4
Rastr – bu nuqtalarning tartibli joylashuvidir.
Rasm 1.1 da elementlari to’g’ri to’rtburchakdan iborat bo’lgan
rastr
tasvirlangan. Bunday rastrlar to’g’ri burchakli rastrlar deyiladi. Asosan shu
turdagi rastrlar ko’p uchraydi.
SHuningdek, boshqa geometrik shakllardagi rastrlar ham qo’llanilishi
mumkin. Masalan:
uchburchak, oltiburchak (rasm 1.2). Faqat ular quydagi
talablarga javob berishi lozim:
− hamma geometrik shakllar bir xil bo’lishi kerak;
− geometrik shakllar tekislik yuzasini ochiq joy qoldirmasdan va bir-birini
to’smasdan to’liq qoplashi lozim.
Rasm 1.1 To’g’ri to’rtburchakli rastr.
Rastrli tasvirlar har bir katagi ranglangan katakli qog’ozni eslatadi. Piksel
(inglizcha pixel –
picture
element) – rastrli tavirlarning
asosiy elementi
hisoblanib, tasvir aynan shu elementlardan tashkil topadi.
Rastrli grafikani tahrirlaganda biz piksellarni tahrirlaymiz, ya’ni
ularning
rangini o’zgartiramiz. Rastrli grafika asosan sifat sig’imi (razreshenie)ga bog’liq,
chunki tasvirni ifodalovchi ma’lumot ma’lum bir o’lchamdagi to’rga bog’langan
bo’ladi. Rastrli tasvir tahrirlanganda uning sifati o’zgarishi (odatda pasayishi),
ya’ni tasvirni o’zini mas, balki u joylashgan to’rning o’lchamlari o’zgartirilib
tasvirning aniqlik, tiniqlik darajasi o’zgartiriladi va fayl egallagan hajmi
kamaytiriladi. Rastrli grafikani tasvirning sifat sig’imiga nisbatan past bo’lgan
qurilma (printer)da chop ettirish rasm sifatini pasaytishiga olib keladi.
Demak
5
rastrli grafikani chop etish qurilmasining sifat sig’imi tasvir sifat sig’imiga
nisbatan yuqori bo’lishi tavsiya etiladi.
Rastrli grafikaning keng tarqalgan formatlari:
*.tif, *.gif, *.jpg, *.png,
*.bmp, *.pcx va b.
Afzalligi:
Rastr grafikasi real obrazlarni effektiv namoish eta oladi. Sifatli rastr
tasvirlari foto surat darajasidagi yuqori aniqlikda real va haqqoniy aks
ettirilishi mumkin.
Rastr tasvirlar chiqarish qurilmalari – asosan lazer printerlarida juda
yaxshi chop etiladi. Ya’ni rastr grafikasining
sifati chop etishda
o’zgarmaydi.
Kamchiliklari:
Rastr tasvirlari saqlash qurilmalari (qattiq disk, SD-DVD, fleshka va
h.) da ko’p joy egallaydi;
Rastr tasvirlarni tahrirlashda kompyuterning xotira resurslari –
xususan tezkor xotirada ko’proq joy talab etiladi;
Rastr tasvirlarni tahrirlash mehnat talab va mashaqqatli;
Rastr tasvir masshtablashtirilganda tasvir sifati o’zgaradi.
Qo’llanish sohasi:
Elektron va poligrafik nashriyotlar, Web dizaynda;
Foto tasvirlarni tahrirlash va
restavratsiya qilishda;
Badiiy grafika va skaner bilan ishlashda.