Yer  sunʼiy yoʻddoshlari




Download 330.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana27.11.2022
Hajmi330.11 Kb.
#32061
1   2   3
Bog'liq
Kosmik tezlik va Suniy yo\'ldoshlar
fizika-fanidan-maruzalar-matni, 5-ma\'ruza. Hosila tushunchasi, 2-Grafik ish. AXMADJONOVA. S, Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, MS Umumiy pedagogikaaa 2 mustaqil topshiriq, O\'quv materiali mazmuni, moliya hiosb asoslari, 1. Elektr tokning inson organizmiga ta’siri-fayllar.org, operatsion tizim 1, 659cc884da2a9, Database Principles and Use, MEDIA BILAN BOG, KOMILJONOV YAHYOBEK ALISHERIVICH, Doc1
 Yer 
sunʼiy yoʻddoshlari
 (YESY) — 
Yer atrofidagi (geotsentrik) orbitaga ilmiy yoki amaliy (hayotiy) muammolarni hal 
qilish uchun chiqarilgan kosmik apparatlar (KA). Birinchi sunʼiy yoʻldosh sobiq 
Ittifoq hududidan 1957 y. 4 okt.da uchirilgan. YESY ga oʻrnatilgan apparatlar 
yordamida atmosferaning yuqori qatlamlarida uning zichligi, ionosferada 
radiosignallarning tarqalishi oʻrganildi. 1958 y. 1 fevralda AQSH "Eksplorer-1" 
sunʼiy yoʻldoshini uchirdi. 1965 y. 26 okt.da Fransiya, 1970 y. 11 fevralda 
Yaponiya, 1970 y. 24 aprelda XXR, 1980 y. 18 iyulda Hindiston birinchi YESY ni 
uchirishdi. 
Vazifasiga koʻra, YESY ilmiy tadqiqot yoki amaliy xillarga boʻlinadi. I. t. YESY 
Yerni, boshqa osmon jismlarini, kosmik fazoni tadqiq etish yoki biologik 
eksperimentlar oʻtkazish uchun xizmat qiladi. Ularga geofizik, geodezik tadqiqot 
YESY va b. kiradi. Amaliy YESY ga esa aloqa, meteorologik YESY, Yer tabiiy 
resurslarini oʻrganishga moʻljallangan YESY, navigatsiya YESY, texnik 


vazifalarni bajarishga moʻljallangan va harbiy maqsadlar uchun uchirilgan YESY 
kiradi. Ayrim YESY ham ilmiy, ham amaliy masqadlarni koʻzlab uchiriladi. 
Orbital kosmik kemalar (KK) va orbital st-yalar (OS) YESY ning alohida turiga 
kiradi. Milliy kosmik dasturlar boʻyicha uchirilgan YESY turkumi koʻpincha 
maxsus nomlar bilan ["Kosmos" (Rossiya), "Eksplorer" (AQSH), "Diadem" 
(Fransiya)] yuritiladi. Koʻpchilik YESY bort apparatlari Quyosh batareyalari (QB) 
orqali energiya bilan taʼminlanadi. YESY ning issikdik rejimi termorostlash tizimi 
orqali amalga oshiriladi. YESY dan Yerga ilmiy va b. axborotlar radiotelemetriya 
tizimi yordamida uzatiladi. YESY orbitaga eltuvchi raketalar (ER) yordamida 
chikariladi. YESY ni orbitaga eltuvchi bu yoʻl ER harakatining faol (aktiv) yoʻli 
deyilib, bir necha yuz km dan 2—3 ming km gacha boradi. ER dvigatellari faol 
yoʻl soʻnggida oldindan hisoblangan tezlikka erishgach, uchiriladi va bu nuqta 
YESYning orbitaga chiqish nuqtasi deyiladi. Bu nuktada ERning oxirgi bosqichi 
sunʼiy yoʻldoshdan ajraladi va yoʻldosh orbita boʻylab erkin harakatlana boshlaydi. 
YESY ning harakati Yerdagi maxsus kuzatish st-yalaridan amalga oshiriladi. Bu 
kuzatishlar YESY ning orbita elementlarini aniqlab, kelgusi kuzatishlar uchun 
uning efemeridalari hisoblanadi. I. t. yoʻldoshlariga sobiq Ittifoqning "Elektron", 
"Proton", "Kosmos", AQSH ning "Avangard", "Eksplorer", "OGO", "OSO", 
"OAO", Angliyaning "Ariyel", Fransiyaning "Diadem" sunʼiy yoʻldoshlari kiradi. 
Amaliy sunʼiy yoʻldoshlar jumlasiga sobiq Ittifoqning "Ekran", "Kosmos", 
"Meteor", "Molniya", AQShning "Tiros", "Essa", "Nimbus", "Lendstat", 
"Sinkom", "Intelsat" va "AEM" sunʼiy yoʻldoshlari kiradi.


Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Innovatsiyalarni joriy qilish va 
texnologiyalar transferi Milliy ofisi tomonidan aerokosmik tadqiqotlar olib 
borilmoqda. Hozirda Innovatsion rivojlanish vazirligi binosida Aerokosmik o'quv-
tadqiqot laboratoriyasi faoliyat yuritadi. Mazkur laboratoriya Cube sun'iy 
yo'ldoshini yig'ish orqali o'quv-tadqiqot ishlarini amalga oshirishga mo'ljallangan. 


Laboratoriya shuningdek, kosmik radio signallarini o'rganish, quyosh tizimi va 
uzoq masofali ob'ektlardan radiouzatish uchun antenna texnikasidan amaliy 
foydalanish uchun mo'ljallangan. Aerokosmik laboratoriyasiga qo'yilgan asosiy 
vazifa telemetriya va er yuzasini geodeziyasi hisoblanadi. 
Barchaga ma'lumki, sun'iy yo'ldoshni yaratish va uni kosmosga olib chiqish ko'p 
yillik tadqiqotlar va o'rganishlarni talab etadi. Hozirda aynan shu rejaga ko'ra 
Aerokosmik o'quv-tadqiqot laboratoriyasining yosh xodimlari tomonidan kosmik 
ma'lumotlarni, jumladan havo harorati, bosimi, chang miqdori kabi ko'rsatkichlarni 
erga uzatish imkonini beruvchi kichik sun'iy yo'ldosh qurilmasi ishlab chiqildi 
hamda 2021 yilda atmosferaning stratosfera qatlamiga (50 ming metr) bir necha 
bor olib chiqildi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi 
munosabati bilan 2021 yil 21 avgust kuni kichik sun'iy yo'ldosh hamda davlatimiz 
bayrog'i stratosferaga uchirildi. Natijada, hozirda kichik sun'iy yo'ldosh tomonidan 
qayd etilgan ko'rsatkichlar asosida aerokosmik laboratoriyada o'quv-tadqiqot 
ishlari olib borilmoqda. 
Shuningdek, sun'iy yo'ldosh yaratish, uni kosmosga olib chiqish va undan 
keyinchalik foydalanish uchun malakali kadrlar zarur. Aerokosmik o'quv-tadqiqot 
laboratoriyasida iqtidorli talaba yoshlarni jalb etilgan holda o'quv dasturlarii 
amalga oshirib kelinmoqda. Mazkur dasturlarning natijasi o'laroq 4 nafar talabadan 
iborat jamoa AQShning FIRST GLOBAL kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan 
xalqaro musobaqada ishtirok etdi. FIRST GLOBAL – Ilm-fan, texnologiya, 
muhandislik va matematika bo'yicha ta'lim berish orqali etakchilik va 
innovatsiyalarni rivojlantirishga hissa qo'shuvchi tashkilot. Musobaqa yakunida 
kichik sun'iy yo'ldosh – Cube Sat ishlab chiqildi hamda stratosfera qatlamiga 
uchirildi. Aerokosmik o'quv-tadqiqot laboratoriyasida ishlab chiqilgan Meteo Cube 
Sat kichik sun'iy yo'ldosh (nano sputnik) bilan troposfera va stratosfera 


