• “true”
  • Reja: 1. for sikl operatori




    Download 5,29 Mb.
    bet39/154
    Sana08.01.2024
    Hajmi5,29 Mb.
    #131939
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   154
    Bog'liq
    Majmua

    Reja:
    1. for sikl operatori
    2. for sikl operatorining turli variantlari
    3. while sikl operatori
    4. do-while sikl operatori
    for sikli: for sikli o‘ziga tegishli instruksiyaning bir necha marta takroran bajarilishini ta’minlaydi. Bitta instruksiya uchun uning yozilishi quyidagicha:
    for (e’lon_qilish; shart; iteratsiya)
    instruksiya;
    Agar for sikli dastur bloki (bir nechta instruksiyalar ketma-ketligi) ni takroran bajarishi kerak bo‘lsa, u holda for siklining ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
    for (e’lon_qilish; shart; iteratsiya)
    {
    //instruksiyalar ketma-ketligi
    }
    Bu yerda, e’lon_qilish qismi qiymat o‘zlashtirishdan iborat. Bu qismda siklni boshqaruvchi o‘zgaruvchining boshlang‘ich qiymati beriladi. Bu o‘zgaruvchi hisoblagich vazifasini bajaradi, siklni boshqaradi. shart qismi bool turiga tegishli bo‘lib, unda siklni boshqaruvchi o‘zgaruvchi qiymati tekshiriladi. Shartning natijasi siklning yana bir bor bajarilishi yoki bajarilmasligini bildiradi. iteratsiya ifoda bo‘lib, u har bir sikldan so‘ng siklni boshqaruvchi o‘zgaruvchining qiymati qanday o‘zgarishini ko‘rsatadi. for sikli toki shart “true” qiymatga ega ekan bajarilaveradi. Shart false qiymatga ega bo‘lgandan keyin for siklidan keyingi instruksiya bajariladi. Misol:
    using System;
    class Decrfor
    {
    public static void Main()
    {
    int x;
    for (x = 100; x > -100; x -= 5)
    Console.WriteLine(x);
    Console.ReadKey();
    }
    }
    Shart hamma vaqt for sikli bajarilishidan oldin tekshiriladi. Ya’ni agar shartni birinchi tekshirishdanoq false qiymat qabul qilsa, sikl umuman bajarilmaydi. Misol:
    for (int x = 10; x < 5; x++)
    Console.WriteLine(x); // bu instruksiya hech qachon bajarilmaydi.
    for sikli odatda takrorlanishlar soni aniq bo‘lgan holda ishlatiladi. Masalan: x haqiqiy soni va n butun soni berilgan bo‘lsa quyidagi ifodani bitta sikldan foydalanib dasturini tuzamiz:
    .

    Download 5,29 Mb.
    1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   154




    Download 5,29 Mb.