II-Bob. Miniatyura amaliy san’atning mo’jaz janri




Download 193.5 Kb.
bet18/21
Sana10.04.2017
Hajmi193.5 Kb.
#3939
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
II-Bob.

Miniatyura amaliy san’atning mo’jaz janri.

2.1 Kаmоliddin Bехzоd vа miniаtyurа
Moniy mo`yqalamga o`xshash rassomlik mo`yqalami butun dunyo Musavvirlarini unutishga majbur qiladi. Uning ajoyib va mu'jizakor barmoqlarini esa Odam Atoning avlodlari orqasiga barcha rassomlarning asarlarini xirs qilib qo`yadi. Sof xaqiqatni o`zida mujassam etgan zamonimiz ajoyiboti bo`lgan bu musavvir xozirgi paytda butun Dunyo xukumdorlarining marxamatiga sazovor. Buyuk rassomning zamondoshlaridan biri bo`lgan xirotlik tarixchi Xondamir o`zining «Xabab us-siyar» asarida Bexzod xaqida xayratlanib ana shunday yozgan edi.

«Rassomlar xaqidagi mashxur risolaning muallifi qozi Axmad musavvir xaqida!» qisqa bir vaqt orasida Bexzod shu darajada moxir musavvir bo`lib yetadiki, rang tasvir paydo bo`lgandan buyon bu soxada san'at axli orasida unga teng keladigan yo`q edi, - deb yozadi.

«Kamoliddin Bexzod zamondosh mo`yqalam soxiblari orasida eng yaxshi musavvir xattotlarning boshlig’i o`z san'atining cho`qqisiga erishgan ulug’lardan edi» - deydi boshqa bir zamondoshi. Rassom va xattot Do’stmuxammad Bexzodning shuxrati Sharqning buyuk miniatyurachisi bo`lmish shuxrati naqadar baland bo`lganligini ko’rsatadi.

Bexzod qadimgi Xurosonning katta shaxarlaridan birida temuriylar poytaxti Xirotda 1455 yilda tug’iladi. Tarixiy asarlarda yozilishicha Bexzod ota-onadan juda erta yetim qolib taniqli xirot xattoti va rassomi Mirak naqqosh Xurosoniy qo`lida tarbiya oldi. Mirak naqqosh Xuroson xukumdori Sulton Xusayn (1465-1506) saroyida shox kutubxonasining boshqaruvchisi kitobdor vazifasida ishladi. Mirak naqqosh Bexzodning ustozlaridan biri edi. Uning miniatyura san'ati bo`yicha ustozlaridan yana biri buxorolik ustoz Jaxongirning shogirdi mashxur rassom pir Sayid Tabriziy bo`lgan. Uning ustodlari o`z zimmasining mashxur rassomlari edi. Bexzodning asarlaridagi o’ziga xos xususiyatlaridan ustozlarning ta'siri kattadir. Sulton Xusayn Boyqaro zamonida qirot o’zining rassomga bo`lgan xurmatini aniq bildirish maqsadida Shox Ismoil 1522 yilda maxsus buyruq bilan Bexzodni Shox kutubxonasining boshlig’i kitobdor qilib tayinlaydi.

Keksayib saksonlarga borib qolgan rassom vataniga qaytib kelgach, 1535 -36 yillarda Xirotda vafot etadi. Uning portretini Tabrizda yashagan rassom tomonidan ishlangan portret saqlanib qolgan. Uning qomati bir muncha bukchaygan xolda tasvirlangan. Bexzod yaratgan asarlarning aniq bir xisobi yo`q edi. U yaratgan asarlarda xattoki imzo chekilmagan. Bexzod o`z ishlarida Sheroz, Tabriz va Xirot miniatyura maktablarining muvaffakiyatlari ajoyib ravishda uyg’unlashtiriladi.

Rassom o`zining yoshlik yillarida ishlagan ilk asarlaridayoq xatni jiddiy kuzatuvchi moxir san'atkor ekanini ko`rsatadi. Bexzod illyustrasiya qilinadigan qo`lyozmadan shunaqa syujetlarni tanlab oladiki, bu syujetlar uningcha xayotning turli lavxalarini, mavjudotini doimo xarakatda ekanini ko`rsatish lozim. Shungacha va shundan keyingi devorlarda yaratilgan kompozisiyalarda Bexzod uncha katta bo`lmagan juda keskin xarakat va katta kenglikni o`zida mujassamlatirgan miniatyuralarni yaratish uchun aloxida bir usulni qo`llaydi u figuralarni miniatyura ramkalari bilan kesib qo`yadi va ushbu usul bilan tomoshabinning xayotida xarakat davom etayotganining tasavvurini tuqdiradi.

Sharafiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asariga ishlangan Xiva qal'asining qamal qilinishi nomli asarida aniq detallarni ko`rish mumkin.

Bexzodning masjid qurilishi tasvirlanayotgan asarida esa ishlarining borishini keng ko`lamda ko`rsatib bergan. Bu miniatyuralarga qarab turib, odam ish juda kizg’in ketayotganini ko`rish mumkin. Navoiyning «Farxod va Shirin» dostonida Farxod jasoratini qanchalik kuylangan bo`lsa, Bexzod xam o`z miniatyuralarida Xirot shaxrini obod qilgan nomsiz ustalar va xunarmandlarni muxabbat bilan tasvirlaydi. Sa'diyning shaxri O`rta Sharqda unga teng keladigan shaxar yo`q edi. Xirot shaxri me'morchiligiga masjidlarning salobatligi bilan madrasalarni, mexmonxonalar, shifoxonalar, xammomlarning barcha qurilish binolarining aniq qurilmalari uni bezab turgan naqshinkor koshinlari kishilarni xayratga solgan. Bu yerda miniatyura va xattotlik asarlarining eng yaxshi namunalari ishlanardi. Sulton Xusaynning zamondoshlari Jomiy, Navoiy, Mirxond va Xondamir chiroyli xusnixat mualliflari xattot Sulton Ali, Mashxadiy Kamoliddin Bexzod o`sha paytlarda Xirotning gultojilari edilar. Sulton Xusaynning o`zi xam shoir bo`lib, nafis san'atning nozik bilimdoni sifatida ijodkorlarga xomiylik qilardi. Buyuk Bexzodning shakllanishida Navoiy katta ta'sir ko`rsatadi. Buyuk ustoz o`zining mashxur musavvirlariga Amir Nizomiddin Alisher Navoiyning marxamati va g’amxo`rligi tufayligina erishdi deydi tarixchi Xondamir. XV asrning 90 yillarida Sulton Xusayn Boyqaro Bexzodni o`z kutubxonasiga boshliq qilib tayinlaydi. U Sharqning buyuk yozuvchisi va shoirlarining asarlariga miniatyura chizishni buyurar edi. Sulton Xusayn xattot o`z boqida Bexzodga ijodxona qurdirgan. Uning ishidan zavqlanish uchun uni oldiga tez-tez kelib turar edi. Bu bilan dunyoning tashvishlarini birmuncha unutganday bo`lardi. 1537 yilda Sulton Xusayn vafot etdi. Shayboniyxon Xirotni bosib oldi. Bexzod Xirotda qolib o`z ijodini davom ettirdi. Shaybonixon xam bilimdon xukumdor bo`lib rassomga aloxida e'tibor beradi va unga o`z portretini chizishni buyuradi. Shayboniyxon xalokatidan so`ng 1510 yil Xirotni shox Ismoil bosib oladi. Bexzod boshqa bir xukumdor xarakatiga o`tishga majbur bo`ladi va safaviylar poytaxti Tabrizga boradi. Shox Ismoil Bexzod ijodini yuqori baxolaydi.

1514 yilda Childiran yonidagi jangda muvaffakqiyatsizlikka uchragan Shox Ismoil qaytib kelib ularning axvollarini so`rattirgan.

Bo’ston asarida mashxur Doro cho`pon miniatyurasi Navoiyning insonparvarlik g’oyalari ta'siri ostida yaratilgan. Bu miniatyurada qoyali tog’lar, ba'zi joylar butalar bilan qoplangan yam-yashil o`tloq, cho’ponlar va otlar yorqin bo`yoqlar ostida bir-biri bilan uyg’unlashib ketgan. Bu asarida xam Bexzod baytal onasini emayotgan toychoq va qimiz quyayotgan cho`pon bola kabi xaqqoniy va xayotiy lavxalarni tasvirlaydi. Ayniqsa, cho`pon qomati juda ta'sirchan chiqqan.

