• Kelib chiqish manbaiga ko‘ra
  • Axborotlarni tasniflashda quyidagicha amalga oshirish mumkin




    Download 1,16 Mb.
    bet47/143
    Sana03.06.2024
    Hajmi1,16 Mb.
    #259466
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   143
    Bog'liq
    Kompyuter falsafasi

    Axborotlarni tasniflashda quyidagicha amalga oshirish mumkin:

    1. Bajaradigan vazifasiga ko‘ra: Direktiv axborot, hisobot ko‘rinishidagi axborot, nazorat qilish bo‘yicha axborot

    2. Axborotni tarqatish usuliga ko‘ra: Hujjatlashtirilgan va hujjatlashtirilmagan axborot

    3. Qayta ishlash darajasiga ko‘ra: Birlamchi, ikkilamchi axborotlar

    4. Kelib chiqish manbaiga ko‘ra: Ichki va tashqi axborotlar

    5. Harakat yo‘nalishiga ko‘ra: Kiruvchi va chiquvchi

    6. Davriyligiga ko‘ra: Smenali, sutkali, chorakli, oraliq, yillik va h.k.

    7. Taqdim etish shakliga ko‘ra: Yozma, og‘zaki, raqamli, harfli, kodlangan

    8. To‘liqliligiga ko‘ra: Yetarli, kam, ortiqcha

    9. Mazmuniga ko‘ra: Statistik, Sotsial (ijtimoiy), Iqtisodiy, Huquqiy, Moliyaviy, Texnologik, Marketing kabi turlar bo‘lish mumkin

    Hozirgi kunda axborotga qo‘yiladigan talablar quyidagilar:

    • Ahamiyatlilik

    • Yetarlilik

    • Aniqlik

    • Ishonchlilik

    • Dolzarb

    • Egiluvchanlik (ya’ni axborotni qayta ishlash va uzatishni texnik vositalar yordamida amalga oshirish imkoniyati)

    • Axborotni to‘plash va uzatishning tejamliligi

    • Himoyalanganlik

    Axborot va axborot taxnologiyalaring shakllanishi kibernetika g‘oyasining shakllanishiga olib keldi. Kibernetika g‘oyasining asosiy ma’nosi, aloqa va boshqarish jarayonlarnni urganishdan iborat. Bu yerda aloqa inofrmasion xodisa ma’nosida, ya’ni informatsion jarayonni amalga oshirish ma’nosida "tushuntiriladi. Bu xol "informatsiya" tushunchasi kibernetika uchun eng muxim nazariy tushunchalardan biri ekanidan dalolat beradi.
    Kibernetika materialistik dialektikaning kupgina prinsip va kategoriyalarini rivojlantirish uchun boy material yaratib beradi. Falsafiy kategorialarga yakin bo‘lgan informatsiya esa, uz navbatida, boshqarish, optimallashtirish va shu kabi kategoriyalarni chukurrok tushunish imkonini tug‘dirmokda. Demak, Kompyuter falsafasining asosiy tushunchasi "informatsiya"-eng umumiy fan bo‘lgan falsafa uchun eng muximdir.
    Kompyuter va axborot texnologiyalari inqilobining jadallashuvi "Inson-mashina muhit"ining shakllanishiga olib keldi. "Inson-mashina muhit" majmuasida uzaro mutanosiblik muhim o‘rin tutadi. Bunday borliq muammolarni astoydil ishlab chiqish alohida fan darajasiga ko‘tarilmoqda. Fanning bu eng yangi tarmog‘ini "ergonika" deb atalmoqda "Ergos"- yunoncha "inson" degan so‘zdir. Bu bilan "inson mashina muhit" majmuasida inson mavqei birinchi o‘rinda ekanligini ta’kidlash kuzda tutilgan.
    Insonning ruhiy va fiziologik imkoniyatlarini hisobga olmasdan yaratilgan mashina xamisha xavf tug‘dirishi mumkin. AQSh da aviasiya halokatining uchdan bir qismi mana shu "insoniy faktor" ning hisobga olinmasligi oqibatida yuz berishligi aniqlangan. Haqiqiy gumanist kashfiyotchilar "inson mashina-muhit" majmuasini doim yodda tutadilar.




    1. Download 1,16 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   143




    Download 1,16 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Axborotlarni tasniflashda quyidagicha amalga oshirish mumkin

    Download 1,16 Mb.