Ilmiy inqilob fan paradigmasini almashinuvi sifatida




Download 1,16 Mb.
bet49/143
Sana03.06.2024
Hajmi1,16 Mb.
#259466
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   143
Bog'liq
Kompyuter falsafasi

Ilmiy inqilob fan paradigmasini almashinuvi sifatida
Fan taraqqiyotini antikumulyativ yondashuvining bir modelini T.Kun ishlab chiqdi.
Bu yondashuvni zaminida har davrda bir butun tarixiy bilish hosilalari mavjudligi g‘oyasi yotadi. Fanni borligini belgilab beradigan bir butun bilish hosilasini T.Kun paradigma deb ifodaladi. U quyidagicha yozadi. “Paradigma deb men ma’lum davrda ilmiy jamoatchilikka barchalar tomonidan tan olingan muammolarni qo‘yish va ularni yechish modelini beradigan ilmiy yutuqlarni tushunaman”9.
Faylasuflar T.Kun kiritgan “Paradigma” tushunchasini mazmunini noaniq deb baholadilar.
Shundan keyin, T.Kun “Paradigma” tushunchasini olimlarini ma’lum bilim tarmog‘iga tegishli ekanliklarini, ularni ilmiy faoliyatlari ma’lum qoidalar tizimiga buysunishini ifodalaydigan tarmoqlar matrisasi (dissiplinariya matrisa) tushunchasi orqali ta’riflashga harakat qildi.
Paradigma tarkibiga nazariy umumlashmalar (qonunlar va tushunchalarni ta’riflaydigan xulosalar), universum va uni ontologiyasini tavsiflash imkoniyatini beradigan metafizik (ya’ni, umumnazariy, falsafiy) elementarlar, tadqiqot yo‘nalishi belgilaydigan qadriyatli ko‘rsatmalar va nihoyatda ko‘pchilik olimlar tomonidan qabul qilingan namunalar konkret muammolarni hal qiladigan yechimlar kiradi.
Bu unsurlar “Normal fanni” mavjudligini ta’minlaydilar. Ko‘pchilik tan olgan paradigmani mavjud bo‘lishi fanni kamolotga, taraqqiy etgan bosqichga erishganidan dalolat beradi.
Tomas Kun paradigmalarning tarixiy shakllariga Aristotel dinamikasi, Ptolomeyni astronomiyasini, Nyutonni mexanikasini kiritgan.
Popperni fikricha ilmiy inqilobni xususiyati shuki, u ma’lum muammoni hal etishga intilgan nazariyalardan birontasini oqilona tanlashni bildiradi.
Ilmiy bilish jarayoni – bu ilmiy nazariyalarni to‘xtovsiz olg‘a surish va falsifikatsiya qilishdir.
Fan to‘xtamasligi kerak, hatto nazariya tajribada tasdiqlansa ham, doimo yangidan yangi nazariyalarni ishlab chiqish lozim.
Demak, ilmiy taraqqiyot evolyusiyasi ketma-ket sodir, bo‘ladigan ilmiy inqiloblardan tashkil topadi.
K.Popperni g‘oyasiga qaraganada T.Kunni nazariyasi ilmiy inqilob jarayonini chuqurroq tushuntiradi. Uning fikricha ilmiy inqilob davriy, vaqti-vaqti bilan sodir bo‘ladigan chuqur o‘zgarish bo‘lib, u fanni yoki fan tarmog‘ini predmetini, tadqiqot usulini, tushunchalar, tizimini va falsafiy asoslarini yangilashga olib keladi. Inqilobiy o‘zgarishdan keyin fan taraqqiyoti normal tadrijiy taraqqiyot bosqichiga kiradi. Tadqiqotchilar T.Kunni paradigmal konsepsiyasini ayrim kamchiliklariga ham e’tibor berishdi.
Xususan T.Kun fanni normal, evolyusion taraqqiyoti bosqichini asta-sekin rivojlanish, muammolarni yechish usuli algoritmlashgan faoliyat deb, fandagi tanqidiy va ijodiy xislatni ko‘ra olmadi. Fanda inqilobga olib keladigan o‘zgarishlar ilmiy bilishni tadrijiy taraqqiyot bosqichida sodir bo‘ladi.
Bundan tashqari fandagi tadrijiy va inqilobiy rivojlanish o‘rtasida predmetli va konseptual vorislik bor. Ya’ni ikki davr bir-biriga nisbatan butunlay mustaqil bo‘lmasdan, biri ikkinchisidan o‘sib chiqadi.

Download 1,16 Mb.
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   143




Download 1,16 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ilmiy inqilob fan paradigmasini almashinuvi sifatida

Download 1,16 Mb.