• Tasvirning haqiqiy o`lchami
  • Oq-qora shtrixli tasvir
  • Kompyuter grafikasi




    Download 358,15 Kb.
    bet2/21
    Sana24.11.2023
    Hajmi358,15 Kb.
    #104961
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
    Bog'liq
    komputer grafikasi
    1786-Article Text-3726-1-10-20210826 (1), 12.Yol harakati qoidalari va harakat хavfsizligi, OLTIN QOIDALAR, 1014-Текст статьи-3047-1-10-20220714 (2), Охирги версия 09.05.2023 Проф. комп. МОНТАЖНИК, проект макета для ОПОП МОНТАЖНИК 22 05 23, Marketing, 476845, Pedagogning umumkasbiy kompetensiyasi, SHOOBIDOV SH.A.Traktorlar va 1 qism, Internet uchun, Metodika, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor X. Sh-fayllar.org, Types of letters – xatlar turlari. Structures of letters – xat y-fayllar.org, 5.2
    Ekran imkoniyati monitor, videoqurilma va operatsion sistema imkoniyatlariga bog`liq bo`lib, piksellarda o`lchanadi va ekranda to`lig`icha joylashadigan tasvir o`lchamini aniqlaydi.
    Tasvir imkoniyati – bu tasvirning xususiyati bo`lib, bird yum uzunlikdagi kesmada nechta nuqta tasvirlanganligi (dpi) bilan o`lchanadi. Bu birlik grafik muharrir yoki skaner yordamida tasvir hosil qilish vaqtida belgilab olinadi. Tasvir imkoniyatining qiymati tasvir faylida saqlanib, tasvirning yana bir xususiyati – haqiqiy o`lchami bilan bog`liq bo`ladi.
    Tasvirning haqiqiy o`lchami piksellarda yoki uzunlik o`lchov birliklari (millimeter, santimetr, dyum)da o`lchanadi. U tasvir hosil qilish vaqtida belgilanadi va tasvir fayli bilan birga saqlanadi.
    Agar tasvirni ekranda ko`rish kerak bo`lsa, uning o`lchamini piksellarda ifodalash qulay. Chunki bu holda tasvir ekranning qanday qismini egallashini aniqlash oson bo`ladi.
    Agar tasvirni qog`ozga chop etish kerak bo`lsa, uning o`lchamini uzunlik o`lchov birliklarida ifodalash qulay. Chunki bu holda tasvir qog`ozning qanday qismini egallashini aniqlash oson bo`ladi.
    Tasvirning yana bir xususiyati, unda qoallanilishi mumkin bo`lgan ranglar miqdoridir. Ya`ni, har xil tasvirlar turli rang ko`lamiga ega bo`lishi mumkin: oq- qora shtrixli, nimrang (kulrangning oqdan qoragacha asta o`tib boruvchi tuslari) indekslangan rangli, to`liq rangli.
    Oq-qora shtrixli tasvir. Tasvirning har bir pikseliga bir bit axborot ajratiladi. Ma`lumki, bir bit yordamida ikki holatni kodlash mumkin:oq va qora rang. Tasvirning bunday turi Bitmap deb ataladi. Bunday tasvirnng rang ko`lami bir bit bo`ladi.
    Nimrang tasvir. Nimrang (grayscale) tasvir pikseli 8 bit bilan kodlanadi, ya`ni uning rang ko`lami 8 bit. Tasvirning har bir pikseli 256 xil qiymat qabul qilishi mumkin. Bu qiymatlar kulrang shkala deyiladi. Bu shkala kulrangning 256 gradatsiyasiga ega bo`lib, ularning har biri 0 (qora) dan 255 (oq) gacha oraliqdagi yorug`lik qiymati bilan ifodalanadi. Bu oq-qora fotosuratni aniq tasvirlash uchun etarlidir.
    Hozirgi kunda tasvirni 16 bitli kodlash imkoniga ega dasturlar mavjud bo`lib, ular yordamida kulrangning 256 xil emas, balki 65536 xil tusi ishtirok etgan tasvirlar hosil qilish mumkin. Ammo bunday tasvirlarni saqlashda fayl hajmi 8 bitliga nisbatan 2 marta katta bo`ladi.

    Download 358,15 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




    Download 358,15 Kb.