Kompyuter falsafasi




Download 1,16 Mb.
bet42/143
Sana03.06.2024
Hajmi1,16 Mb.
#259466
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   143
Bog'liq
Kompyuter falsafasi

Nazariy bilish metodlari.
1. Formallashtirish–ma’lum mazmunni muayyan shakl-belgilar xoliga keltirish. Bu xar xil talkin qilish imkoniyatini istisno etish maqsadida fikrni anik ifodalashga xizmat qiladi. Formallashtirishda obyektlar haqidagi muloxazalar belgilar (formula) soxasiga utkaziladiki, bu sun’iy tillar (matematika, mantiq, kimyo tili va sh.k.)ni yaratish bilan bog‘liq.
Maxsus shakl-belgilardan foydalanish oddiy, tabiiy tilning ko‘p ma’noliligini bartaraf etish imkonini beradi. Formallashtirilgan fikrlarda turli belgi kat’iy ma’noni bildiradi. Formallashtirish algoritmlashtirish va xisoblash moslamalarini dasturlashtirish jarayonlariga, bu bilan esa bilimning nafakat ilmiy-texnikaviy, balki boshqa shakllarini ham kompyuterlashtirishga asos bulib xizmat qiladi.
Formallashtirish jarayonining eng muhim xususiyati shundaki, sun’iy tillarning formulalari ustida amallarni bajarish, ulardan yangi formula va nisbatlarni keltirib chiqarish mumkin. Aytilgan fikr mantiqiy xulosa asosida chiqariladi. Amaliyotda turli timsollar asosida xulosalar chiqariladi. Bu timsollar aksiomalarni ifodalaydi. Formallashtirish keng ma’noda mantiqiy xulosa chiqarish haqidagi ta’limotdir. Mantiqiy xulosa natijani izoxlab tushuntirib beradi. Xulosa chiqarish timsollar tizimi va unga asoslanish demakdir. Ammo, XX asrda ijod qilgan avstriyalik mantiqchi va matematik K. Gedel mazmun nazariyasida har doim aniqlanmagan, formallashtirilmagan qoldiq qolishini ko‘rsatadi. Tobora chuqurlashib borayotgan bilim mazmunini formallashtirish hech qachon mutlaq tuliqlikka erishmaydi, chunki bilish predmeti va u haqdagi bilimlarning rivojlanishi (uzgarishi) hech qachon tuxtamaydi. Bu formallashtirishning ichki imkoniyatlari cheklanganligidan dalolat beradi. Zotan, har qanday fikrni xisoblash bilan almashtirish imkonini beruvchi umumiy metodning yo‘qligi isbotlangan. Gedelning teoremalari ilmiy fikrni va, umuman, ilmiy bilimni to‘liq formallashtirish mumkin emasligini mukammal isbotlab bergan.
2. Aksiomatik metod – ilmiy nazariya tuzish usuli. Bunda uning asosiga ayrim dastlabki qoidalar–aksiomalar qo‘yiladi va nazariyaning qolgan barcha g‘oyalari mana shu aksiomalardan sof mantiqiy yul bilan isbotlash orqali keltirib chiqariladi. Aksiomalardan teoremalarni (umuman, bir formuladan boshqa formulalarni) keltirib chiqarish uchun maxsus qoidalar ta’riflanadi. Binobarin, aksiomatik metodda isbotlash har biri yo aksioma bo‘lgan, yo oldingi formulalardan ma’lum qoidaga binoan keltirib chiqariladigan formulalarning ma’lum ketma-ketligi. Aksiomatik metod – olingan ilmiy bilimni tizimga solish usullaridan biri. Uning amalda qo‘llanishi cheklangan, chunki uni faqat aksiomalashtirilgan mazmun nazariyasining rivojlanish darajasi juda katta bo‘lgan holdagina qo‘llash mumkin. Mashxur fransuz fizigi Lui de Broylning ta’biri bilan aytganda, «aksiomatik metod tasniflash yoki ta’lim berishning yaxshi metodi bo‘lishi mumkin, ammo u kashf etish metodi bo‘la olmaydi».
