|
Kompyuter grafikasi
|
bet | 5/21 | Sana | 24.11.2023 | Hajmi | 358,15 Kb. | | #104961 |
Bog'liq komputer grafikasi Menyu satri. Barcha ilovalar uchun standart element hisoblanadi. Unda butun dunyo bo’ylab qabul qilingan standartlar mavjud bo’lib, Photoshop xam bundan mustasno emas, balki u ham File bilan boshlanib Help da tugaydi.
File – Ushbu menyu asosan ishning boshida va so’ngida qo’llaniladi, chunki uning ko’pchilik funktciyalari fayllarni yaratish, yuklash, va xotiraga saqlash bilan bog’liq..
Edit – bu menyuda muharrirlashtirishning asosiy buyruqlari joylashgan.
Image – menyusi esa, tasvirlar bilan ishlash uchun yaratilgan. Uning buyruqlari ko’pgina amallarda qo’llaniladi.
Layer – qavatlar bilan ishlash.
Select – rasm qismini ajratish va o’zgartirish.
Filter – bu menyuda filtrlar ko’rsatilgan bo’lib, bir qancha funktciyalarni bajaruvchi Photoshop dasturining qo’shimcha modullaridir.
View –interfeysni sozlashning turli ko’rinishi bo’lib, foydalanuvchi o’ziga mos ravishda qo’llaydi.
Window – Ushbu menyu yordamida ekrandagi uskunalar panelini va hujjatlarning joylashuvini o’zgartirish mumkin.
Help – tizim haqida ma`lumot beruvchi buyruqlar to’plami.
Uskunalar paneli. Dasturning Ushbu elementi boshqa barcha buyruqlarga nisbatan ko’pincha qo’llaniladi. Unda uskunalar joylashgan bo’lib, barcha asosiy amallar ular yordamida bajariladi. Ko’pchilik uskunalarda strelka belgisi ko’rsatilganligiga e`tibor bering. Bu esa o’z navbatida, uning tagida qo’shimcha uskunalar paneli joylashganligini bildiradi. Uni ochish uchun uskuna tugmasini sichqoncha bilan belgilab ma`lum vaqt bosib turish lozim. Ushbu paneldan Biron uskuna tugmasi belgilanganda, asosiy panelda hosil bo’ladi. Bu usul panel hajmini qisqartirish maqsadida bajariladi.
Parametrlar paneli. Bu erda barcha o’zgartirilishi mumkin bo’lgan uskunalar parametrlari ko’rsatiladi.
Panellar. Kichik hajmdagi oyna bo’lib, unda boshqaruv elementlari guruhlangan va ular maxsus funktciyalarni bajaradi.
O’rnatmalar. O’zgarmas holda ular uch ko’rinishda bo’ladi: Browser, Tool Presets, Layer Comps. Ular ko’pincha qo’llaniladigan funktciyalarni yuklash uchun mo’ljallangan. Lekin o’rnatma sifatida xoxlagan panelni qo’llash mumkin, buning uchun panelni o’rnatmalar ro’yxatiga ko’chirishning o’zi kifoya.
Asosiy tushunchalar va iboralar.
Piksel – rastrli (rangli chizilgan) ikki o’lchovli grafikada tasvirni o’lchash birligi. Tasvir tarkibidagi nuqtalar bo’lib, nuqtalar birin- ketin o’rnatilib butun tasvirni hosil qiladi.
|
| |