘lga qo‘yganlar. Badiiy, rang-barang plakatlarning asoschisi
fransuz rassomi Jyul Shere hisoblanadi va u bunga 1850 yilda rangli plakatlar
yaratish bilan erishgan. Bu davrga qadar esa tashviqot harakteriga ega bo`lgan
katta hajmli grafyuralar plakat deb yuritilgan.
Plakat san`ati Rossiyada 30-40
yillarda, shu jumladan O`zbekistonda 40
yillarda rivojlandi. Plakat san`atining rivojlanishga M.Cheremnix, D.Moor,
V.Deni,
Kupriyanov, Nikolayev, Sokolov kabi rassomlar munosib xissa qo`shdilar.
Odam qiyofasi tasvirlangan plakat boshqalarga nisbatan ajralib rassomdan chuqur
bilim va mutaxassislik maxoratini talab etadi. Odam qiyofasi tasviridagi plakat
tomashabin qalbida chuqur iz qoldirishi kerak. Shuning uchun kompazitsiyada
mayda detallarni keraklicha idrok bilan tahlil etish talab qilinadi. Buning uchun
1921 yili Volga bo‘yida yuz bergan ocharchilikka bag‘ishlangan D.S.Moorning
“Pomogi” (“Yordam bering!”) nomli plakatni misol qilib keltirish mumkin.
Rassom ortiqcha detallardan voz kechib, dehqon kiyimiga odam qiyofasida – yuz,
qo‘l, oyoqlarini qora fonda ifodali tasvirlab, pastki planda esa singan, quruq, ojiz
bug‘doy boshogi tasvirlangan, hamma butun mazmun yana bir so‘z – “Pomogi”
70
so‘zi bilan o‘z
echimni topgan, Singan, quruq bug‘doy boshog‘i orqali
qurg‘oqchilikni onalar ko‘z – yoshi, bolalar ko‘zidagi qo‘rquv o‘z ifodasini topgan.
Ko‘p yillar o‘tishiga qaramay bu plakat o‘z mohiyatini yo‘qotgan emas.
35-rasm.
Rassom mo`yqalami va shoirning otashin so‘zlari hamkorligida II jahon
urushi yillari “OKNO TASS”, “Boevoy karandash”, tashkil etildi. Vatan
himoyasiga chaqiruvchi ko`p plakatlar chiqarildi. “Fashist bosqinchilariga o‘lim!”,
“Berlingacha boramiz!” nomli plakatlar shular jumlasidandir. O`sha yillari