• Empirik tadqiqot metodlari.
  • Ilmiy tadqiqot ishlarini asosiy bosqichlari




    Download 1,16 Mb.
    bet41/143
    Sana03.06.2024
    Hajmi1,16 Mb.
    #259466
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   143
    Bog'liq
    Kompyuter falsafasi

    Ilmiy tadqiqot ishlarini asosiy bosqichlari
    Ilmiy tadqiqot ishi ma’lum tartibda amlga oshadi. Bu tartib qo‘yilgan maqsaddan natijalargacha bo‘lgan vaqtda sodir bo‘ladigan faoliyat sikllarini o‘z ichiga oladi.
    Dastlab ilmiy muammoni ko‘rib chiqish jarayonida tadqiqot mvzusi belgilanadi. Belgilangan mavzu doirasiga masalalar ajratib olinadi, o‘rganish lozim bo‘lgan manbalar aniqlanadi.
    Ilmiy tadqiqotni boshlang‘ich bosqichini muhim qismi mavzuni nazariy, ilmiy va ijtimoiy jihatini ko‘rsatish, asoslab berish tashkil qiladi.
    Tadqiqotni dolzarbligini va ahamiyatini asoslash ma’lum strukturaga ega. Mazkur asoslanishni birinchi qismida mavzuni tadqiqot qilishni sabablari ko‘rsatiladi, tadqiqotni ishlangan darajasi va oldin erishilgan natijalar adabiyot va manbalar keltirilgan. Bunda yechilmagan masalalar va muammolarga, ularni asoslanganligini, adabiyotlar tahliliga katta e’tibor beriladi.
    Shundan keyin tadqiqotni maqsadi va vazifalari konkretlashtiriladi. Bunda manbalar bibliografiyasi, ularni annotasiyasi tuziladi, muammoni ishlanganlik darajasini ko‘rsataligan referat yoki qiyosiy tafsilot yozish maqsadga muvofiqdir. Bular asosiy nazariy tadqiqot olib borishga yordam beradigan boshlang‘ich ishlardir.
    Ilmiy tadqiqotni asosiy bosqichi predmetni mohiyatini ochishga qaratilgan nazariy tadqiqotdir. Bu ishning eng ijodiy, samarali bosqichidir. Bunda muammo, asosan, hal etiladi, jarayonnisababiy qonuniyatlari ochiladi, ularni nazariy modeli nazariya g‘oya, ta’limot ko‘rinishida yaratiladi.


    1. reja. Tadqiqotning umumilmiy metod va usullari


    Umumilmiy metodlar va usullar tuzilmasida ko‘pincha uch daraja ajratiladi:
    – empirik tadqiqot metodlari;
    – nazariy bilish metodlari;
    – tadqiqotning umumiy mantiqiy metodlari va usullari.
    Mazkur metodlar, usullar va amallarning mazmunini qisqacha ko‘rib chiqamiz.
    Empirik tadqiqot metodlari.
    1. Kuzatish–narsa va hodisalarni izchil passiv kuzatish. Asosan, sezgi a’zolarining ma’lumotlariga tayanadi. Kuzatish jarayonida biz bilish obyektining nafaqat tashqi tomonlari haqida, balki, pirovard maqsad sifatida uning muhim xossa va munosabatlari haqida ham bilim olamiz. Kuzatish bevosita yoki turli asboblar va boshqa texnik uskunalar yordamida bilvosita amalga oshirilishi mumkin. Fan rivojlanishi bilan kuzatish tobora murakkablashib, uning vositalari ko‘payib bormoqda. Ilmiy kuzatishga quyiladigan asosiy talablar: maqsad (kuzatish obyekti)ning aniqligi; qayta kuzatish orqali yoki boshqa metodlar (masalan, eksperiment) yordamida nazorat qilish mumkinligi. Kuzatish natijalarini talqin qilish, asboblarning kursatkichlarini o‘qish va shu kabilar muhim ahamiyatga ega.
    2. Eksperiment–o‘rganilayotgan jarayonga faol va izchil aralashish, eksperimentning maqsadlariga muvofiq maxsus yaratilgan hamda nazorat ostiga olingan sharoitlarda tadqiq qilinayotgan obyektni tegishli tarzda o‘zgartirish yoki uni aks ettirish. Eksperiment jarayonida urganilayotgan obyekt uning mohiyatini buzib kursatishi mumkin bo‘lgan nojuya ta’sirlardan ajratiladi va «sof shakl»da ifoda etiladi.
    Eksperimentning asosiy xususiyatlari:
    a) tadqiqot obyektiga (kuzatishdagiga qaraganda) yanada faolroq munosabat, shu jumladan, uni o‘zgartirish va qayta tuzish;
    b) obyektning xulq-atvorini nazorat qilish va natijalarni tekshirish imkoniyatining mavjudligi;
    v) tadqiqotchining hohishiga ko‘ra, urganilayotgan obyektni bir necha marta aks ettirish mumkinligi;
    g) hodisalarning tabiiy sharoitlarda kuzatilmaydigan xossalarini topish imkoniyatining mavjudligi.
    Eksperimentlarning turlari juda xilma-xildir. Vazifalariga qarab tadqiqot (qidirish), tekshirish (nazorat) va aks ettirish eksperimentlari farqlanadi. Obyektlarning xususiyatiga qarab fizik, kimyoviy, biologik, ijtimoiy va h.k. eksperimentlar farqlanadi. Sifat va son eksperimentlari ham mavjud. Fikriy eksperiment–ideallashtirilgan obyektlar haqida fikr yuritish proseduralari tizimi hozirgi zamon fanida keng tarqalgan.
    3. Taqqoslash–obyektlar (yoki ayni bir obyektning rivojlanish bosqichlari)ning uxshash yoki farqli jixatlarini, ya’ni ularning ayniyligi va tafovutlarini aniklovchi bilish operasiyasi. U faqat turkum xosil kiluvchi turdosh predmetlar majmuidagina ma’no kasb etadi. Predmetlarni turkumda taqqoslash ayni tadqiqot uchun muhim belgilarga qarab amalga oshiriladi. Bunda bitta belgiga qarab taqqoslanayotgan predmetlarni boshqa belgiga qarab taqqoslash bo‘lmasligi xam mumkin. Taqqoslash mantiqiy usul–analogiyaning (kuyida karang) negizi xisoblanadi va kiyosiy-tarixiy metodning asosi bulib xizmat qiladi. Uning maqsadi–ayni bir hodisa yoki birgalikda mavjud xar xil hodisalar rivojlanishining turli boskichlari (davrlari, darajalari)ni bilishda umumiy va xususiy xolatlarni aniqlash.
    4. Tavsiflash–tajriba (kuzatish yoki eksperiment) natijalarini fanda kabul kilingan ma’lum belgilash tizimlari yordamida kayd etishdan iborat bilish operasiyasi.
    5. Ulchash–kabul kilingan ulchov birliklarida ulchanayotgan kattalikning son mikdorini topish maqsadida ma’lum vositalar yordamida bajariluvchi amallar majmui.
    Shu urinda kayd etib utish kerakki, empirik tadqiqot metodlari xech kachon «kur-kurona» amalga oshirilmaydi, balki xar doim nazariy jixatdan belgilangan, ma’lum konseptual g‘oyalar bilan yunaltirilgan buladi.

    Download 1,16 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   143




    Download 1,16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ilmiy tadqiqot ishlarini asosiy bosqichlari

    Download 1,16 Mb.