|
Kompyuter tarmoqlari va ularning turlari. Tarmoqlarning texnik vositalari
|
bet | 10/12 | Sana | 17.01.2024 | Hajmi | 23,28 Mb. | | #139378 |
Bog'liq 55-56 mavzuKOMPYUTER TARMOG’INING MAQSADI
Kompyuter tarmog’ining asosiy maqsadi - resurs (manba)lardan birgalikda foydalanish va bitta firmaning ichida aloqalar faolligi qanday amalga oshirilsa, uning tashqarisida ham xuddi shunday bo’lishligini ta`minlashdan iborat.
Resurslar - bu ma`lumotlar (qiymatlar), ilova (qo’shimcha) lar va tashqi qurilmalar. Kompyuterlar aloqalarining faolligi tushunchasi deyilganda vaqtning real rejimida xabarlarning almashinishi qaraladi.
Printerlar va boshqa qurilmalar.
Kompyuter tarmoqlari paydo bo’lishiga qadar har bir foydalanuvchi o’z printeriga, plotteriga va boshqa tashqi qurilmalariga ega bo’lishi shart edi. Printerni birgalikda foydalanish uchun yagona usul shu printerga ulangan kompyuterning oldiga o’tirish. usuli mavjud edi. Endilikda tarmoqlar foydalanuvchilarning yaxlit qatoriga bir paytning o’zida qiymatlardan va tashqi qurilmalardan foydalanish imkonini beradi.
Agar bir necha foydalanuvchiga hujjatlarni chop etish zarurati tug’ilsa, ularning barchasi tarmoq printerga murojaat etishlari mumkin.
QIYMATLAR (MA`LUMOTLAR).
Kompyuter tarmoqlari paydo bo’lgunga qadar odamlar axborotlarni taxminan quyidagicha almashishgan:
-axborotlarni og’zaki uzatishgan;
-zapiska yoki xat yozishgan;
-ma`lumotlarni disketaga yozishib, disketani boshqa kompyuterga olib borib o’rnatishgan va unga qiymatlardan nusxa olishgan.
Kompyuter tarmoqlari ushbu jarayonni soddalashtirdi, foydalanuvchilar uchun barcha tipdagi qiymatlarga ijozat (ruxsat)ga imkon yaratdi.
KOMPYUTER TARMOQLARI
Tarmoqning 2 asosiy turi:
- bir xil darajali (odnorangoviy) tarmoqlar;
- server asosidagi tarmoqlar.
Har bir (xil) tarmoqlarning asosiy xarakteristikalari va afzalliklari bir xil darajali (odnorangovoy) tarmoq muhitini va server asosidagi tarmoq muhitini amalga oshirishga qo’yilgan g’oyalar. Barcha tarmoqlar ayrim umumiy komponentlarga, funktsiyalarga va xarakteristikalarga ega.
Ular jumlasiga:
- serverlar (server) – o’z resurslarini (imkoniyatlarini) foydalanuvchiga taqdim etuvchi (beruvchi) kompyuterlar;
- mijozlar (client) - server taqdim etuvchi tarmoq imkoniyatlariga ruxsatni amalga oshiruvchi kompyuterlar;
- muhit (media) - kompyuterni ulash usuli;
- server tomonidan tarmoq orqali ma`lumotlardan fayllardan birgalikda foydalanishga imkon berish;
- tashqi qurilmalardan, masalan: printerlardan, CD-ROM kutubxonasidan va h.k. resurslardan birgalikda foydalanishga serverning imkoniyatini yaratish;
- resurslar - fayllar, printerlar va tarmoqda foydalaniladigan boshqa elementlar kiradi.
Ma`lum o’xshashligiga qaramasdan, har bir, tarmoqlar 2 turga bo’linadi:
- bir xil darajasi (odnorangovaya) (peer to pug)
- server asosida (serwer based)
Bir xil darajali tarmoqlarda barcha kompyuterlar teng huquqli: kompyuterlar orasida bosqichma-bosqichlik ( иерархия) yuk va ajratilgan server yuk. Har bir kompyuter klient (mijoz) singari va server singari amal qiladi (ishlaydi). Boshqacha aytganda, butun tarmoq bo’yicha boshqarishga ma`muriyatlikka mas`ul bo’lgan alohida kompyuter yuklanadi.
Qanaqa ma`lumotlarni tarmoq bo’yicha hammabop qilishni, barcha foydalanuvchilar o’z kompyuterlarida mustaqil yechishadi. Bir xil darajali tarmoqda barcha kompyuterlar klient singari va server singari ishtirok etishadi.
O’lchovlar (размеры)
Bir xil darajali tarmoqlarni shuningdek ishchi guruhlar deb atashadi. Ishchi guruh-bu uncha katta bo’lmagan kollektiv shu tufayli bir xil darajali tarmoqlarda ko’pincha kompyuterlar 10 tadan ko’p emas.
- foydalanuvchilar soni 10 tadan oshmaganda;
- foydalanuvchilar o’ng’ay (qulay) joylashganda;
- ma`lumotlarni himoya qilish muammosi muhim bo’lgan joylarda.
Ma`muriyatchilik (администрирование)
Tarmoq ma`muriyatchilik qator masalalarni yechadi, jumladan:
- foydalanuvchilarning ishini boshqarishini va ma`lumotlarni himoya qilishni;
- imkoniyatlarga ruxsatni ta`minlashni
- amaliy programma ta`minotini o’rnatishni.
Bir xil darajali tarmoqlarda (boshqaruvchi) ma`mur (administrator) ajratilmaydi.
Har bir foydalanuvchi o’z kompyuterini boshqaradi.
|
| |