Badiiy bezatilgan Sharq qo`lyozma kitoblari, Kitobat san'ati xam ilmiy - tarixiy, xam badiiy - estetik, xam ma'naviy - ma'rifiy qiymati bilan umumjaxon madaniyati xazinasi bilan noyob san'at asarlari sifatida munosib o`rin egallagan. Ushbu san'atning tarkibiy qismi, Sharq xalqlarining mushtarak badiiy merosi va iftixori bo`lmish miniatyura san'ati ko`p yillar mobaynida asosan sharqshunoslar, etnograflar, san'atshunoslar, filologlar va tarixchilarning diqqat markazida bo`lib keldi. Umumta'lim maktablari, maktabdan tashqari o`quv tarbiyaviy muassasalari, qolaversa o`rta va oliy san'at o`quv yurtlarining bu san'at turining tarbiyaviy imkoniyatlari pedagogik jarayonda to`laqonli foydalanilmadi. Zero, yosh avlodni bu san'at turiga jalb etish ko`pgina o`quv tarbiyaviy muammolarni ijobiy xal etish imkoniyatlarini ochib beradi.

Chunonchi, Sharq miniatyura san'atining yetuk tasviriy san'at turi sifatida uning mazmuni, g’oyasini badiiy estetik idrok etish jarayonida ularda tasvirlangan ijtimoiy xayot, tarixiy evalyusiyalar, personajlarning ichki dunyosi, adabiy asar miniatyura mualliflarini aks ettirayotgan voqea va xodisalarga nisbatan ifodalangan o`zlarining falsafiy muloxazalari, qarashlari, bu voqea va xodisalardagi etnik xususiyatlarni anglab yetish, baxo berish va ular asosida o`z munosabatlarini amaliy, tasviriy ko`rinishda ifodalash muhim ahamiyat kasb etadi. Bu masalani bir tomoni. Yana bir muxim masala - o`quvchilarga Sharq miniatyura san'atining jaxon madaniyatida tutgan o`rni, Sharq miniatyura maktablari va markazlari, ularda mavjud bo`lgan badiiy umumiylik va tafovutlarning sabablari, bu maktablarni zabardast vakillari xaqida ma'lumotga ega bo`ladilar. Shuningdek, Sharq miniatyura san'atining mustaqil san'at turi sifatida shakllanish tarixi, uning san'atning boshqa turlari, xususan adabiyot bilan bog’liqligi, xar bir asardagi taraqqiyot darajalarini shu zamonni ijtimoiy - siyosiy va madaniy xayoti bilan bog’liqligi xaqida ma'lumotga ega bo`ladilar.

Sharq miniatyura san'atini o`rganish, ayniqsa uning tasviriy usullari aks ettirilgan tasviriy lavxalarda milliy xarakterdagi qarashlarni qo`llash usullaridan boxabar bo`lish bilan bir qatorda ularni turlashtirish prinsiplari bilan xam tanish bo`ladilar. Masalan o`rganiladigan asar personajlarining o`rganish jarayoni to`garak qatnashchilari uchun samarali bo`ladi. Faqat Sharq miniatyuralaridagi qaxramonlarning o`rganish jarayoni qator tarbiyaviy – pedagogik masalalarning yechimini ochib berish va xal etish imkonini beradi. Jumladan bu jarayonda o`quvchilar Sharq miniatyura san'atidagi o`ziga xos tasviriy usullardan tashqari tasvirlangan personajlarning liboslarini o`rganish orqali ilmiy va badiiy axamiyat kasb etuvchi tarixiy sana va voqealardan voqif bo`ladilar, personajlarning tabaqasi, yosh kategoriyasi xamda kasbi-kori to`qrisida tasavvur oladilar. Nixoyat, o`quvchilar o`zlarining ijodiy ishlarida tasvirlashda miniatyura janrida ijod qilayotgan zamondosh rassomlarining asarlari bilan tarixiy asarlarni qiyosiy o`rganish jarayonida badiiy an'analarni idrok etish va bu an'analarni xozirgi xalq san'atida davom ettirilishi to`qrisida nazariy va amaliy taassurotlarga ega bo`ladilar. Xuddi shu tamoyil asosida Sharq miniatyura san'atida o`z ifodasini topgan badiiy naqqoshlik va ganchkorlik namunalari, ayniqsa saroylar, qabulxonalar, istiqomat qiladigan joylarning, interyerlarini bezashda sharqona me'morchilikdagi an'analarini qo`llanish xususida ma'lumotni boyitadilar.

