Miniatyura janrida “Ov” kompozitsiyasini ishlash




Download 193.5 Kb.
bet20/21
Sana10.04.2017
Hajmi193.5 Kb.
#3939
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
2.3 Miniatyura janrida “Ov” kompozitsiyasini ishlash.

Mavzu asosida va illyustrativ rasm chizish jarayonida rangning roli benihoya kattadir. Miniatyura mazmunini va g’oyasining to’la ochishiga uning emosional ta’sirini kengaytirishga, shuningdek, kompozisiyadagi muvozanatni saqlashga xizmat qiladi.

Rangning asosiy xususiyatlari uning yorqinligi, tusi va to’yinganligi bilan belgilanadi. Mavzu asosida miniatyura chizish mashg’ulotlarida bo’yoqlar bilan ishlash murakkab vazifalardan biri hisoblanadi. Faqat ta’lim jarayonining to’g’ri tashkil etilishi, ko’rgazmali vositalar va metodik tavsiyalardan samarali hamda o’rinli foydalanish natijasidagina rangshunoslik bo’yicha zarur bilim, malaka va ko’nikmalarni o’zlashtirishga erishish mumkin.

Yorug’lik manbai yuzadan qanchalik uzoqlikda bo’lsa, predmet shuncha kuchsiz yorug’lanadi va aksincha yorug’lik manbai predmetga qancha yaqinda joylashsa u shunchalik kuchli yorug’lanadi. Shuningdek, predmet yuzasining yorug’lik darajsi predmetdan kuzatuvchigacha bo’lgan masofaga ham bog’liq bo’ladi. Ya’ni narsalar tusi kishi ko’ziga yaqinlashgan sari ochroq, uzoqlashgan sari esa to’qroq ko’rinadi. Yuzalarning yorug’lanish darajasi shu yuzaga tushayotgan yorug’lik nurlarining tushish burchagiga ham bog’liq bo’ladi. Eng kuchli yorug’likni yorug’lik manbaiga tik qaragan yuza oladi. Tushayotgan yorug’lik nurlarining burchagi qanchalik katta bo’lsa narsalar yuzasiga tushayotgan nurlar shuncha bo’ladi.

Predmet kuzatuvchidan uzoqlashgan sari o’z ranglarining to’yinganligini yo’qotadi, natijada ular havorang yoki zangori tusda ko’rinadilar, soyada esa yorug’lashadilar. Shuningdek, predmet zehlari, uning bo’rtgan joylari bo’laklari o’z aniqliklarini yo’qotadilar.

Ulug’ rassom Leonardo da Vinchi perspektivani uch bo’lakka bo’lgan edi:

1. Chiziqli pespektiva.

2. Havo (rang) va rang perspektivasi.

3. Relyef perspektivasi.

Chiziqli perspektivada narsalar kishi ko’zida uzoqlasha va yaqinlasha borgani sari ularni o’lchovlarida havorang perspektivasida ranglarida haov o’zgarishlar yuz beradi.

Relyef perspektivasi deganda esa narsa shakllaridagi aniqlik va ularning fazoda uzoqlashuvi natijasida yorug’lik va soya o’rtasidagi nisbiy o’zgarish tushuniladi. Yorug’lik manbaining o’zgarishiga qarablar o’tlar, daraxt barglari, yer, uylarning ranglari turlicha tusga kiradi. Mazkur predmetlar erta tongda havo rang va zangori tusda bo’lsalar, kunduzi esa ular o’zlaridagi hamma bor ranglarni nomoyon qiladilar. Kechqurun esa zarg’aldoq tusga kiradilar. Bu hodisalarni O’.Tansiqboyevning «Kechqurun GESi tongi», Z.Inog’omovning «Choyga», V.Kavinaning «Satsiologik Mehnat Qahramoni Tursunoy Ohunova» nomli asarlarida ko’rish mumkin.

Yorug’lik changini qish paytida kuzatish mumkin. Qishning quyoshli yorqin nurida qor pushti rang tusda ko’rinsa soya joyda u havo rang yoki zangori tusda bo’ladi.

