Kompyuter grafikasi,turlari va tasniFİ Article · February 021 citations reads 918 authors




Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/11
Sana10.01.2024
Hajmi1,39 Mb.
#134167
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
YusupovaDurdona

Fraktal grafikasi. Fraktal grafikasi asosan matematik amallar asosida grafik 
kompozitsiya tuzishda qo’llaniladi. Bugungi kunda videoroliklar, kliplar, 
videoo’yinlar yaratishda fraktal grafikasining o’rni beqiyosdir. Fantastik janrdagi 
kinofil’mlarda yoki kompyuter o’yinlarida atrof muhitning murakkab 
kompozitsiyalari (o’rmonlar, tog’lar, shahar qiyofasi va h.) yaratishda fraktal 
grafikasidan keng foydalaniladi.



Fraktal grafikasining qo’llanish printsipi proektiv geometriyaning 
qonuniyatlariga asoslangan bo’lib, oddiy geometrik elementni o’ziga o’xshash 
akslantirishdan iborat. Aytaylik qish sovug’ida deraza oynasidagi naqshlar yoki 
kristal panjaralarning hosil bo’lishi insonni ajablantiradi. Bunday hodisa va 
jarayonlrni 
kompyuterda 
modellashtirish, 
ularning 
formula 
asosida 
qonuniyatlarini topish bir qarashda matematik echimga ega emasday ko’rinadi, 
lekin echimi oddiydan murakkablikka printsipi asosida yaratiladi. YUqorida 
keltirilgan misollarda agar diqqat bilan e’tibor qaratsangiz oddiy bir element, 
aytaylik bir dona qor parchasi xuddi shunga o’xshash (katta yoki kichik
holati,rangi o’zgargan) boshqa bir element bilan takrorlanadi. Bunday o’xshash 
to’plamlar fraktal to’plamlar deb nomlanadi.
Fraktallar bizga oddiy geometriyadan ma’lum bo’lgan figuralarga 
o’xshamaydi va ma’lum bir algoritmlar asosida quriladi. Fraktal grafikasida 
asosiy ob’ekt bu geometrik figura emas, balki matematik formuladir. Formuladagi 
koeffitsientlarni o’zgartirish asosida mutlaqo boshqa bir kompozitsiyalarni 
yaratish mumkin bo’ladi.
Umuman oddiy qilib aytganda fraktallar – bu dastlabki figuraga nisbattan 
ko’p marta qo’llanilgan ma’lum bir almashtirish va o’zgartirishlar demakdir.
Dastlabki fraktal geometriyasi g’oyalari XIX asrlarda vujudga kelgan. 
Kantor oddiy rekursiv (qaytariladigan) funktsiya orqali chiziqni chiziqlar 
to’plamiga olib
keldi, keyinchalik esa Benua Mandel’brot fraktal geometriyasiga asos soldi 
va fraktal iborasini kiritdi.

Download 1,39 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kompyuter grafikasi,turlari va tasniFİ Article · February 021 citations reads 918 authors

Download 1,39 Mb.
Pdf ko'rish