Sharq miniatyura san'atida Kamoliddin Bexzod va uning takrorlanmas badiiy tasviriy maxorat maktabi san'atdagi kamolot namunasi bo`lgan bo`lsa, Temuriylar davri ilm - fani, ayniqsa adabiyotga miniatyura san'ati yuksaklikka erishdi. Umuman ilm - fan va madaniyatning oltin asri bo`lib tarixga kirdi.

Miniatyura san'ati asarlarini idrok etishda uning funksional vazifalari badiiy bezatilgan qo`lyozma asarlarining tarkibiy qismi, ajralmas badiiy – grafik elementi sifatida qarash lozim. Bunday yondashish o`quvchilarning bu durdona san'atdagi sintezni ilqash, ularning xamoxangligini ta'minlovchi omillarni aniqlash va taxlil kilish imkonini beradi. Jumladan suz bilan tasvir birligidagi badiiy matn va badiiy tasvir sintezi, badiiy bezatilgan kulyozma asarlarini yaratilishida turli kasb egalari - xattot, nakkosh, muzaxxib, lovvox va musavvirlarning ijodiy xamkorligining samarali yuksak badiiy kiymatga ega bulgan, badiiy jixatdan mukammal bezatilgan kulyozma asarlarini yaratilishini asosiy zamini ekanligi xakida taassurotga ega bo`ladilar. Masalaga shu tariqa yondashish xattotlik badiiy nakkoshlik kabi miniatyura san'atiga alokador bulgan san'at turlaridan aloxida mashqulotlar qtkazish imkonini berildi.

Sharq miniatyura san'atini umumta'lim maktablari sharoitida urganishga qaratilgan va unda yukorida sanab utilgan vazifalarni xal etish kuyidagi asosiy pedagogik muammolarni yechish bila bog’liq xolda olib boriladi. Chunonchi, san'at vositasida o’quvchilar ongiga Sharqona falsafiy dunekarash, axloq me'yorlarini singdirish, miniatyura san'atining rivojlanish boskichlarini urganish orqali xalqimizning madaniy tarixini, badiiy an'analarini o’zlashtirish, Sharqona badiiy - tasviriy kamolot borasidagi bilim va malakalarini oshirish yo’li bilan o’quvchilarning badiiy tafakkurini rivojlantirish imkonini yaratishi zarur.

Muallif yoki bosh qaxromon «portreti» ichki kechinmalarini tasvirlovchi saxnalar suxbat mavzusi beriladigan bo`ldi. Avliyolar payg’ambarni tasvirlash mavzulari cheklana bordi. Jang, ov sa'nalari vasfiy mavzularga munosabat bir muncha o`zgaradi. Mustaqil peyzaj kompozisiyalari yo`qoladi. Ko`p kishilik bazm manzaralari kam figurali soqiylar bilan almashinadi. Yangi kompozision yechimlar, sxemalar paydo bo`ladi. Keyingi davr qo`lyozmalarida miniatyuraning O`rta asr uslubiga pala-partish rioya qilishi va personajlarning tarkibiy xarakteristikasiga aloxida - aloxida urg’u berish sezilib turiladi.

Xarakterli belgi sifatida me'moriy bezak tarzida boburiylar davri oq marmar inshooatlaridan nisbatan ilgarigi yolg’iz daraxt yoki peyzash fonini yassi perspektiv qisqartmalarsiz tasvirlovchi Eron O`rta Osiyo usulidan foydalanishni ta'kidlash mumkin. Ularda Kashmir etnik tipik zargarlik taqinchoqlarga boy milliy kiyimda tasvirlanib yashil va ko`kimtir ranglar bilan birga noranjiy rang, qizil oltin ranglarning munosib uyg’unlashuvini ko`ramiz.

Kashmircha uslubda ishlangan O`rta Osiyo miniatyuralarida uning jixatlari kompozision ko`rilish me'moriy fon ifoda etiladi. Ammo etnik tipik va koloritda muayyan o’zgarishlar mavjud.

