3
Kompyuter grafikasi deganda odatda grafik ma’lumotlarni kompyuter
vositasida tayyorlash, qayta ishlash (qurish), saqlash va namoyish etish
jarayonlarini avtomatlashtirish tushunilsa, grafik ma’lumot deganda ob’ekt
modellari va tasvirlari tushuniladi.
Kompyuter grafikasi jahonda yangi fundamental fan hisoblanib, o’tgan
asrning 90-chi yillarida paydo bo’ldi hamda fan va ishlab chikarishning barcha
sohasida kadrlar tayyorlab berishda uziga xos mustaqil ahamiyat kasb etdi.
Maxsus dasturlar yordamida xuddi bir varoq oq qog’ozga qalam yoki ruchka bilan
har xil rasmlarni solish singari kompyuter ekranida sichqoncha yordamida rasm
chizish, ya’ni tasvir yaratish, tuzatish va ularni harakatlantirish imkonini yaratdi.
Bu dasturlar rasm solish programmalari yoki grafik redaktorlar bo’lib, ular
yordamida rasmning elementlari boshqarib boriladi. Kompyuter grafikasining
juda tez rivojlanib borishi va uning texnikaviy va dasturiy vositalarining
yangilanib turishi ushbu kursni hamisha takomillashtirishga, bu sohadagi yangi
yo’nalishlarni tinmay o’rganib borishni taqozo etadi. So’nggi yillarda bu
sohada juda katta uzgarishlar (siljishlar) yuz berdi, ya’ni 16 mln.dan ortiq rang va
rang turlarini uzida aks ettira oladigan displeylar, grafik axborotlarni kirituvchi
moslama – skanerlar, dasturiy vositalar sohasida esa haqiqiy kompyuter
dunyosini kashf qila oladigan amaliy dasturlar vujudga keldi.
1.2Kompyuter grafikasining turlari
Kompyuter grafikasining uch turi mavjud bo’lib, bular:
rastrli,
fraktal va