|
Kompyuter tizimlari kafedrasi
|
bet | 44/154 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 5,29 Mb. | | #131939 |
Bog'liq Majmuausing System;
namespace ConsoleApplication1
{
class Program
{
static void Main(string[] args)
{
//Sonni bir nechta darajasini hisoblash
byte son, i = 0;
int result = 1;
son=byte.Parse(Console.ReadLine());
while (i < 10)
{
i++;
result *= son;
Console.WriteLine("{0} ^ {1} = {2}", son, i , result);
}
Console.ReadLine();
}
}
}
Shu yodda tutish kerakki, while sikli faqat e noldan katta bo‘lsa ishlaydi va nolga teng bo‘lganda, for siklining birinchi bosqichida bo‘lgani kabi, while sikli o‘tkazib yuboriladi va sikl tugallanadi.
do-while sikl operatori: C# tilidagi uchinchi sikl operatori do-while operatoridir. Shart sikl boshida tekshirilgan for va while operatorlaridan farqli o‘laroq, do-while operatorida siklning bajarilish sharti eng oxirida tekshiriladi. Bu shuni anglatadiki, do-while sikli har doim kamida bir marta bajariladi. Quyida do-while sikl operatorining umumiy shakli keltirilgan.
do
{
//operatorlar;
}
while (shart);
Agar faqat bitta operator bo‘lsa, Bu yerda, sistemali qavslar qo‘yish ixtiyoriy. Biroq ular ko‘pincha do-while konstruktsiyasini while sikli konstruktsiyasi bilan adashtirmaslik uchun qavslarni qo‘yib ishlatiladi. do-while sikli shartli ifoda yolg‘on (false) boʻlguncha ishlaydi.
Quyidagi dasturda butun sonning raqamlarini teskari tartibda chiqarish uchun do-while siklidan foydalanilgan.
using System;
class DoWhileDemo
{
static void Main()
{
int num; int nextdigit; num = 198;
Console.WriteLine("Son: " + num);
Console.Write("Sonni teskari tartibda chiqarish: ");
do
{
nextdigit = num % 10;
Console.Write(nextdigit);
num = num / 10;
}
|
| |