3. Gipotetik-deduktiv metod – ilmiy bilish metodlaridan biri. Bir-biri bilan deduktiv bog‘liq bo‘lgan gipotezalar tizimini yaratishni nazarda tutadi. Mazkur gipotezalardan pirovard natijada empirik faktlar to‘g‘risida xulosalar chiqariladi. Ushbu metod gipotezalardan va haqiqiy ma’nosi ma’lum bo‘lmagan boshqa farazlardan xulosalar chiqarishga (deduksiyaga) asoslanadi. Binobarin, mazkur metod yordamida chiqarilgan xulosa muqarrar tarzda ehtimoliy xususiyatga ega bo‘ladi.
Gipotetik-deduktiv metodning umumiy tuzilishi:
- nazariy tushuntirishni takozo etuvchi material bilan tanishish va mavjud nazariyalar, qonunlar yordamida nazariy tushuntirishga harakat qilish. Agar buning iloji bo‘lmasa:
- turli-tuman mantiqiy usullar yordamida mazkur hodisalarning sabab va qonuniyatlari to‘g‘risida faraz (gipoteza, taxmin)lar qilish;
- farazlarning asosliligi va jiddiyligiga baho berish va ularning orasidan haqiqatga eng yaqinini tanlab olish;
- gipotezadan oqibatlarni (odatda, deduksiya yuli bilan) keltirib chiqarish va uning mazmuniga aniqlik kiritish;
- gipotezadan keltirib chiqarilgan oqibatlarni tajribada tekshirish. Bu yerda gipoteza yo tajribada isbotlanadi, yo inkor etiladi. Ammo ayrim oqibatlarning isbotlanganligi gipotezaning haqiqiyligini (yoki soxtaligini) kafolatlamaydi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, eng yaxshi gipoteza nazariyaga aylanadi.
Matematik gipotezani gipotetik-deduktiv metodning turi deb hisoblash mumkin. Bu yerda ilgari ma’lum bo‘lgan va tekshirilgan holatlarning takomillashtirilgan ko‘rinishlarini ifoda etuvchi ma’lum tenglamalar gipoteza vazifasini bajaradi. Ilgari ma’lum bo‘lgan va tekshirilgan xolatlar uzgartirilib, yangi hodisalarga taalluqli bo‘lgan gipotezani ifodalovchi yangi tenglama tuziladi. Gipotetik-deduktiv metod (aksiomatik metod singari) kashf etish metodidan ham kura ko‘proq ilmiy bilimni tuzish va asoslash metodi hisoblanadi, chunki u yangi gipotezaga qanday yo‘l bilan kelish mumkinligini ko‘rsatadi.
4. Mavhumdan konkretlikka yuksalish – nazariy tadqiqot va bayon etish metodi. Ilmiy fikrning dastlabki mavhumlikdan bilishni chuqurlashtirish va kengaytirish izchil bosqichlari orqali natijaga–tadqiq qilinayotgan predmetni nazariyada yaxlit aks ettirishga tomon harakatidan iborat. Muayyan hissiylikdan mavhumlikka yuksalish, tafakkurda predmetning alohida jihatlarini ajratish va ularni tegishli mavhum ta’riflarda «mustahkamlash» mazkur metodning shartlaridir. Bilishning muayyan hissiylikdan mavhumga tomon harakati xususiydan umumiyga tomon harakat demakdir. Bu yerda tahlil va induksiya singari mantiqiy usullar yetakchilik qiladi. Mavhumdan muayyan hissiylikka yuksalish – ayrim umumiy mavhumliklardan ularning yagonaligiga, muayyan umumiyga tomon harakat jarayonidir. Bu yerda sintez va deduksiya usullari yetakchilik qiladi. Bilishning bunday harakati formal, texnik prosedura emas, balki predmetning rivojlanishidagi qarama-qarshilikni, ichki qarama-qarshiliklarga muvofiq uning bir darajadan boshqa darajaga o‘tishini aks ettiruvchi dialektik ziddiyatli harakatdir.

Download 1,16 Mb.
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   143




Download 1,16 Mb.