oʻquvchi olgan bilimini amalda qoʻllay oladi, fan (mavzu)ning
mohiyatni tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu)
boʻyicha tasavvurga ega deb topilganda
– 3 ball;
oʻquvchi fan dasturini oʻzlashtirmagan, fan (mavzu)ning mohiyatini
tushunmaydi hamda fan (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega emas deb topilganda –
2
ball bilan baholanadi.
3. Oʻquvchilarning oʻquv, ishlab chiqarish (pedagogik) va diplom oldi
amaliyotlari boʻyicha bilim, koʻnikma, malaka va kompetensiyalari quyidagi
mezonlar asosida:
oʻquvchi belgilangan topshiriqni nazariy biladi, ish oʻrinlarini toʻgʻri
tashkil qila oladi, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda oʻlchov va
ishlov berish asbob-uskunalaridan toʻgʻri foydalana oladi, vaqt me’yorlariga amal
qilgan holda sifatli bajara oladi deb topilganda
– 5 ball;
oʻquvchi belgilangan topshiriqni nazariy biladi, ish oʻrinlarini toʻgʻri
tashkil qila oladi, texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda bajara oladi,
ammo oʻlchov va ishlov berish asbob-uskunalaridan foydalanishda, vaqt
me’yorlarida xatoliklarga yoʻl qoʻygan holda bajardi deb topilganda
– 4 ball;
oʻquvchi belgilangan topshiriqni nazariy biladi, ish oʻrinlarini toʻgʻri
tashkil qiladi, ammo texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishda, oʻlchov va
ishlov berish asbob-uskunalaridan foydalishda, vaqt me’yorlariga amal qilishda
xatoliklarga yoʻl qoʻydi deb topganda
– 3 ball;
oʻquvchi oʻquv amaliyoti dasturini oʻzlashtirmagan, amaliyot
mashgʻulotining 50 %i yoki undan koʻp qismida ishtirok etmagan, amaliyot
hisobotlarini topshirmagan hamda amaliyot (mavzu) boʻyicha tasavvurga ega emas
deb topilganda
– 2 ball bilan baholanadi.