|
Kompyuter grafikasi
|
bet | 3/21 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 358,15 Kb. | | #104961 |
Bog'liq komputer grafikasi Indekslangan rangli tasvir.
Paint grafik muxarriri rastrli tasvirlar bilan ishlashga mo`ljallangan. U quyidagi buyruqlar ketma-ketligini bajarish bilan ishga tushiriladi.
ПУСК->Программы->Стандартные->Paint
Ayrim xollarda Paint yorlig`i WINDOWS ish stoliga ko`chirilgan bo`ladi. Bunday xolda Paint yorlig`i ustida sichqoncha tugmachasini bosish orqali dasturni tezda ishga tushirish mumkin. Shundan so`ng ekranda Paint dasturining ishchi oynasi (darchasi) ochiladi (1.1-rasm). U bir necha soxalardan iborat.
Oynaning asosiy qismini ish soxasi egallaydi. Uning chap yonida uskunalar paneli joylashgan (1.2-rasm). Unda tasvir yaratishda ishlatiladigan uskunalar tugmachalari (ramziy belgilari) joylashtirilgan. Ayrim uskunalar tanlanganda panelning pastida ushbu uskunaning xossalarini qo`shimcha sozlash uchun darcha paydo bo`ladi.
1.1-rasm.
1.2-rasm.
Ish soxasining pastida ranglar palitrasi joylashgan. U rasm chizishda ishlatiladigan ranglar to`plamini o`z ichiga olgan (1.3-rasm).
1.3-rasm
Ranglar palitrasi ranglari o`zgarib turuvchi kvadratchalardan iborat. Rangni o`zgartirish uchun sichqoncha belgisini tanlangan rang ustiga olib kelib, tugmachasini bosish kerak. Agar chap tugmacha bosilsa asosiy rang (yuqori kvadratcha rangi), o`ng tugmacha bosilsa fon rangi (quyi kvadratcha rangi) o`zgaradi (1.3-rasm).
Dastur oynasining umumiy ko`rinishi bilan yuqorida tanishib chiqqan edik (1.1-rasm). Endi muxarrirning asosiy menyusi bilan tanishamiz.
Paint grafik muxarririning meнyusi quyidagi bo`limlardan iborat:
«Файл» (Fayl), «Правка» (To`g`rilash), «Вид» (Ko`rinish), «Рисунок»
(Tasvir), «Палитра» (Ranglar), «Справка» (Ma`lumot).
Menyuninng dastlabki ikki bo`lim bandlari WINDOWS-98 amaliy dasturlari uchun umumiy bo`lgan vazifalarni bajaradi.
«Fayl» (Fayl) bo`limi bandlari quyidagi vazifalarni bajarish uchun mo`ljallangan .
|
-Yangi tasvir yaratish;
-Joriy tasvirni ochish;
-Tasvirni saqlash;
-Yangi nom bilan saqlash;
-Skanerdan yoki kameradan tasvir olish;
-Tasvirni umumiy ko’rish;
-Sahifa o’lchamlarini o’rnatish;
-Tasvirni chop etish;
-Tasvirni jo’natish;
-tasvirni ishchi stolga o’rnatish;
-Tasvirni ishchi stol markaziga o’rnatish;
-Oxirgi fayl;
-Fayldan chiqish.
|
«Правка» (To`g`rilash) bo`limi tasvirlar ustida turli amallar bajaradi.
|
Belgilangan ob’ektni qirqib olish;
Belgilangan ob’ektdan nusha olish;
Belgilangan ob’ektni o’rnatish;
Belgilangan qismni tozalash;
Barcha qismni belgilash.
Faylga nushalash;
Fayldan tasvir olish.
|
|
| |