Temur va temuriylar davri Samarqand madaniyati




Download 193.5 Kb.
bet15/21
Sana10.04.2017
Hajmi193.5 Kb.
#3939
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21

Temur va temuriylar davri Samarqand madaniyati


Temur va temuriylar davrida Samrqand shukuxi va ko`rki butun jaxonni shu bilan bir qatorda g’arbiy Yevropani ham lol etgan edi.

Ulug’bek xukmronligi yillarida Astronomiya, Matematika va boshqa tabiiy fanlar qatorida Adabiyot va madaniyat ham ravnaq topdi. Shu qatorda Movaraunnaxr miniatyura maktablari shakllana boshladi.

O`rta Osiyo miniatyura san'atida Sharq Rafaeli hisoblangan Kamoliddin Bexzod boshchiligida kamol topgan Xirot miniatyura maktabining shakllanishi va taraqqiyoti ko`p xollarda Samarqand miniatyura maktabi ta'sirida amalga oshadi.

Antik tarixiy ma'lumotlarga ko`ra Bexzod miniatyura san'atini Pir Sayd Axmad Tabriziydan o`rgangan. Pir Sayd Axmad Tabriziy esa «Umdat ul musavviriy» (Musavvirlar peshvosi) nomi bilan mashxur buxorolik ustod Jaxongirning shogirdi bo`lgan. Ustod Jaxongir esa Temuriylar davri tasviriy san'atning asoschisi bo`lmish ustod Gung (soqov) dan taxsil ko`rgan.

Bexzod raxnamolik qilgan Xirot miniatyura maktabi namoyondalari eng noziq o`ta nafis asarlarida realistik tushunchalarni tom ma'noda ifoda etgan. Agar biz Buxoro miniatyura maktabi asarlarida, asosan tabiat manzaralariga oshuftalik yo`lini kuzatsak, Xirot maktabida esa inson qiyofasini tasvirlash – portret janrida katta muvoffaqiyatlarga erishganligining guvoxi bo`lamiz. Tasvirning ob'yektga mosligi ranglar uyg’unligi musavvirning bosh maqsadi sanalgan. Bexzod mo`yqalamiga mansub Sulton xusayn Muxammad Shayboniyxon, Alisher Navoiy, qosim Alining «Alisher Navoiy va yosh mirzo» Bexzodning Tabrizdagi shogirdlaridan biri chizgan shu paytgacha topilgan yagona surati - Kamoliddin Bexzod portret asarlari buni yaqqol isbotlaydi.

Olimlar Bexzodni Sharqda portret janrining asoschisi deb ulug’laydilar. Ulardan biri - «Samarqand devoridagi jang» ikkinchisi - «Ulug’bek oila a'zolari va Saroy axllari bilan lochin ovida» nomli miniatyuralardir. Birinchi tasvirda Samarqand devoridagi kamon otuvchilar orasidagi Temurning nabirasi Xalil Sultonning surati xam bor.

Ikkinchi tasvirda esa Ulug’bek dala shiyponida chordona qurib o`tiribdi, uning yuz tuzilishi aniq ifoda etilgan: qisiq ko`zli, mo`g’ul bashara, O`rta Osiyoliklarga xos soqol, boshida esa oq tivit qalpoq tasvirlangan.

Samarqand miniatyura maktabiga xos aniqligi portret xamda tabiat manzarasi yorqin ifodalangan.




Download 193.5 Kb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Download 193.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Temur va temuriylar davri Samarqand madaniyati

Download 193.5 Kb.