Kompyuter falsafasi




Download 1,16 Mb.
bet52/143
Sana03.06.2024
Hajmi1,16 Mb.
#259466
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   143
Bog'liq
Kompyuter falsafasi

Stegonografiya so‘zi grekcha Steganos(maxfiy, sir) va Graphy(yozuv) so‘zlaridan kelib chiqib, «sirli yozuv» degan ma’noni bildiradi. Shifrlash - bu ochiq axborotni kalit yordamida yopiq axborotga o‘zgartirish
Texnologik tizimlarni insonga ko‘rsatayotgan ta’siri fiziologik psixologik bardosh berish chegaralaridan chiqa boshladi.
Ayni paytda texnologik parametrlarni qayd qiladigan hujjatlar ham katta tezlikda bordi. Aytaylik 1980-90 yillarda AQShda har kun 400 mln. varaqli hujjat yaratilardi, saqlanadigan hujjatlar esa 10-12 birlikni tashkil qilardi.
Boshqarish faoliyatini oqilona jarayonga aylantirish uchun elektron hisoblash texnikasini, axborot va boshqarish texnologiyasining uzatish vositalariga ehtiyoj kuchaydi. Hisob va nazorat inqilobi global miqyosiga ega bo‘lgan intellektni paydo bo‘lganidan darak beradi. Bir vaqtlar Kant falsafiy, estetik va axloqiy aqlni tanqidiy tahlilini bergan edi.
Keyinchalik ilmiy aqlni salohiyati ortib bordi.
XX asrda muhandislik tafakkurining miqyosi oshishi bilan texnologik aql shakllana bordi.
Texnologik aql doimo takomillashib boradigan texnologik faoliyatning qoidalari bilimlar, andazalar, usullari tizimidir.
Fan-texnika taraqqiyoti va inqilobi jarayonida texnologik aql ijtimoiy ong, madaniyat va sivilizatsiyani kuchli unsuriga aylana bormoqda.
Birinchi davrda texnologik aql va texnikaning taraqqiyoti parallel jarayon sifatida sodir bo‘ladi.
Birinchi elektron-hisoblash mashinasi yaratilishi har ikkalasini koevolyutsiyasini boshlanganidan darak beradi. Dastlabki EHMlarni yaratilishi birinchi kompyuter revolyutsiyasini sodir bo‘lishini ko‘rsatdi.
Birinchi EHMlarni 30 yillarda bir-birlardan mustaqil ravishda amerikalik fizik Dj. Atanasov va nemis muhandisi K. Kuze yaratganlar. EHMlarni avlodi degan tushuncha paydo bo‘ldi. 1960 yillarda AQSh va boshqa mamlakatlarda kompyuterni ikkinchi avlodi ishga tusha boshladi.
1963-1980 yillarda EHMlarni 3 va 4 nchi avlodli paydo bo‘ldi. Ularni asosini chin deb atalgan integral sxemalar tashkil qilgan. Hisoblash tezligi sekundiga bir necha yuz million operasiyaga yetkazildi.
Ikkinchi inqilob shaxsiy mini kompyuterlarni ishlab chiqish bilan boshlanadi. Mikroprosessorlarni birinchi irmog‘i va shaxsiy kompyuterlarni 1972 va 1973 yilda shakllandi. Ommaviy tijorat kompyuterini amerikaliklar S.Djobs va S.Voznyak ishlab chiqqan.
1970 yillarni oxirida shaxsiy kompyuterlar inqilobi boshlandi. Hozirgi paytda kompyuterlarni sekundiga 10-15 operasiyalarni bajaradigan avlodini ishlab chiqish ishlari olib borilayapti. Ko‘p prosessorli, murakkab arxitekturali, Femptosekundali kompyuterlar, Biomolekulyar chiptalarga asoslangan, fomptosekund (10-15 oper. K sek.) tezligiga ega bo‘lgan, minimizatsiyalashgan kompyuterlar 3-nchi kompyuter inqilobining boshlanishidan darak beradi.
Butun jahon axborot tarmog‘i Internetning yaratilishi va faoliyat ko‘rsatishi insoniyatning kompyuter texnologiyalari sohasida erishgan yutuqlari ko‘rsatkichidir. Internet kompyuter tarmog‘idan iborat. Internet tarixi 40 yildan ziyod davrni qamrab olgan bo‘lib, uning tarmog‘idagi tarkibiy qismlar va texnologiyalar XX asrning 60-yillaridan ishlab chiqila boshladi. «Internet» atamasining o‘zi esa kompyuter tarmoqlari belgilangan texnikaviy andozalar bo‘yicha birlashtirilganda – 1982 yilda paydo bo‘ldi. Hamda yangi texnikaviy tizimlarning vujudga kelishidagi zarur bosqichga aylandi.U katta miqdordagi, turli tarmoqlarni birlashtirgan bo‘lib, tarmoq markazlarining o‘zi bir necha mingtani tashkil etar edi. 1991 yilda elementar zarralar fizikasi Yevropa laboratoriyasi xodimi Tim Berners-Lining tamonidan Word Wide Web (WWW) «Butunjahon o‘rgimchak to‘ri» loyihasi e’lon qilindi. Shu loyiha tufayli Internet ommalashib ketdi. WWW loyihasining yaratilishi Internetni rivojlantirish sohasidagi yirik yutuqlardan biri hisoblanadi. WWW ning asosini tashkil etuvchi Web tarmoqlari Internetda deyarli har qanday axborotni – matn, grafik tasvirlar, tovush, videotasvirlarni joylashtirish imkoniyatini beradi.
Bugungi kunda Internet o‘ta tez harakat qiluvchi yo‘ldoshli ma’lumotlar uzatish magistrallaridan tortib to asta-sekin ulanadigan telefon liniyalarigacha bo‘lgan turli kanallar yordamida bir-biriga bog‘langan millionlab kompyuterlardan iborat.10
Internetni rivojlantirish uchun telekommunikasiyalarning – axborot uzatiladigan kanallarning ko‘p tarmoqli tizimi zarur. Telekommunikasiya tarmoqlari va tizimlari hozirda texnikaning jo‘shqin rivojlanayotgan sohasini tashkil etadi. O’zbekiston telekommunikasiya texnikasini jadal sur’atlar bilan rivojlantirish hamda butunjahon axborot tizimidan foydalanishning muhimligini anglab yetgan holda telekommunikasiyalarni rivojlantirish milliy dasturini va Internet imkoniyatlaridan ishlab chiqarish, ta’lim, fan va madaniyatni rivojlantirishda foydalanish samaradorlinini oshirish yuzasidan qator muhim qarorlar qabul qildi.

Download 1,16 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   143




Download 1,16 Mb.