|
Kompyuter tizimlari kafedrasi
|
bet | 37/154 | Sana | 08.01.2024 | Hajmi | 5,29 Mb. | | #131939 |
Bog'liq Majmuaif – else operatori
if – else operatorining sintaksisi quyidagicha yoziladi:
if (shart)
ifoda1;
else
ifoda2;
Bu yerda, shart rost (true) bo‘lsa ifoda1 bajariladi, aks holda ifoda2 bajariladi. Ifoda1 va ifoda2 o‘rnida instruksiyalar ketma-ketligi bo‘lishi mumkin. U holda if – else operatori quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:
if (shart)
{
//instruksiyalar ketma-ketligi
}
else
{
//instruksiyalar ketma-ketligi
}
Bu yerda, "shart" shartli ifoda bo‘lib, agar u bajarilsa, ya’ni true qiymatga ega bo‘lsa, if instruksiya bajariladi, aks holda else instruksiyasi bajariladi. if instruksiyasidagi shartli ifoda bool turiga tegishli bo‘lishi kerak. Misol:
using System;
class Shart
{
public static void Main()
{
int a;
Console.Write("a = ");
a=int.Parse(Console.ReadLine());
if (a < 0)
Console.WriteLine("Manfiy son");
else
Console.WriteLine("Musbat son");
Console.ReadKey();
}
}
Natija:
a = 5
Musbat son
Bu misolda i o‘zgaruvchining qiymati 0 dan kichik bo‘lganda if istruksiyasi bajarilib, natija sifatida sonning manfiyligi haqida ma’lumot beriladi, aks holda else instruksiyasi bajarilib, natija sifatida sonning musbatligi haqida ma’lumot chiqariladi.
Ichma-ich joylashgan if instruksiyalari: Agar instruksiya sifatida yana boshqa if instruksiya qatnashgan bo‘lsa, u holda bu ichma-ich joylashgan if instruksiyalari bo‘ladi. Bu yerda, else instruksiyasi o‘ziga yaqin oldingi biror else instruksiyasi bilan bog‘lanmagan if instruksiyasiga tegishli bo‘ladi. Misol:
if (i == 10)
{
if (j < 20)
a = b;
if(k > 100)
с = d;
else
a = с; // bu else-instruksiyasi if(k > 100) ga tegishli
}
else
a = d; // bu else-instruksiyasi if(i == 10) ga tegishli
if shart operatorini qanday ishlashini tushunish uchun quyidagi misolni ko‘rib chqamiz.
Aytaylik, bizda shart bor (i > 0), lekin bu shart false bo‘lsa, amalni bajarishni xohlaymiz. Bunday holda shartni quyidagicha kengaytirish mumkin (i <= 0) yoki undov belgisi yordamida uni o‘zgartirish mumkin: !(i <= 0). Bu belgi mantiqiy qiymatni o‘zgartiradi, ya’ni rostlikning inkori va aksincha.
|
| |