12
Qo’llanish sohasi:
Kompyuterda loyihalash tizimlarida;
Elektron va
poligrafik nashriyotlarda, Web dizaynda;
Kompyuter dizayni va reklamada.
2. Paint grafik muxarriri.
Kompyuter ekrani har qanday tasvirni mayda nuqtalarning majmui sifatida
aks ettiradi. Ekranning har bir shunday nuqtasi
piksel deb ataladi.
Ekrandagi
tasvirning biror qismi kattalashtirilsa, piksel rangli to’g’ri to’rtburchak shakliga
egaligini ko’rish mumkin. Piksellarning ekranda joylashishini shaxmat
doskasidagi kataklarning joylashishiga yoki rangli jadvalga o’xshatish mumkin.
Demak, piksellar majmui ekranda
tasvirni hosil qiluvchi jadval (matritsa)ni
tashkil etar ekan. Monitor turiga qarab matritsa o’lchamlari piksellarda 640x480,
800x600, 1024x768, 1600x1200… kabi bo’lishi mumkin.
Matritsa o’lchami ekran o`lchamiga bog’liq bo’lmaydi. Bir xil o`lchamli
ekranda matritsa o`lchami qancha katta bo`lsa, uni tashkil etuvchi nuqtalarning
o’lchami shuncha kichik bo`ladi. Ya’ni, ekrandagi tasvirning sifati ham yaxshi
bo’ladi.
Kompyuter grafikasida ekran imkoniyati va tasvir imkoniyati
tushunchalarini bir-biridan farqlash lozim.