qatlamlaridan muayyan ma'lumotlar qo'lga kiritildi. Bular keyingi parvozlar va 
tadqiqotlar uchun zarur ma'lumotlar hisoblanadi. 
O'z navbatida Cube Sat-kichik sun'iy yo'ldoshlarni dasturlash va texnik yordam 
bilan ishlash bo'yicha ham ulkan ma'lumotlar bazasi shakllantirildi. Ushbu 
ma'lumotlarga asoslangan holda endilikda boshqa yo'nalishlar bo'yicha yangi 
kichik sun'iy yo'ldoshlar ishlab chiqarish imkoniyati mavjud. 
Bundan tashqari, 2021 yilning 2 noyabridan UNICEF, Tech4Impact NNT va 
O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi hamkorligida STEM 
sohalariga qiziquvchi qizlar uchun UniSat xalqaro ta'lim dasturi ishga tushirildi. 
Qizlarning kosmik tadqiqotlarga qiziqishini oshirishga qaratilgan ushbu dastur 
davomida O'zbekistonning barcha viloyatlaridan tanlovdan o'tgan 15-24 yoshli 
qizlar nano sun'iy yo'ldoshni loyihalashtirib, uni yig'adilar hamda stratosferaga 
uchiradilar. Hozirda joriy yil fevral` oyiga qadar ishtirokchilar onlayn va oflayn 
seminarlar, amaliy mashg'ulotlarda ishtirok etmoqdalar. Mazkur seminarlar va 
mashg'ulotlarda eng yaxshi ko'rsatkichlarni namoyish etgan 20 nafar eng yaxshi 
ishtirokchi Olmaota shahrida nanoyo'ldoshni yig'ish bo'yicha amaliyot o'taydilar. 
2022 yil 12 aprel` kuni esa qizlar yiqqan nanoyo'ldosh stratosferaga uchiriladi. 
Nazokat Abduqunduzova,
Innovatatsion rivojlanish vazirligi 
Axborot xizmati rahbari 
AQSh harbiy-havo kuchlarining harbiy samolyotlari tomonidan ishlatiladigan 
shifrlangan xizmatlarni sinab ko'rish uchun yashil SpaceX sun'iy yo'ldosh 
tarmog'idan foydalanmoqda. 


Shu tarzda, Harbiy-havo kuchlari Ilon Maskning yangi loyihasining birinchi 
mijoziga aylandi. 
SpaceX past darajadagi Yer orbitasida joylashgan 30,000 yo'ldoshlardan tashkil 
topgan tarmoqni ta'minlaydigan 
Starlink yulduz turkumiga ega. Ushbu "yulduzlar" ning vazifasi butun dunyoni 
yuqori tezlikda Internet bilan ta'minlashdir. 
“Biz havo kuchlari uchun yuqori quvvatni taklif etamiz. Hozirgi vaqtda bizning 
xodimlarimiz shunchaki imkoniyatlarni 
sinab ko'rishadi va barchasini qanday qilib to'g'ri tashkillashtirishni 
aniqlamoqchi ", - deydi SpaceX bosh direktori Guinn Shotuell. 
Global Lightning nomi bilan tanilgan AQSh Havo kuchlari dasturi 2018 yil 
boshida SpaceX sinovini boshlagan. 
U vaqtda, tekshirish uchun Starlink-ning ikkita sun'iy yo'ldoshi tanlab olingandi, 
ular harbiy samolyotni 610 Mbit / s tezlik bilan ta'minlashga qodir 
(bu bir daqiqadan kam vaqt ichida butun filmni yuklab olish uchun etarli). 
May oyida SpaceX 60 nusxadan iborat bo'lgan sun'iy yo'ldoshlarning birinchi 
Download 330.11 Kb.
1   2   3




Download 330.11 Kb.
Pdf ko'rish