|
using System;
class forDemo
{
public
|
bet | 41/154 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 5,29 Mb. | | #131939 |
Bog'liq Majmuausing System;
class forDemo
{
public static void Main()
{
int i, j;
bool a = false;
for (i = 0, j = 100; !a; i++, j--)
{
if (i * i >= j)
a = true;
Console.WriteLine("i, j : " + i + " " + j);
}
Console.ReadKey();
}
}
Bu misolda a o‘zgaruvchisi true qiymatga ega bo‘lgandan keyin sikl ishini tugatadi. Agar i ning kvadrati j dan katta yoki teng bo‘lsa, siklning ichida a o‘zgaruvchiga true qiymat o‘zlashtiriladi.
Siklni aniqlashda elementlarning tushirib qoldirilishi: Siklda har qanday element (e’lon_qilish, shart, iteratsiya) yoki birdaniga hammasi tushirib qoldirilishi mumkin. Misol:
using System;
class Empty
{
public static void Main()
{
int i;
for (i = 0; i < 10;)
{
Console.WriteLine("№ " + i);
i++; // siklni boshqaruvchi o‘zgaruvchining qiymatini bittaga oshiramiz
}
Console.ReadKey();
}
}
Quyidagi misolda for siklidan e’lon qilish va iteratsiya qismi ham tushirib qoldirilgan:
using System;
class Empty2
{
public static void Main()
{
int i;
i = 0; // e’lon qilish qismini tushirib qoldiramiz
for (; i < 10; )
{
Console.WriteLine("№ " + i);
i++; // siklni boshqaruvchi o‘zgaruvchining qiymatini bittaga oshiramiz
}
Console.ReadKey();
}
}
Bu usuldan e’lon qilish qismidagi ifoda uzun va murakkab bo‘lganda foydalanish qulay.
Cheksiz sikl: for siklidagi barcha elementlar tushirib qoldirilganda cheksiz sikl hosil bo‘ladi. Misol:
for (; ;)
{
// …
}
Bunday sikllar cheksiz davom etadi.
Tanasiz sikl: C# da for sikli tanasiz ya’ni unga bog‘liq instruksiyalarsiz ham bo‘lishi mumkin. Ba’zan bunday sikllar juda qo‘l keladi. Quyidagi misolda 1 dan 5 gacha sonlarning yig‘indisini hisoblash uchun tanasiz sikldan foydalangan:
|
| |