|
Kompyuter tizimlari kafedrasi
|
bet | 43/154 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 5,29 Mb. | | #131939 |
Bog'liq Majmuafor (int i = 1; i <= n; i++)
{
fact = 1;
for (int j = 5; j <= m; j++)
{
fact *= i + j;
}
sum += fact;
}
Console.WriteLine("yig‘indi: " + sum);
Console.ReadKey();
}
}
Dastur natijasi:
n=3 va m=6 da
yig‘indi: 170
While sikl operatori: C# tilidagi yana bir sikl ifodasi while ifodasidir. Quyida ushbu operatorning umumiy shakli keltirilgan:
while (shart)
{
//operator;
}
Bu yerda, operator bitta operator yoki operatorlar bloki bo‘lib, shart siklni boshqarish uchun maxsus mantiqiy ifodani bildiradi. Bu siklda, shart rost bo‘lsa, operator bajariladi. Shart yolg‘on bo‘lishi bilan dasturni boshqarish sikldan keyingi ifodaga o‘tkaziladi.
Quyida butun sonning necha xonali ekanligini hisoblash uchun while siklidan foydalanadigan oddiy dastur misoli keltirilgan.
using System;
class WhileDemo
{
static void Main()
{
int son, RSoni;
son = 7234698;
RSoni = 0;
Console.WriteLine("Son: " + son);
while (son > 0)
{
RSoni++;
son/= 10;
}
Console.WriteLine("Son: " + RSoni+ " xonali");
Console.ReadKey();
}
}
Dastur natijasi:
Son: 7234698
Son: 7 xonali
Yuqoridagi misolda while sikli quyidagicha ishlaydi. Birinchidan, son o‘zgaruvchisining qiymati tekshiriladi. Agar u noldan katta bo‘lsa, u holda RSoni o‘zgaruvchisi bittaga ortadi va son o‘zgaruvchisining qiymati 10 ga bo‘linadi. son o‘zgaruvchisining qiymati noldan kichik bo‘lgunga qadar sikl takrorlanadi. U nolga teng bo‘lishi bilanoq, sikl tugaydi va RSoni ning oxirgi qiymati o‘zgaruvchida qoladi.
for siklida bo‘lgani kabi, while sikli ham sikl boshida ko‘rsatilgan shartli ifodani tekshiradi. Bu shuni anglatadiki, siklning tanasidagi kod umuman bajarilmasligi mumkin, shuningdek, siklning o‘zidan oldin alohida tekshirishni amalga oshirish zaruriyatini yo‘q qiladi. while siklining bu xossasi 2 ning 0 dan 9 gacha bo‘lgan butun son darajasini hisoblovchi quyidagi dastur misolida ko‘rsatilgan.
|
| |