Me'morchilik va amaliy san'at




Download 193.5 Kb.
bet10/21
Sana10.04.2017
Hajmi193.5 Kb.
#3939
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21
Me'morchilik va amaliy san'at. O'zbek xalqi me'morchiligi mohiyat e'tibori jihatidan buyuk bunyodkorlik san'atidir. Mustaqillik yillarida me'morchilik san'ati yanada rivojlanib, takomillashib bormoqda. Me'morchilikda ikki asosiy tamoyil ko'zga tashlanadi. Ulardan biri sharqona me'morchilikning an'anaviy qonun – qoidalariga rioya etishdir. Bu tamoyil Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Turkiston saroyi, Oliy Majlis, Toshkent shahar hokimiyati binolari timsolida o'z aksini topganlar. Me'morchilikdagi ikkinchi tamoyil esa O'zbekistonning jahon hamjamiyatidan munosib o'rin olish sari intilishini namoyish etuvchi jahon me'morchiligining eng yaxshi yutuqlaridan foydalanishda namoyon bo'lmoqda. Bunday binolar jumlasiga “Meridian”, “Afrosiyob”, “Buxoro”, “Interkontinental”, “Sheraton” mehmonxonalari, “O'zekspomarkaz”, Milliy bank, Markaziy bank, Respublika birja markazi, Banklararo moliyaviy xizmatlar markazi, O'zbekiston Davlat konservatoriyasi va boshqa binolarni kiritish mumkin. Toshkent shahri ko'rkiga – ko'rk qo'shib turgan “Oloy”, “Chorsu”, “Otchopar”, “Yunusobod”, “Mirobod”, “Parkent”, “Qo'yliq” va boshqa bozor binolari, shuningdek “Yunusobod” tennis markazi, “Jar” sport markazi singari zamonaviy inshoatlar barpo etildi. O'zbekistonning qadimiy shaharlaridagi tarixiy binolarni tiklash ishlari jadallik bilan olib borilmoqda. Bunga Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlarida qayta tiklangan o'nlab binolar, obidalar misol bo'la oladi.

Mustaqillik yillarida haykaltaroshlik san'ati jadal o'sdi. Haykaltarosh I.Jabborov va K.Jabborovlar tomonidan Toshkentda Amir Temurning otliq haykali, Samarqand va Shahrisabzda amir Temur haykallari, Farg'on va Quvada Ahmad al-Farg'oniy (1998), Xorazmda Jaloliddin Manguberdi haykallari (1999) yaratildi. Haykaltarosh R.Mirtojiev ijodiga mansub Z.M.Bobur (Andijon, 1993), “Ona” (Jizzax, 1999) kabi bir qator haykal va yodgorliklar yaratildi. 1999 yilda Termizda “Alpomish” haykali va majmua – kompozitsiyasi (A.Rahmatullaev) bunyod etdi. O'zbekistonda qadimdan amaliy san'at o'ziga xos tarzda rivojlanib kelgan. Mustaqillik yillarida badiiy kulolchilik, pichoqchilik, zargarlik, ganchkorlik, yog'och o'ymakorligi, naqqoshlik, kashtachilik, zardo'zlik, gilamdo'zlik, bezakchilik kabi amaliy san'at turlari tiklandi va yangi ma'no-mazmun bilan rivojlanib bormoqda. Mustaqillik sharofati bilan dizayn san'ati ham jadal rivojlanmoqda. Tasviriy san'at, rassomchilik san'atining rivojida 1997 yilda tashkil etilgan O'zbekiston Badiiy akademiyasi va “Tasviriy oyina” respublika ijodiy uyushmasi muhim rol o'ynadi. O'zbekiston xalq rassomlari Malik Nabiev, Baxodir Jalolov va boshqalar xalqimiz ongida milliy g'urur, Vatanga sadoqat tuyg'ularini uyg'otuvchi qator san'at asarlari yaratdilar.





Download 193.5 Kb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   21




Download 193.5 Kb.