TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI Guliston davlat universiteti huzuridagi Guliston agrotexnologiyalar texnikumi 5.52.01.01-
Kompyuter injiniring yoʻnalishi boʻyicha fanlar roʻyxatiga kiritilgan “Kompyuter grafika”
fanidan ushbu fan doirasida o‘quvchilarga maʼruzalar, amaliy ishlari olib boriladi [3, 4].
Texnikumlarning asosiy kursida o‘quv jarayonida kompyuter grafikasining o‘rni, xususan
3D grafika va 3d-modellashtirish faoliyatiga oid dasturlarni o‘rganish quyidagi sabablarga ko‘ra
muhim ahamiyatga ega:
- Birinchidan, ko‘plab kasblar kompyuter grafikasi bo‘yicha bilimlarni talab qiladi, uning
har yili rivojlanishi tez sodir bo‘lmoqda va juda ko‘p inson faoliyatini qamrab oladi. Masalan,
kinematografiya, video, multimedia, turli pedagogik dasturlar, ilmiy tajribalarni vizuallashtirish -
bularning barchasi bizning davrimizda kompyuter grafikasi yordamida amalga oshiriladi[5].
- Ikkinchidan, barcha ta’lim muassasalari zamonaviy axborotni o‘qitish vositalaridan
foydalangan holda o‘quv mashg‘ulotlariga o‘tishmoqda, ammo kasblarga qiziqish va
ko‘nikmalarni qo‘llab-quvvatlashni erta yoshda singdirish kerak. Shunday qilib, o‘quvchilarni
ixtisoslik va ijodiy qobiliyatlarga shakllantirish va qiziqtirish uchun kollej va texnikumlar kursi
doirasida amalga oshirishga arziydi.
“Kompyuter grafikasi” fani texnikumlarda jami 300 soat shundan, nazariy 100 soat, amaliy
mashg‘ulot 100 soat va mustaqil ta’lim 100 soatni tashkil qiladi.
“Kompyuter grafikasi” fani 4 smestga quyidagicha bo‘lingan:
1-kurs 2-kurs 1-semestr 2-semestr 3-semestr 4-semestr 40 soat
60 soat
80 soat
20 soat
Materiallar bilan ta’minlashda kompyuter dasturlaridan foydalanishning o‘ziga xos
xususiyati quyidagilar kabi muammolarni hal qiladi:
-ko‘rish darajasini oshirish,
-vaqtni tejash,
-yuqori tempni saqlash,
-samaradorlikni oshirish,
SCIENCE AND INNOVATION
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7
UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
700
-tasviriy-obrazli tafakkurni rivojlantirish,
-kognitiv qiziqishni rivojlantirish [6].