Movarounnaxr miniatyura san'ati taraqqiyoti




Download 193.5 Kb.
bet16/21
Sana10.04.2017
Hajmi193.5 Kb.
#3939
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21

Movarounnaxr miniatyura san'ati taraqqiyoti


Muxammad Murod Samarqandiy 1616 yilda Buxoroda bo`lgan. U Sa'diyning «Bo’ston» asariga miniatyura chizgan. So`ng bu asar Juybor shayxlaridan Abduraxim Xo`jaga tuxfa qilingan.

O`rta asr o`zbek miniatyura san'atining yana bir ko`zga ko`ringan taniqli musavviri Muxammad Murod Samarqandiy o`zining g’oyat kuchli tasviriy qobilyati, asarlarni jonli, ifodali realligi bilan ajralib turadi. «Shoxnoma» asarida uning 115 illyustrasiya miniatyurasi uning o`z davrining yetuk san'atkori ekanligidan dalolat beradi. U g’oyat kuchli dramatik syujetlarni o`z asarlarida ifoda etadi. Asarlarida o`z davrining sosial xayoti to`laqonli ifoda etib berilgan. Uning «qo`zg’olon» asarini kuzatar ekanmiz asar qaxramonlarini g’oyat aniq tashvishli, g’azabkor va jonli ifoda etganligini kuzatamiz. Asardagi ranglar xam o`ziga xos qo`zg’olish ruxida beriladi.

Murodni rang tanlashi xam o`zidan avvalgi musavvurlardan boshqacharoq kompozisiya syujetlari va ularga tanlangan ranglarda aloxidalik reallik xukm suradi.

Murod Samarqandiy - mashxur naqqosh va mashxur atoqli musavvir. Murod Samarqandiy XVI asrda yashab ijod etgan rassom. Murod Samarqandiyning otasining ismi xaqida xam xech qayerda xech nima berilmagan. Murod Samarqandiyni ayrim sharqshunos olimlar uni tug’ilgan va vafot etgan yilini aniq ko`rsatib bermaganlar. Murod Samarqandiy juda yoshligidanoq rasm chizishga kirishadi. U rasm chizishni eng oddiy elementlarini katta zexn bilan o`rganadi. Yosh Murod tabiat elementlaridan o`z rasmlari kompozisiyasida foydalanishga, badiiy asarlar syujeti bo`yicha rasm ishlashga asosiy e'tiborni qaratadi. U birgina rasm chizib qolmay badiiy asarlarni xam mutoala qilib turar edi.

Ko`pgina manbalarda ko`rsatilishicha u davrda Xirotda Alisher Navoiy boshchiligida 40 a'zoga ega bo`lgan yetuk rassomlar xattotlar, me'morlar, musiqashunoslardan tashkil topgan «Ilmiy kengash» faoliyat ko`rsatar edi. Shu bilan birga Mirak Naqqosh raxbarligida «Nigoriston» san'at akademiyasi xam bu davr san'ati va madaniyati rivojida muxim o`rin tutgan xolda Murod Samarqandiy ijodining ravnaqida xam katta ta'siri bo`lgnligini xam aytib o`tishimiz joizdir.

U Xusayn Boyqaro xamda Og’a Mirakdan ta'lim olgan. Uning Xirotda yashagan choqidagi asarlari bizgacha yetib kelmagan.

XVI asr 30-40 yillarida chizgan suratlarida 30 yaqini kashf etilgan. U xamma miniatyurachilar kabi shoir va buyuk mutafakkir Alisher Navoiy suratini xam chizgan.

Mir Alisher Navoiy chexrasi to`qri tasvir etilgan bo`lib chiqadi. Chunki Murod Samarqandiy xam Bexzod singari shoir mir Alisher Navoiy bilan birga bo`lgan.

Mazkur surat 1931 yili Londonda tashkil etilgan Eron san'ati ko`rgazmasida namoyish etilgan edi. Xozir Texronda shoxanshox kutubxonasida saqlanadi. Biz Mir Alisher Navoiy suratini ko`zdan kechirar ekanmiz, u usta san'at egasi tomonidan chizilganligiga shubxa qilmaydi. U shoirning yuksak chog’larini tasvirlab, chexrasi ancha manodor chizilganligini aniq namoyon etib turibdi. Uning ko`zlari risolidek, kimnidir diqqat bilan, bor fikri zikri bilan tinglayotgandek tuyulardi. Surat yuqorisida «Sur'atiy Amiri Kabir Mir Alisher» degan yozuv bor.



Download 193.5 Kb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Download 193.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Movarounnaxr miniatyura san'ati taraqqiyoti

Download 193.5 Kb.