Predmetning rangi ularni o’rab olgan narsalarning rangi ta’sirida o’zgaradi. Bunday hodisani refleks deb yuritiladi. Predmetlar rangini biz tefarak-atrofdagi narsalarning ranglariga nisbatan idrok etamiz. Agar predmet turgan joydagi fon o’zgartirilsa o’sha predmetning rangi ham o’zgargandek tuyuladi: sariq yoki qizil fondagiga qaraganda yanada sarg’ish tuyuladi; yashil rangdagi predmet qizil fonda sariq yoki zangori fondagiga qaraganda yorqin va yanada yashil tuyuladi. Iliq rangdagi predmet yonida turgan sovuq rangli predmet yanada sovuqroq tusga ega bo’ladi. Qizil rangdagi predmet yonida kul rang fonda sovuqroq tuyuladi. Zangori rang yashil rang bilan yonma-yon tursa tiniq tuyuladi. Agar predmet rangi sovuq bo’lsa, uning soyasi iliq tuyuladi va aksincha. Manzaradagi bronta daraxtni tasvirlashda uni faqat birgina yashil bo’yoq bilan bo’yash noto’g’ridir. Daraxt rangi yorug’likning ta’sirida yon atrofdagi narsalarning ta’sirida o’zgaradi. Shuning uchun ham uni o’ziga o’xshatish uchun turli ranglardan foydalanish kerak bo’ladi. Shundagina u hajmli va to’laqonli chiqadi. Agar daraxtni faqat yorug’lik darajasi bilan farq qiluvchi lokal rang bilan bo’yasa, noaniq sun’iy jonsiz tasvir hosil bo’ladi. Haqiqiy san’at asarlarini sinchiklab kuzatar ekanmiz, ularda tasvirlangan narsalar va odamlarning ranglari bir-birlari bilan o’zaro bog’liq ekanligini sezamiz. Shuning uchun ham suvrat ishonarli ko’rinadi. Tasvirda yoki suvratda hamma ranglardan ustunlik qiladigan umumiy yorug’lik va rang birikmalariga kolorit deyiladi. Agar suratda qizil rang ustunlik qilsa uni qizil koloritli deb yuritiladi. Umuman suratlar iliq, sovuq yoki oltin, kulrang tus koloritida bo’lishi mumkin.

Kalorit – bu qo’shimcha rang birikmalari qonunuiyatlariga javob beruvchi bo’yoqlar uyg’unligi emas u borliqni to’g’ri aks ettirish natijasidir. Suratlarda kalorit turli predmetlar ranglarining uyg’unligi orqali yorug’lanish bilan birlashgan va yorug’lik ranglarining ta’sirida hosil bo’ladi. Osmon predmetlarning soyasiga sovuq tus beradi. Quyosh predmetlarning yorug’ qismlarini birlashtiradi. Kechki sun’iy yorug’lik manbalari esa asosan predmetlarga umumiy sarg’ishzarg’aldoqrang beradi. Uning turi ta’sirida zangori va havo rang ranglar ko’rinmay qoladi. Sariq, qizil ranglar yorqin kul rang esa iliq tus oladi. Kechki sun’iy yorug’likni o’zida aks ettiruvchi surat umumiy zarg’aldoq sarg’ish kaloritga ega bo’ladi.

Tevarak - atrofdagi narsalarning aks ta’siri ham naturaning koloritiga ta’sir etadi. Quyosh nuriga chulg’angan fazo o’zining umumiy yorug’ligi va ko’p rangliligi bilan farqlanadi. Biroq manzarada yoki naturada quyosh nurlari ranglarining turli-tuman bo’lishiga qaramay tutuvchi soyalarda va yarim soyalarda osmon, yer, tevarak atrofdagi narsalarning ranglari aks etgan bo’ladi. Shunga muvofiq turli rangdagi manzarada hamma predmetlar uchun umumiy bo’lgan ikki-uch xil ranglar birlashgan bo’ladi. Kompozisiyada ranglarning bir nechtasi yig’ilib chiroyli birikmalarni hosil qilishi ranglar garmoniyasi deb ataladi. Agar ranglar yoqimsiz birikmani hosil qilsa ularni disgarmoniya deb yuritiladi.

Rang guruhlarining garmonik birikmalarini ba’zan gamma deb ham yuritiladi. Ba’zan to’yingan ranglar guruhlarining to’yinmagan ranglar bilan qo’shilishi ham garmonik birikimalarni hosil qilishi mumkin. Biroq ayrim hollarda birgina rasmda to’yingan va to’yinmagan birikmalarning aks etishi disgarmoniyaning hosil bo’lishiga olib keladi. Rasm chizishda anna shu momentlarga rioya qilgan holda ish olib borish tasvirning ta’sirchanligini oshirish imkonini beradi.