Soddalik folklor rasmlar uning tabiiy rivoji va ichki buzilish jarayoni sezilgan klassik miniatyurani qayta qurilish natijasidir.

O`rta Osiyo miniatyurasining badiiy qiymatini o`ziga xos xususiyatlari so`nggi taraqqiyot davrigacha bu san'at turi o`zgaruvchan tarixiy madaniy sharoitlarga moslashib, yashashda davom etgani, moddiy va ma'naviy borliqni o`zgartirmoq - yangi usullarini ishlab chiqishda davom etganini o`rganishni taqozo etadi. O`rta Sharq xususan Kojar va Kashmir miniatyurasi va shu bilan birgalikda O`rta Osiyo miniatyurasini o`rganilmadi.

XVIII asrning oxiriga kelib, xo`jalik axvoli izga tushdi. Buxoro amirligi, Xorazm va Qo’qon xonliklari mavqeini mustaxkamlanishi iqtisodiy taraqqiyotga, madaniy rivojlantirishga va kitob san'ati ustalarining ishining jonlanishiga olib keladi.

Badiiy bezakli qo`lyozmalar tuzish xarakteri va usuliga ta'sir ko`rsatgan faktorlardan eng muximi qarama-qarshi kuch va sharoitlarning diolektik birligi va kurashi bo`ldi. XV asr O’rta Osiyo adabiy xayoti Eron bilan bog’liq bo`lsa XVII - XVIII asrlarda safaviylar Eron va mazxabini rasman qabul qilganlaridan keyin Movarounnaxr-Eron bilan munosabatlarni o`zadi. Usmoniy, Turkiya, Kashmir, Shimoliy Xindistonga e'tiborini qaratadi.

Shimoliy Xindiston va Turkiyada kitob chop etila boshlangach, kitoblar O`rta Osiyoga keltirila boshlaydi. Xind musulmon madaniyatining yirik markazlaridan biri Bombey Kanpur, Lakxnau, Kashmir O`rta Osiyoga kitob yetkazib bera boshladi. Bu kitoblar arab, fors tillardagi diniy falsafiy xuquq, tarix va boshqalarga doir edi. Bu kitoblar O’rta Osiyoda Kashmir usulida bajarilgan miniatyuralar paydo bo`la boshladi. Qo`lyozma asarlariga chekiladigan rasmlarning uslubiy xususiyatlari va xarakteriga 1864 yil Turkiston o`lkasining Rossiyaga qo`shib olinishidek muxim voqea chuqur ta'sir qiladi. Siyosatdagi o`zgarish iqtisodiy va madaniy xayotdagi siljishlar Yevropa madaniyati ta'sirning kuchayishi o`lka ma'naviy sharoitida burilish yasaydi.

Keyingi davrda musavvir shaxsiga axamiyat berilmasdi. Ilgarigidek musavvir imzosi deyarli qo`yilmasdi. Badiiy bezakli qo`lyozmalar bir necha unut bo`lgan O`rta Osiyolik musavvirlar ismini bizgacha asrab keldi. Bular ichiga mashxur buxorolik musavvir Axmad Donish Mir Muxammad Sidiq (Xashmat), Amir Muzaffarning «Gunoxkor» o`g’li Qo`qonlik Muxammad Amin Kosoniy Muxammad Shokirboy, Xoja Nosir (XIX asr ikkinchi yarmi).

Ammo O`rta Osiyo an'anaviy asarlariga xos davr o`tishi bilan torayib borayotgan mutanosib davrga moyillik seziladi. Keyingi davr O`rta Osiyo miniatyurasi «Sayoxatnomalar» geografik asarlar xam tasvirlar bilan bezatilgan. Ilgari tasvirlar bilan bezash rasm bo`lgan Firdavsiyning «Shoxnoma»si, Nizomiy «Xamsa»si, Xofiz «Devon» lari, Sa'diy asarlari bezatilmadi. Ilgarigi mashxur tarixiy asarlar xam yo’q. Boshqa nashrdagi tasvir etilgan asarlar soni xam kam. Badiiy uslubiy xususiyatlarni taxlil etarkanmiz, murakkab manzaralarga duch kelamiz. Unda miniatyura san'ati bir xilda rivojlanadi.





Download 193.5 Kb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Download 193.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



II-Bob. Miniatyura amaliy san’atning mo’jaz janri

Download 193.5 Kb.