• Ilmiy – yoki nazariy – falsafiy inqilob tushunchasini fanga birinchi bo‘lib I.Kant kiritgan
  • reja. Ilmiy-texnik inqilob va ilmiy-texnik taraqqiyot




    Download 1,16 Mb.
    bet48/143
    Sana03.06.2024
    Hajmi1,16 Mb.
    #259466
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   143
    Bog'liq
    Kompyuter falsafasi

    reja. Ilmiy-texnik inqilob va ilmiy-texnik taraqqiyot

    Ilmiy inqilob tushunchasi
    Fan taraqqiyoti rivojlanishning umumiy qonuniyatlariga buysunadigan jarayon va sohadir.
    Rivojlanishning umumiy qonuniyatlariga tadrijiy (evolyusion) va sakrashsimon (inqilobiy) o‘zgarish, eski sifatdan yangi sifatga o‘tish kiradi. Bu ikki turdagi o‘tish fan taraqqiyoti uchun ham xosdir.
    Fan ijtimoiy institutdir. Shunday ekan fan o‘zini taraqqiyotini ichki mexanizmlari va tashqi omillariga ega.
    Fan taraqqiyoti ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni bir tarkibiy qismidir.
    Fanni jamiyat taraqqiyotiga ta’sir etuvchi jiddiy kuch ekanligi marksizm va pozitivizmda anglanadi.
    Pozitivizm ijtimoiy taraqqiyoti 3 bosqichni belgiladi: diniy, metafizik va pozitivistik.
    Marksizm fanni kapitalizm sharoitida ishlab chiqarish kuchiga aylanishi ko‘rsatdi.
    Ilmiy tadqiqot sohasida ishlaydigan mutaxassislar fan taraqqiyoti qonuniyatlarini bilishlari kerak. Bu mutaxassisni falsafiy tafakkur madaniyatiga kiradi, o‘z sohasidagi faoliyatni qaytarilmas va davriy jarayonlarini bilish imkoniyatini beradi.
    Ilmiy – yoki nazariy – falsafiy inqilob tushunchasini fanga birinchi bo‘lib I.Kant kiritgan. Uning fikricha turli davrlarda matematika, tabiiyot va falsafada inqiloblar yuz bergan. Birinchi ilmiy inqilob I.Kantni fikricha qadimgi yunon matematikasida sodir bo‘lgan. Bu inqilobni mazmuni shundan iboratki, Fales yoki boshqa kishi geometriya maslalarini yechish bilan qanoatlanmay, geometrik figuradagi va miqdorlarni nisbatini mantiqiy isbotlash orqali asoslashga o‘tgan8.
    Tabiatshunoslikda, Kantni fikricha ilmiy inqilobni F.Bekon amalga oshirgan. Aslida F.Bekon uslubiy inqilobni amalga oshirgan.
    Ilmiy inqilobni Kopernik, Galigey, Kepler, Nyuton amalga oshirdilar.
    Inqilob tushunchasini o‘ziga kelganda I.Kantni fikricha fandagi inqilob – bu “Baxtli fahm, uydir, insonlarni taraqqiyotiga olib keladigan nogahon topishdir. Inqilob natijasida olim muammoni yechishni yangi aprior shakllarini topadi.
    I.Kant bergan yana bir tavsiya bo‘yicha ilmiy inqilob biron bir bilim tarmog‘ini to‘satdan tug‘ilishidir, bunda fan birinchi marta o‘zini predmeti va maqsadini anglaydi. Inqilobdan keyingi davrda fan faktlarni to‘plash va ularga tavsif berish orqali tadrijiy taraqqiyot shaklida rivojlanadi.
    Ilmiy inqilobni intellektual mexanizmi ijodiy fikrlovchi tafakkurdir.
    Gegel Kantning qimmatli fikrini davom ettirmadi. Mutafakkir “Ilmiy-taraqqiyot” tushunchasini ishlatish bilan chegaralanadi. Gegelni fikricha ilmiy taraqqiyot nazariy tafakkurni quyi bosqichidan yuqori bosqichga ko‘tarilishdir.
    Marksistik falsafada ilmiy revolyutsiya u yoki bu fanda chuqur o‘zgarishlar, bir tushunchalar va tamoyillar tizimidan, obyektni yana ham chuqur mohiyatini ochib beradigan, tushunchalar tizimiga o‘tish deb tushuntiriladi.
    G’arb fani va falsafasida Kantdan keyin XX asrni o‘rtalarigacha ilmiy taraqqiyotni tushuntirishda kumulyativistik yondashuv hukm surdi.
    Bu yondashuvga ko‘ra ilmiy-taraqqiyot fakt va bilimlarni to‘xtovsiz to‘planishidir, fakt va bilimlardan tashkil topgan irmoqlar qo‘shilishib fan daryosini hosil qiladilar, har bir umumiy haqiqat mayda haqiqatlarni majmuasidir. Mazkur yondoshuv fanda keskin sakrashlar, inqilobiy o‘zgarishlar bo‘lishni inkor etadi.
    Kumulyativizm yondashuvi fan taraqqiyotidagi tadrijiylikni, nazariy vorisiylikni mutlaqlashtiradi.
    Fandagi keskin o‘zgarishlar, butunlay yangi tushuncha va tasavvurlarni kelib chiqishi ilmiy inqilob emas, balki ijodiyot psixologiyasining predmeti bo‘lmish g‘ayrishuuriy jarayonidir.
    Shu bois, mantiqiy pozitivizmda ilmiy inqilob tushunchasi umuman ishlab chiqilmagan, tadqiqot predmetiga aylanmagan.
    Natijada fan taraqqiyotini sinxroniyasiga e’tibor bergan neopozitivizm ilmiy bilishni tarixiy dinamikasini, diaxronikasini e’tibordan chetda qoldirdi.
    Bu narsa 60 yillarda tanqidiy fikrlovchi faylasuflarga ayon bo‘ldi.
    Antikulyayativizm yondashuvini ishlab chiqishda A.Koyre, E.Meyrsenlar katta xizmatlar qilishdi.
    Asta-sekin G’arb falsafasida postnopozitivizm yo‘nalishi shakllandi. K.Popper falsifikatsionizmni, T.Kun fanni paradigmal konsepsiyasini yaratdi.



    Download 1,16 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   143




    Download 1,16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    reja. Ilmiy-texnik inqilob va ilmiy-texnik taraqqiyot

    Download 1,16 Mb.