Obraz yaratishda «oldingaintiluvchi» va «orqaga intiluvchi» ranglarning xususiyatlarini bilgan holda ish olib borish ham yaxshi natijalar beradi. «Oldinga intiluvchi» ranglarga ko’proq iliq ranglar kiradi va ular o’zlarining haqiqiy o’rnidan oldinroqda ko’rinadilar. Orqaga intiluvchi ranglar qatoriga sovuq ranglar kiradi va ular o’zlarining haqiqiy o’rinlaridan orqaroqda ko’rinadilar. «Oldinga intiluvchi» ranglar qatoriga yorqin to’yingan ranglar hamda materialning fakturasiga alohida e’tibor berib ishlangan rasm ranglari ham kiradilar.

Kompozisiyada yorug’lik ham undagi obrazlarning ta’sirchanligini oshirishda alohida ahamiyat kasb etadi. Buni axromatik ranglar bilan ishlangan illyustrativ rasmlarda ko’rish mumkin.

Kompozisiyada yorug’likning roli shundan iboratki, bunda bo’rttirib ko’rsatilishi lozim bo’lgan obrazlarni tasvirlashda kontrastlik usulidan foydalaniladi, ya’ni asosiy obraz to’q tasvirlansa uning atrofdagilar och ranglar bilan ishlanadi va aksincha suratdagi asosiy obraz och rang bilan ishlansa boshqalari esa to’q ranglar bilan tasvirlanadi.

XULOSA

Хulоsа qilib аytgаndа quyidаgilаrni tа’kidlаb o’tish jоiz bo’lаdi. Mа’lumki umumiy tа’lim, litsеy, kоllеj vа hunаr mаktаbini islох qilishning аsоsiy yo´nаlishlаrdаn biri yosh аvlоdning mеhnаt tаrbiyasini yaхshilаshdаn ibоrаtdir. O’quvchilаr bаdiy bеzаsh ishlаrini bаjаrish jаrаyonidа o´zlаrining bаdiiy qоbiliyatlаrini rivоjlаntirish bilаn bir qаtоrdа judа ko´p ishlаb chiqаrish - tехnik оpеrаttsiyalаrni hаm o´rgаnаdilаr. Mаtеriаllаrning хоssаlаri hаqidа аnchаginа qiziqаrli nаrsаlаrni bilib оlаdilаr, qоg’оz, gаzlаmа, yog’оch, mеtаl, vа hоkаzоlаrni ishlаtish tехnоlоgiyasi hаmdа turli аsbоblаrdаn fоydаlаnish qоidаlаri bilаn tаnishаdilаr.

Ustа vа shоgird аsоsidа yoshlаrgа hunаr o’rgа­tish uchun аjdоdlаrimiz tаjribаsini yuqоri sifаt dаrаjаsidа o’rgаnishni tаshkil qilish lоzim. Ustа vа shоgird оdоb mеzоnlаrini yanаdа mukаmmаl ishlаb chiqish kеrаk. Shu mеzоnlаr аsо­sidа mаktаblаrdа, mаktаbdаn tаshqаri muаssаsаlаrdа, litsеy vа kоllеjlаrdа, оliy o’quv yurtlаridаgi dаstur, dаrslik, o’quv vа mеtоdik qo’llаnmаlаrgа ustа vа shоgird оdоbi аn’аnаlаri mаvzulаrini kiritish vа ulаrni еtаrli dаrаjаdа yoritib bеrish kеrаk.

Kаsb-hunаr kоllеjlаridа vа hunаr o’rgаtilаyotgаn оliy o’quv yurtlаridа mахsus kurslаr tаsh­kil etish vа ulаrni хоzirgi eng ilg’оr pеdаgоgik tехnоlоgiyalаr аsоsidа оlib bоrish mаqsаdgа muvоfiqdir.

Оliy o’quv yurtlаridа vа kаsb-hunar kоllеj­lаridа o’tilаyotgаn tа’lim-tаrbiyagа, hunargа оid dаstur vа dаrsliklаr mаzmunigа "Ustоz vа shо­gird etikаsi" bоbini kiritish mаqsаdgа muvоfiq bo’lаr edi.



Download 193.5 Kb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Download 193.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Miniatyura janrida “Ov” kompozitsiyasini ishlash

Download 193.5 Kb.