• Actual Pixels
  • Kompyuter grafikasi




    Download 358,15 Kb.
    bet17/21
    Sana24.11.2023
    Hajmi358,15 Kb.
    #104961
    1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
    Bog'liq
    komputer grafikasi

    Resize Windows To Fit - rasmni oyna bilan birga o’zgarish holatini yoqish.

  • Ignore Palettes - oyna kattalashganda o’ng tomondagi yordamchi sohalar orqasiga o’tish mumkinligi yoki mumkin emasligini o’zgartirish.

  • Actual Pixels [Ctrl+Alt+0] - 100% ekran holatiga o’tish tugmasi , ushbu holatda rasmning 1 piksel ekrandagi 1 pikselga mos bo’ladi.

  • Fit On Screen [Ctrl+0] - to’liq ekran holatiga o’tish tugmasi. Bu tugma yordamida rasm oyna hajmigacha cho’ziladi.

  • Print Size - qog’ozga bosma (chop etilib) chiqganda qanday chiqishini ko’rsatuvchi tugma.

    Pero - Pen (pero) - [P] - sichqoncha yordamida nuqtalar orqali shaklni
    yaratish.
    Ixtiyoriy pero - Freeform Pen (proizvolnoe pero) - [P] - sichqoncha
    yordamida harakat orqali shaklni yaratish.
    Yangi nuqta qo’shish - Add Anchor Point (dobavit tochku) - sichqoncha yordamida shaklga yangi burilish nuqta qo’shish.
    Nuqta o’chirish - Delete Anchor Point (udalit tochku) - sichqoncha yordamida shakldan burilish nuqtasini o’chirish.
    Nuqta o’zgartirish - Convert Point (preobrazovat tochku) - shakl nuqtalarining joylanishini o’zgartirish (cho’zish).
    Izohlar - Notes (zametki) - [N] - rasm ixtiyoriy sohasiga matnli izoh
    qo’shish.
    Tovush izohlar - Audio Annotation (zvukovoe opisanie) - [N] - rasm ixtiyoriy sohasiga tovush izohni mikrafon orqali qo’shish. Paydo bo’lgan oynada Start tugmasini bosib yozishni boshlaymiz, to’xtatish uchun Stop tugmasini bosamiz, yozish oynasidan chiqib ketish uchun Cancel tugmasini bosamiz.
    Tomizgich (pipetka) - Eyedropper (pipetka) - [I] - ixtiyoriy rangni qayta asosiy rang qilib tanlash imkoniyatini yaratadi. Agar sizga orqa rang qilib tanlash kerak bo’lsa u holda Alt tugmasini bosib turishingiz shart bo’ladi.
    Ranglarni solishtirish - Color Sampler (sravnenie tcvetov) - [I] - Info yordamchi sohada 4 nuqtalar ranglari hakidagi ma`lumotlarni ko’rsatish imkoniyatini yaratadi. Nuqtani sichqoncha yordamida ko’yamiz, o’chirish uchun esa Alt tugmasini bosib turib sichqoncha bilan nuqtaga bosish kerak.
    Chizg’ich- Measure (izmeritel) - [I] - rasmdagi masofani aniqlash uchun qo’llaniladi. Agar Alt tugmasidan foydalanib chizg’ich boshidan yoki oxiridan yana bitta chiziq chizish mumkin va u yordamida transportir sifatida foydalansa bo’ladi, chunki ikkita chiziqlar hosil qilgan burchak o’lchamini ko’rsatadi.
    Xususiyatlar satrida quydagilar faol bo’ladi:

        • boshlovchi nuqta koordinatalari (X, Y)

        • birinchi nuqtadan ikkinchisigacha bo’lgan masofa vertikal va gorizontal bo’yicha (W, H)

        • X o’qi bo’yicha egilish burchagi (A)

        • birinchi nuqtadan ikkinchisigacha bo’lgan masofa (D1)

        • birinchi nuqtadan uchinchigacha bo’lgan masofa (transportirdan foydalanganda) (D2)

        • Clear - chizg’ichni o’chirish tugmasi

    Ushbu tugma bir nechta amalni bajaradi:

    1. Asosiy rangni tanlash - Set Foreground Color (vыbrat tcvet perednego plana) - ustki turgan rang ko’rsatkichini (to’rtburchagini) bir marta bosib, hosil bo’lgan oynadan rang tanlaymiz.

    2. Orqa yoki ichki rang tanlash - Set Background Color (vыbrat tcvet fona) - pastki turgan rang ko’rsatkichini (to’rtburchagini) bir marta bosib, hosil bo’lgan oynadan rang tanlaymiz.

    3. Asosiy va orqa ranglarni o’zgartirish Switch Foreground and Background Colors (pereklyuchit tcvet perednego plana i tcvet fona) [X] - asosiy va orqa ranglar ko’rsatkichlari (to’rtburchaklari) ustida joylashgan strelka yordamida asosiy va orqa ranglarni o’zaro o’rnini o’zgartirish.

    4. Avtomatik asosiy va orqa ranglarni qora va oqga o’tkazish - Default Foreground and Background Colors (ustanovit tcvet perednego plana i tcvet fona po umolchaniyu) [D] - asosiy va orqa ranglar ko’rsatkichlari (to’rtburchaklari) tagida joylashgan kichkina belgilar yordamida asosiy rangni - qora, orqa rangni esa oqga o’tkazish.

    Ekran holati - Screen Mode (rejim ekrana) - [F] - ekran holatini o’zgartirish tugmasi. Birinchi standart holat - standartnыy (Standard Screen Mode) - asosiy holat, rasm oynasi, menyu satri, ish qurollar sohasi va yordamchi sohalar ko’rinadigan holat. Ikkinchi menyuli to’liq ekran holati - polnoekrannыy so strokoy menyu programmы (Full Screen Mode with Menu Bar) - to’liq ekran holati, nom satri, oyna chegaralari, ma`lumotlar satri va ko’rib chiqish sohalari ko’rinmaydi. Uchinchi menyusiz to’liq ekran holati - polnoekrannыy (Full Screen Mode) - to’liq ekran holati, oldingiga qaraganda menyu satri ham ko’rinmaydigan holat.
    ImageReady dasturga o’tish - Jump to ImageReady (pereklyuchitsya v ImageReady) - [Ctrl+Shift+M] - ochiq rasmni ImageReady dasturga o’tkazadi va unda tahrirlashni davom etishga imkoniyat yaratadi.

    Download 358,15 Kb.
  • 1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




    Download 358,15 Kb.