• Sikldan chiqish uchun break operatoridan foydalanish.
  • while (num > 0); Console.ReadKey




    Download 5,29 Mb.
    bet45/154
    Sana08.01.2024
    Hajmi5,29 Mb.
    #131939
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   154
    Bog'liq
    Majmua

    while (num > 0);
    Console.ReadKey();
    }
    }
    Dastur natijasi:
    Son: 198
    Sonni teskari tartibda chiqarish: 891
    Yuqoridagi sikl quyidagicha ishlaydi: Har bir qadamda eng oxirgi raqami bo‘lgan butun sonni (num o‘zgaruvchisining qiymati) 10 ga bo‘lib qoldiq qismini hisoblash yo‘li bilan olinadi. Natijada paydo bo‘lgan raqam ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, num o‘zgaruvchisining qiymati siklning har bir qadamida 10 ga bo‘linadi. Bu butun son bo‘linmasi bo‘lgani uchun eng oxirgi raqam o‘chiriladi. Bu jarayon num o‘zgaruvchisining qiymati nolga yetguncha takrorlanadi.
    Sikldan chiqish uchun break operatoridan foydalanish.
    break operatoridan foydalanib, sikl tanasida qolgan har qanday kodni chetlab o‘tib, shuningdek, sikl holatini tekshirishni chetlab o‘tib, sikldan darhol chiqishni tashkil qilish mumkin. Agar siklning tanasida break operatori uchrasa, sikl tugaydi va dasturning bajarilishi sikldan keyingi operatorga uzatiladi. Misol sifatida quyidagi dasturni ko‘rib chiqamiz.
    using System;
    class BreakDemo
    {
    static void Main()
    {
    // break operatoridan foydalanib sikldan chiqish
    for (int i = -10; i <= 10; i++)
    {
    if (i > 0) break;
    Console.Write(i + " ");
    }
    Console.WriteLine("\ni musbat qiymat qabul qilgandan so‘ng tugallanadi!");
    }
    }
    Dastur natijasi:
    -10 -9 -8 -7 -6 -5 -4 -3 -2 -1 0
    i musbat qiymat qabul qilgandan so‘ng tugallanadi!
    Ko‘rib turganingizdek, for sikli -10 va 10 oralig‘ida bajarish uchun tashkil etilgan, ammo shunga qaramay, i qiymati musbat bo‘lganda break operatori uni ertaroq to‘xtatadi.
    break operatori C# da taqdim etilgan har qanday siklda ishlatilishi mumkin. Misol tariqasida, quyida oldingi dasturning do-while siklidan foydalanish uchun o‘zgartirilgan versiyasi keltirilgan.
    // do-while siklidan chiqish uchun break operatoridan foydalanish.

    Download 5,29 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   154




    Download 5,29 Mb.